Prokat stani: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
k imlo, replaced: taxm. → taxminan using AWB
Qator 1:
'''Prokat stani''' — metall quymalarga bosim bilan ishlov berish (prokatlash) uchun moʻljallangan agregat (mashinalar va qurilmalar tizimi). Asosiy ish qismi aylanib turuvchi vallar. Metall shu vallar orasidan oʻtganda prokatla-nadi (shakli oʻzgaradi). P.yeda ishlanadigan materialni ombordan qizdirish pechlari va stan valiklariga keltirish, bir jarayondan ikkinchisiga oʻtkazish, prokatlangan materialni standan olish, maʼlum uzunlikdagi qismlarga boʻlish, markalash, oʻrash, tayyor mahsulotni omborga uzatish va b. yordamchi ishlar ham bajariladi.
 
P.s. qachon va qayerda paydo boʻlgani nomaʼlum. Qalayni prokatlash uchun moʻljallangan P. s.ning rasmi va tafsilotini Leonardo da Vinchi qoldirgan (1495). Temirni sanoatda prokatlash taxm.taxminan 18-a.dan boshlangan. Angliya, Germaniya, AQSH, Chexoslavakiya va Rossiyada turli P.s. birin-ketin paydo bulgan. Listlarni uzluksiz issiqlayin prokatlash 1892 y.da Teplitsa (Chexoslovakiya) da qoʻllanila boshlandi. Birinchi uzluksiz keng polosali stan 1923 y.da AQShda qurildi, 1930 y.da AQShda trubalarni sovuqlayin prokatlash oʻzlashtirildi. 1940—60 y.larda SSSRda yangi texnologik jarayonlar uchun qoʻllaniladigan turli P.s.lar yaratildi. Mahsulot turiga yoki bajariladigan texnologik jarayonga qarab P. s. tuzilishi har xil boʻladi. Ish kletlari (P.s.ning asosiy agregati) dagi vallar soniga, bu kletlarning joylashishiga va prokatlanadigan mahsulot turiga qarab P.s. turli xillarga boʻlinadi. Aylanuvchi vallar orasidagi metallni deformatsiyalovchi uskuna asosiy uskuna, yordamchi ishlarni bajaradigan uskuna (qaychilar, arralar, toʻgʻrilash mashinalari, rolgang va b.) yordamchi uskuna deyiladi. Asosiy usku-nalar bir yoki bir necha asosiy liniyalardan iborat boʻladi; ularning har birida uch xil qurilma joylashadi: ish kletlari (bir yoki bir necha) — prokatlash vallari, staninalar, oʻrnatish mexanizmlari, oʻtkazib yuborgichlar, elektr dvigatellar va harakat uzatish qurilmalari.
 
Vallarning ish kletlaridagi vaziyatiga karab, gorizontal (ikki valli-duo, uch valli-trio, toʻrt valli-kvarto va koʻp valli) hamda universal (vallari ham gorizontal, ham vertikal joylashtirilgan) P.s.larga boʻlinadi. Ish kletlari soniga qarab, P.s. bir kletli, ikki kletli va koʻp kletliga boʻlinadi. Bular bir yoki bir nechta li-niyalardan iborat boʻladi.
 
Prokatlanadigan mahsulot turiga qarab, qisish va zagotovka stanlari (bluming , slyabing , sortli zagotovka, truba tayyorlagichlar); sortli material stanlari (rels-balka, yirik, oʻrta va mayda sortli polosa, sim tayyorlaydigan mashinalar); list stanlari (0,25—50 25–50 mm gacha kalinlikdagi listlar tayyorlaydi); truba stanlari (dia-metri 650  mm va undan katta choksiz trubalar tayyorlaydi); sovuklayin prokatlash stanlari (list, lenta, zar qogʻoz va b. tayyorlaydi); maxsus stanlar (gʻildirak, halqa va bandaj, shar, oʻzgaruvchan kesimli profillar, tishli gildiraklar tayyorlaydi) boʻladi.
 
Yirik P.s.ni a vto m atlasht i-r i sh xom ashyo materialni ombordan olishdan to prokatni tayyor mahsulotlar omboriga keltirishgacha, undan va-gonlrga yuklashgacha boʻlgan texnologik jarayonlarni boshqarish kabi bir kancha lokal tizimlar majmuidan iborat boʻladi. Har qaysi lokal tizimning oʻzi texnologik jarayenlar haqida axborotlarni yigadigan va uzatadigan koʻp va turli xil asboblar — datchiklardan iborat. Bular metall t-rasi, metallning valga bosimi, ishlanayotgan material parametrlari va b. haqida axborot uzatib turadi. Ana shu axborotlar lokal tizimlarnipg disoblash mashinasiga keladi. U kayta ishlanib, ushbu lokal tizimga tegishli boʻlgan P.s. mashina va mexanizmlarini boshqarish uchun buyruq beriladi.
Qator 17:
{{manbalar}}
 
{{stub}}
{{no iwiki}}
 
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
 
{{stub}}