Qadimgi Rim: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Qatorga koʻchirish toʻgʻrilandi
k imlo, replaced: taxm. → taxminan (3) using AWB
Qator 1:
<!-- Bot tomonidan qo‘shildi -->
 
{{Maʼnolari|Rim (maʼnolari)}}
Qator 8:
Falsafasi. Ellinizm davri Yunoniston falsafasi taʼsirida rivoj topdi. R. falsafasining ilk davri polis mafkurasining inqirozi bilan bogʻliq boʻlib, bu paytlarda tafakkur din va mifologiyadan xalos boʻldi (mil. av. 3—1-a.lar). Kar Lukretsiy (mil. av. 99 —55)ning "Narsalarning tabiati haqida" poemasida Epikur (mil. av. 342— 270) taʼlimotini yokladi, atomistik materializmni sheʼriy shaklda tavsifladi, mayda zarralar — atomlardan tashkil topgan olam hamisha harakatda deb taʼkidladi, uning bu asari materializm rivojida muhim ahamiyatga ega boʻldi. Imperiya vujudga kelgan davr (mil. av. 1-a. — mil. 1-a.)da imperiya va imperator shaxsiyati ilohiylashtiriddi, 4— 5-a. faylasuflari Platon va Aristotel asarlarini tashviq qildilar.
 
Tabiiy — ilmiy qarashlar. R. respublikasi davrining lotin ilmiy adabiyoti yodgorliklari juda ham kam. Mil.av. 1-a.da Aristotel asarlariga sharxlar yaratilgan. 1-a. oxirlarida astronomiya va matematikaga qiziqish ortgan. Ptolemeyning mashhur "Almagest" asarida (2-a.) olamning geotsentrik sistemasi bayon etildi. Sharkda astrologiya keng tarqalgan. Diafantning "Arifmetika" (taxm.taxminan 3-a.), 3—4-a.larda Papp Aleksandriyskiyning "Matematika toʻplami" asarlari mashhur boʻlgan. Ilmiytexnika adabiyotlari, asosan, q.x., veterinariya, harbiy texnikaga bagishlandi. Mil. av. 1-a. oxirida Vitruviyning "Arxitektura haqida 10 kitob" asari shuhrat qozondi. Harbiy texnika sohasidagi boy tajriba: lager va qalʼalar qurish masalalari adabiyotlarda yoritildi. Tibbiyot bilan bogʻliq ravishda botanika rivoj topdi. Dioskoridning 600 dorivor oʻsimlik haqidagi bayoni oʻrta asrlarda ham keng foydalaniddi. Vrach, anatom, fiziolog Galen butun Yevropada tibbiyot rivojida katta rol oʻynadi. Ilmiy adabiyotlar qiziqarli qilib badiiy yozilganligi bilan ham diqqatga sazovor. R. davlatining hududiy oʻsishi mil. av. 3—1-a.larda geogr. bilimlari taraqqiyotiga imkon berdi. Imperator Avgust davrida jahonning katta geografik haritasi ishlandi. Mil. av. 37y.da 1jamoatkutubxonasi tashkil qilindi, imperiyaning oxirgi asrida ularning soni 28 taga yetdi.
 
Huquq fani. Qadimgi R.da mil. av. 3-a. va mil. 3-a.larda huquq keng rivoj topib, qonunlar yaratishda yuristlar katta rol oʻynadilar. 1—3-a. larda turli ijtimoiy tabaqalarning qarashlarini aks ettirgan 2 huquq maktabi — respublika tuzumi tarafdorlari bilan prinsipat tarafdorlari oʻrtasida kurash davom etdi, bu noahillik sud ishlariga ham oʻz taʼsirini koʻrsatdi. Avgustdan boshlab imperatorlar yirik yuristlarni hal qiluvchi ovozga ega qilib, yuridik konsultatsiyalarni ularga topshirdilar. Imperator xizmatida boʻlgan bu yuristlar oʻz navbatida imperatorlarning cheksiz huquklarini himoya qildilar (yana q. [[Rim huquqi]]).
 
Tarix fani rivoji yilningmuhim voqealari tavsiflangan annallardan boshlanadi. Mil. av. taxm.taxminan 130-y.da annallar 80 kitobdan iborat boʻlib "Katta annallar" nomi bilan tayyorlangan. Ilk tarixchilar annalchilar deb atalgan. Dastlabki yetuk tarixchi Polibiy (mil. av. 2-a.) Yunoniston, Makedoniya, Kichik Osiyo, Suriya, Karfagen va Rimning 40 kitobdan iborat tarixini yaratdi. Tit Liviyning "Rim tarixi", Yuliy Sezarning Galliya urushlari, fuqarolar urushi haqidagi kitoblari, Sallyustiy, Korneliy Nepot (mil. av. 1-a.) kabi sarkardalarning koʻp sonli biografik asarlari maʼlum. Imperiya davrida Korneliy Tatsit (1—2-a. boshlari) badiiydidaktik ruhdagi "Annallar" va "Tarix" (Avgustning vafotidan Domitsianning vafotigacha, 14y.dan 96y.gacha boʻlgan voqealar) nomli asarlarini yaratdi. 2-a. boshlarida tarixiybiografik janr rivojlandi. Plutarx, imperator Adrianning kotibi boʻlgan Svetoniylar atoqli kishilarning biografiyalarini yaratdilar. Yunon tarixchilaridan Appian (2-a.ning 2-yarmi) Rimdagi fuqarolar urushi tarixini, Dion Kassiy kad. davrlardan 229y.gacha boʻlgan R. tarixini yaratdilar. Antik davrning soʻnggi yirik tarixchisi Ammian Marsellin (4-a.) imperator Yulian davri tarixiga oid asarlari bilan mashhur. Imperiyaning soʻnggi davrida xristian tarixchiligi vujudga keldi.
 
Adabiyot i ning eng qad. namunalari (mil. av. 5—4-a.lar) saqlanmagan. Keyingi maʼlumotlarga qaraganda u davrlarda sheʼriyat (ibodat, nikoh qoʻshiqlari, marsiyalar) asosiy oʻrin egallagan. Mil. av. 2-a. oxirlaridan R. lirikasining ilk asarlari maydonga keldi. Shu davrlarda yaratilgan asarlardan Plavt va Terentiy komediyalari toʻla saqlangan. Sitseron faoliyati R. adabiyoti uslubining shakllanishida muhim rol oʻynadi. Lukretsiy, Katull muhabbat va doʻstlik mavzularidagi sheʼrlari bilan tanildilar. Imperiyaning ravnaqi va inqirozi davri (1—3-a.)da Rim madaniyati Yunon madaniyati bilan parallel, lekin mustaqil rivojlandi. Bu davrda Ovidiy "Muhabbat ilmi", "Metamorfozalar" kabi oʻlmas asarlari bilan R. adabiyoti rivojiga salmokli hissa qoʻshdi. Adabiyot yangi uslublar bilan boyidi. 4—5-a.larda xristian adabiyoti rivojlandi.
 
Teatr sanʼatining vujudga kelishi hosil bayramlari tantanalari 6n bogʻliq. Mil. av. taxm.taxminan 33y.larda xalq hajviy tomoshalari vujudga kelgan. Bunday tomoshalar — atellanalar koʻpincha 4 doimiy personajdan iborat boʻlib, dastlabki paytlarda niqob kiygan yoshlar, keyinchalik professional artistlar ijrosida namoyish qilingan. Mil. av. 240 y.larda yunon originallari asosida ilk dramalar, keyinroq yunon mualliflarining tragediya, komediyalari sahnalashtirilgan. Mil. av. 2—1-a. boshlarida kuyi tabaqalarga mansub R. fuqarolarining hayoti aks ettirilgan tomoshalar koʻrsatila boshladi. Ilk tosh teatr binosi mil. av. 55—52y.larda kuriddi. Artistlar ozod qilinganlar va qullardan iborat boʻlib, truppalarga uyushgan. Erkaklar ayol rollarini ham bajarishgan. Respublikaning soʻnggi asrida tragik aktyor Ezop va komik aktyor Rossiy shuhrat qozongan. 1—2-a.larda raqslar sahnalashtirildi, siyosiy voqealarga oid tomoshalar ham koʻrsatila boshladi. Asta-sekin maishiy kichik kurinishlar murakkab syujetli spektakllarga aylana bordi. Sirklarda tomoshalar, amfiteatrlarda gladiatorlarning janglari bilan bir katorda ovchilarning hayvonlar bilan olishuvlari, ommaviy ov lavhalari, dengiz janglari va b. ham koʻrsatila boshladi. Imperiya davrida badiiy dramalar oʻrniga qon toʻkiladigan tomoshalarga ishtiyoq kuchaydi. R. teatri, ayniqsa, dramaturgiyasi jahon teatri va dramaturgiyasi rivojiga katta hissa qoʻshdi.
 
Musiqasi. Ellinizm madaniyati taʼsirida rivojlangan R. musiqasida tantanavor (galaba bilan bogʻliq), toʻy, ziyofat, diniymarosim qoʻshiqlari boʻlgan. Imperiya davrida poytaxtga koʻp mamlakatlardan ijrochilar (yunon, suriya va bobillik sozandalar, aleksandriyalik ashulachi, andalusiyalik raqqosalar va h.k.) toʻplangan. R.da puflama sozlardan tibiya (lot. avlos), buksina, tuba va b., torli sozlardan kifara, arfa tipidagi psalterium trigonon (uchburchak arfa), sambika, lira turlaridan barbitos, pektis, magadis, urma sozlardan kimvol va b., shuningdek, gidravlos boʻlgan. Qad. R. cholgʻu musiqasi rivojida teatr janri — pantomima muhim rol oʻynagan. Sirk va teatr aktyorlari katta xor ansambllari, orkestrlar joʻrligida chiqishgan. Harbiy legionlarning puflama sozlar orkestrlari boʻlgan. Shoir, ashulachi va sozandalar musobaqalari oʻtkazilgan.
Qator 27:
 
== Adabiyot ==
* Sergeyenko M., Jizn Drevnego Rima, M. — L., 1964; Utchenko S. L., Krizis i padeniye Rimskoy respubliki, M., 1965; Sokolov G., Iskusstvo Drevnego Rima, M., 1971; Alimuhamedov A., Antik adabiyo’t tarixi, T., 1975. Muhammadjon Rahimov, Abduxalil Mavrulov. <ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==
{{manbalar}}
 
{{stub}}
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
 
{{stub}}