Qadimgi Misr: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k 213.230.86.106 tahrirlari CoderSIBot versiyasiga qaytarildi |
k imlo, replaced: taxm. → taxminan (11) using AWB |
||
Qator 4:
Tarixi. M.da odamlar paleolit davridan boshlab yashagan. Mil. av. 10—6ming yillikda Nil atrofidagi savannalarda tarqoq yashagan qabilalar terimchilik, ovchilik, keyinroq esa baliq ovlash bilan shugʻullanishgan. Ular orasida kad. som xalqlariga mansub qabilalar, barbarlar va kushitlar • boʻlib, ularning aralashuvidan mil. av. 4ming yillikda M. xalqi vujudga kelgan. Aholi nufusining ortishi chorvachilik va dehqonchilikka oʻtishni tezlashtirgan, bu esa hududiy jamoalarning paydo boʻlishiga olib kelgan.
Dehqonchilik qilish uchun kanallar, toʻgʻonlar qurish zaruriyati tugʻilgan, buning uchun esa oʻzaro urushlarda asir tush gan qullar mehnatidan foydalanilgan. Natijada jamoada ijtimoiy tabaqalanish roʻy berib, urugʻ zodagonlari ajralib’chiqqan, qabila sardorlari podshohchalarga aylangan. Bir qancha mayda quldorlik davlatlar vujudga kelgan. Keyinchalik ular oʻrtasidagi kurash natijasida, shim.da Quyi Misr, jan.da Yuqori Misr podsholiklari tuzilgan. Mil. av.
Ilk podsholik davri sugʻorish tarmoqlarining rivojlanishi, tosh va mis kurollarining mukammallashuvi, kulolchilik charxining paydo boʻlishi, ayirboshlash savdosining taraqqiy etishi bilan harakterlidir. Bu davrda davlat apparati va unga xizmat qiluvchi amaldorlar — kotiblar tabakasi shakllangan, maʼmuriy okruglar — nomlar tashkil topib, ularni noma rxl ar boshqargan, muntazam ravishda bosqinchilik yurishlari uyushtirilib turilgan, jumladan, jan.ga — Kush (Nubiya)ga, shim.-gʻarbga — liviyaliklarga va Sinay ya.o.dagi badaviylarga qarshi (bu yerda mis konlari bor edi) yurishlar qilingan.
Qator 10:
Qad. podsholik davrida q.x., hunarmandchilik, savdo va qurilish rivojlanishda davom etgan. Xususiy yer egaligi paydo boʻlgan. Oliy mansabdor — tchati (vazir) bosh boʻlgan davlat apparati mustahkamlangan. Firʼavnlar, shuningdek, bosh kohin ham boʻlib, barcha yer va fuqarolarning egasi hisoblangan. Jamoa aʼzolari va qisman kelgindilar (asosan, Kush aholisi)dan tuzilgan muntazam qoʻshin barpo qilingan. Ilohiylashtirilgan firʼavnlarning mutlaq hokimiyati gʻoyasi mahobatli maqbaralar — ehromlar qurilishida mujassamlantirilgan. Bu ayniqsa III —IV sulolalar davrida (Snofru, Xeops, Xefren, Mikerin ehromlari) avj olgan. Ularni bunyod etishda qul va dehqonlar mehnatidan keng foydalanilgan.
Mil. av. 23—22-a.larda M. oʻzaro nizoda boʻlgan bir qancha nomlar va mayda davlatlarga boʻlinib ketgan.
Oʻrta podsholik davrida, asosan, XII sulola vakillari hukmronlik qilishgan. Fayyum vohasida yirik irrigatsiya ishlari olib borilgan. Jez (bronza) buyumlari paydo boʻlgan. Suriya, Krit, jan.da — Punt bilan aloqalar kuchaygan. Senusert III davrida Kush (Nubiya)ning bir qismi M.ga qoʻshib olingan. XII sulolaga mansub dastlabki firʼavnlar davrida oʻzaro ichki nizolar davom etmoqda edi. Faqat Amenemxet III davrida (19-a.ning 2-yarmi) isyonkor nomarxlar boʻysundirilib, markaziy hokimiyat mustahkamlangan. Ittaun sh. M. poytaxtiga aylangan. Biroq mulkiy tabaqalanishning kuchayishi kambagʻallarning qoʻzgʻoloniga sabab boʻlgan, natijada
Uzok, davom etgan urushlar M.ning iqtisodiy, siyosiy va harbiy jihatdan zaiflashuviga olib kelgan; XX sulola hukmronligining oxiriga kelib Suriya va Kushning jan. viloyatlaridagi mulklar qoʻldan ketgan. Ramses XII davrida (mil. av.
Soʻnggi (Liviya — Sais va Eron) davrida temirdan foydalanish, pul muomalasi keng tarqalgan. 11-a.ning 2-yarmi —10-a. boshida M.ning navbatdagi parchalanishidan soʻng liviyalik harbiylar rahbari Sheshoik 10-a. oʻrtasida Bubastisda xrkimiyatni qoʻlga olib, XXII sulolani boshlab bergan. Bu sulola firʼavnlari M.ni yagona davlat qilib birlashtirishga intilganlar. Mil. av. 8-a. 2-yarmida M. Kushga tobe boʻlib qolgan (XXV sulola), mil. av. 671 y. esa ossuriyaliklar tomonidan bosib olingan. Sais hokimi Psammetix 1 (663—610) yunon va kariyalik yollanma qoʻshin yordamida mamlakatni ozod qilishga va uni birlashtirishga erishgan. U va uning vorisi Nexo II davrida Yunoniston va Sharqiy Oʻrta dengizning boshqa mamlakatlari bilan mustahkam savdo aloqalari oʻrnatilgan, Deltada yunonlar manzilgohi (koloniyasi) Navkratisga asos solinadi, Nilni Qizil dengiz bilan bogʻlovchi kanal kaziladi; Nexo II tomonidan yuborilgan finikiyalik dengizchilar Afrika qitʼasini Sharkdan Gʻarbga aylanib oʻtishgan. Nexo II, Psammetix II va Apriy Suriya va Falastinga egalik qilish uchun Bobil bilan kurash olib borishgan. Biroq zaiflashib qrlgan M. Eron podshosi Kambis qoʻshini zarbasini qaytara olmagan va mil. av. 525 y. [[Ax
Qad. Misr hukmdorlari. Ilk podsholik. 1sulola: Meneye, Jer, Den, Semerxet, Ka. 2sulola: Xotep-Sexe-mui, Nebra, Peribsen, Xasexem, Xa-sexemui. Qad. podsholik. 3sulola: Joser, Sexemxet, Neferka. 4sulola (mil. av. 28—26a. oʻrtalari): Snofru, Xeops (Xufu), Xafra (Xefren), Mikerin (Menkaura), Shebeyeskaf. 5sulola (mil. av. 26—25-a.lar): Userkaf, Neferirkara, Neuserra, Isesi, Una. 6sulola: (mil. av. 25—23-a. oʻrtalari); Teti I, Piopi I, Merenra I, Piopi II, Merenra II. 7, 8, 9sulolalar (mil. av. 23—22-a. oʻrtalari). 10sulola (mil. av. 22—21-a. oʻrtalari). 11sulola: Antef 1 Sexertaui, Menxuxotep III Nebxepetra.
Oʻrta podsholik. 11sulola: Mentuxotep IV Sanxkara (2015—2007), Mentuxotep V Nebtauira (2007—2000). 12sulola (2000—1787): Amenemxet I (2000-1970), Senusert I (1970-1934), Amenemxet II (1934—1896), Senusert III (1884—1849), Amenemxet III (1849— 1801). 13- sulola (1785—1700). 14sulola (1680 y.gacha). 15- va 16- (giksoslar) sulola (1700—?). 17sulola (1680— 1580): Senenenra, Kamos. Yangi podsholik. 18sulola (1580—14-a. oʻrtalari): Yaxmos I (1580—1559), Amenxotep I (1559-1538), Tutmos I (1538-1525), Tutmos II va Xatshepsut (1523—1503), Tutmos III (1503—1491), Amenxotep III (1455—1419), Amenxotep IV (Exnaton, 1419—1400), Tutanhamon (1400—1392),Xoremxeb (14-a. oʻrtalari). 19sulola (1342-1206): Seti I (1337-1317), Ramses II (1290—1224). 20sulola (1204— 1085): Ramses IV (1204—1180), Ramses XII (1112—1070). Soʻnggi podsholik (mil. av. 11—4-a.lar). 21sulola (1085—950): Xerixor (Fiva), Smendes (Tanis) (1035—1054). 22-(liviyalik) sulola (950-730): Sheshoik (950-929). Osorkon I (929-893), Takelot 1 (893-870), Osorkon II (870—847), Sheshoik III (823-772). 23sulola (817-730): Pe-dubast (817—763), Sheshoik IV (763— 757). 24sulola (730—715): Bokxoris (720 — 715). 25- (nubiylar) sulola (751-656): Pianxi (751-716), Shabaka (716-701), Shabataka (701-689), Taharka (689—663), Tanutamon (663— 656). 26- sais (sulola) (663 — 525): Psammetix I (663—610), Nexo II (610-594), Psammetix II (594—588), Apriy (588-569), Yaxmos II (569-525). 27-(forelar) sulola (525—404, yana q. [[Ax
Maorifi. Qad. podsholik davrida firʼavnlar saroyida boʻlajak mirzalarni tayyorlaydigan maktablar tashkil qilingan. Keyinchalik ibodatxonalar va yirik davlat idoralari qoshida ham maktablar ochilgan. Maktabda 5 yoshdan 16 yoshgacha boʻlgan bolalar oʻqitilgan; 12 yoshdan boshlab talabalar idoralarda mirzalik qilishgan. Mashgʻulotlar tong sahardan kechgacha davom etgan; maktabda qattiq institutizom joriy etilgan, tan jazosi qoʻllanilgan. Oʻquv, yozuv va hisob asosiy fanlar boʻlgan. Oʻquv predmetlaridan tashqari, maktabda gimnastika mashgʻulotlari va suzish, yaxshi muomalaga oʻrgatilgan. Ibodatxonalar qoshidagi maktablarda umumiy va diniy bilimlar bilan birga astronomiya, tibbiyot oʻrgatilgan. Zodagonlarning bolalari qoʻshin boshliklari tayyorlaydigan harbiy maktablarda taʼlim olishgan.
Qator 44:
Qad. podsholik davrida badiiy usullar takomillashgan, yangi meʼmoriy tiplar paydo boʻlgan. Meʼmor Imxotep exromning meʼmoriy tipini yaratadi. U firʼavn Joser uchun Sakkarada marhumlar ruhiga bagʻishlab marosimlar oʻtkaziladigan majmua bunyod etadi, uning markazida pogʻonali maqbara — ehrom (bal. 60 m., asosi 109,2x121 m) qurgan. Keyinchalik Qad. podsholik meʼmorlari faqat ehrom shakllarini takomillashtirganlar. Gizada meʼmor Xemnun firʼavn Xeops uchun qurgan ehrom (bal. 146,59 m, asosi 233x233 m), shuningdek, firʼavnlar Xefren (bal. 143,3 m, asosi 215,25x215,25 m), Mi-kerin (bal. 62 m, asosi 108,4x108,4 m) ehromlari (barchasi Gizada) shunday inshootlar qatoriga kiradi. Qad. podsholik davrida ibodatxonalarning yangi tipi paydo boʻlgan, ular odatda M.ning bosh maʼbudi — Quyosh maʼ-budi Raga bagʻishlangan. Toʻgʻri toʻrtburchak tarhli bunday ibodatxonani, odatda, ochiq qovlisi boʻlib, uning chekkalarida sajdagohlar va uchiga oltin qoplangan obelisk joylashgan. Maqbara va ibodatxonalar devoriy rasmlar, relyef va haykallar bilan bezatilgan. Bu davrda haykal portretlar sanʼati taraqqiy etdi. M.liklar tasavvuricha haykal portretlar marhumlarning qiyofadoshi rolini oʻtab, ma-rhumlarning ruxlari joylashgan joy vazifasini oʻtashgan.
Oʻrta podsholik davrida M. sanʼatida bir qator yangi xususiyatlar paydo boʻlgan. Firʼavnlarning maqbaralari oʻz mahobatini yoʻqotgan, ular koʻpincha qoya toshlarga oʻyib ishlangan, irrigatsiya inshootlari (kanallar, toʻgʻonlar, dambalar, Fayyum tevaragidagi suv omborlari) qurilgan, shaharlarning roli oshgan. Shahar qismlari tabaqaviy boʻlinish asosida qurilib, ular devor bilan ajratilgan. Oʻrta podsholik tasviriy sanʼatida realistik tendensiyalar kuchaygan. Nomarxlarning maqbaralaridagi devoriy rasmlardagi maishiy koʻrinishlari jonli ishlashga, oʻsimlik, hayvon, qushlarni jozibador koʻrsatishga, haykallarda modelning harakterini, yoshini va b.ni ifodalashga ahamiyat berildi (firʼavnlar Giksoslar istilosi (mil.av. 1700—
Qad. M.da amaliy-bezak sanʼati yuksak darajada taraqqiy etganligiga bizgacha saqlanib qolgan shifer, ganch, billurdan ishlangan idishlar, fil suyagi va yogʻochdan yasalgan qoshiqchalar, tilla baldoq, uzuk, munchoqlar, qimmatbaho toshlar qadab, oʻyma naqsh, tasvir ishlangan qutichalar, badiiy mebel va b. misol boʻlishi mumkin.
Qator 59:
{{manbalar}}
{{stub}}▼
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
[[Turkum:Tarix]]
▲{{stub}}
|