Mineral: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
IanraBot (munozara | hissa)
k clean up, replaced: m3 → m³ (4) using AWB
k imlo, replaced: taxm. → taxminan using AWB
Qator 6:
M. aksariyat qattiq jismlar; kam hollarda suyuq M. ham (mas, tugma simob) uchraydi. Suvning M.ga mansubligi baxsli, lekin muz M. deb qabul qilingan. Kristalli, amorf (metakolloidlar) va tashqi koʻrinishi kristallarga oʻxshash, lekin amorf, shishasimon holatdagi metamikt minerallar farq qilinadi.
 
Har bir M. (mineral turi) muayyan tarkibli faqat oʻziga xos kristallik strukturaga ega boʻlgan tabiiy birikmadan iborat. M.ning bir xil tarkibli modifikatsiyasi (mas, olmos — grafit, kalsit — aragonit), lekin turlicha kristall tuzilishga ega boʻlgan M. har xil M. turiga mansub; aksincha, muayyan chegarada tarkibi oʻzgarib, birok doimiy strukturaga ega boʻlgan M.ning izomorf katorlari (mas, olivinlar, volframitlar, kolumbitlar) bitta mineral turiga kiradi. Kimyoviy tarkibi ayrim xossa yoki morfologik xususiyatlaridagi uncha katta boʻlmagan oʻzgarishlar M. strukturasida keskin farq qilmasa M.ning xillari deyiladi (mas, kvars xillari — togʻ xrustali, ametist, sitrin, xalsedon). Bir-biridan fizik sirti bilan ajarlib turuvchi yakka kristallar, donachalar va b. M. jismlar mineral individlarni, ularning oʻsimtalari M. agregatlarni tashkil qiladi. Hoz. vaqtda tabiatda Xalqaro komissiya tomonidan rasmiy tasdiklangan qariyb 4000 M. turi mavjud va yana taxm.taxminan 1000 ta M. topilgan va oʻrganilgan, lekin hozircha tasdiklanmagan. Har yili 100 ga yaqin yangi mineral turi topiladi va shundan 50—60 tasi tasdiqlanadi. Oʻzbekiston hududida 1000 dan ortik, M. topib oʻrganilgan.
 
Koʻpchilik M.lar ion strukturaga ega. Ionlari tartibli joylashgan ideal strukturadan chetlashish hollari ham teztez uchrab turadi.