Chingizxon: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k imlo, replaced: taxm. → taxminan using AWB
Qator 14:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Chingizxon''' (asl ismi Temujin, Temuchin) (taxm.taxminan 1155, Oʻnon daryosi yaqinidagi Delpun Boʻldan mavzei — 1227.25.8) — [[Moʻgʻullar davlati]] asoschisi, sarkarda. Moʻgʻul qabilalari ittifoqi — tayjiutlar sardori Yasugay bahodirning Oʻelun Fujin (xotun)dan tugʻilgan toʻngʻich farzandi. 13 yoshyda otasidan yetim qolgan Ch. 27 yil davomida bir qancha urugʻ va qabilalarni tayjiutlar atrofida birlashtirish maqsadida harbiy harakatlar olib borgan. 1195—1204 y.larda Ch. keraitlar boshligʻi Vanxon Toʻgʻril (Oʻnxon) bilan ittifoqsa merkit, nayman, kuralas, ikiras, durban, tatar va h.k. qabilalarni boʻysundiradi. Biroq, keyinchalik ular orasiga adovat tushgan. 1204 y. Oʻnxon bilan boʻlgan jangda gʻalaba qozongan Ch. xonlik taxtini egallaydi. 1206 y. moʻgʻul aslzodalari, noʻyonlari ishtirokida buyuk qurultoyda "chingiz" (tengiz — dengiz, okean) unvoni bilan sarafroz etiladi (Ulugʻxon maʼnosida) va barcha qabila, urugʻ, elatlarning buyuk xoni deb eʼlon qilinadi. Davlatning ichki va tashqi siyosatini tartibga solishda Ch. tomonidan eʼlon qilingan qonunlar toʻplami — yaso (yasoq) muhim rol oʻynaydi. Ming kishilik shaxsiy gvardiya hamda yuz ming jangchidan iborat otliq armiyani shakllantirgan Ch. Sibirdagi bir nechta qabila va elatlarni (1207), Shim. Xitoyni (1211 — 15), Oʻrta Osiyoni (1219—21), Xuroson, Eronni (1221—24) oʻz tasarrufiga kiritadi. Moʻgʻullar tomonidan zabt etilgan hududlar vayron qilingan, aholisi qyrib tashlangan, qullikka mahkum etilgan. 1224 y. Ch. Moʻgʻullar davlatini 4 oʻgʻli — Joʻji, Chigʻatoy, Oʻqtoy va Tulilarga taqsimlab bergan. Shim. Xitoydagi tangut qabilalarining Sisya davlati (10—13-a.lar)ga qarshi yurish qilgan vaqtida Ch. ogʻir dard tufayli vafot etadi. Uni Moʻgʻulistondagi Burxon—Xaldun togʻ etagida dafn etishadi.
 
== Adabiyot ==
Qator 37:
* [http://www.vokrugsveta.ru/popup/vs/?item_id=23 Mongolskoe igo za Kitayskoy stenoy]
* [http://www.base-juniper.org/?q=node/1089 Kolleksiya 200 aziatskix portretov Chingisxana]
 
 
 
 
 
 
 
 
{{OʻzME}}