Xitoylar: Versiyalar orasidagi farq

k
imlo, replaced: taxm. → taxminan using AWB
(Qatorga koʻchirish toʻgʻrilandi)
k (imlo, replaced: taxm. → taxminan using AWB)
'''Xitoylar''' (oʻzlarini xanszu, xanʼ deb ataydilar) — xalq. XXRning asosiy aholisi. Shuningdek, X. Tailand, Malayziya, Indoneziya, Singapur, Vyetnam, Birma, Filippin va Kambodjada yashaydi. Dunyoda son jihatdan eng koʻp xalq hisoblanadi. Umumiy soni taxm.taxminan 1,325 mlrd. kishi (2003 y.). Xitoy tilish soʻzlashadilar. X.ning asosiy qismi mongoloid irk?shing Tinch okean tarmogʻiga, X.ning kichik guruhlari esa Sharqiy Osiyo va Jan. Osiyo variantiga mansub. Yozuvi iyerogliflardan iborat. Dindorlari — asosan, budda diniga, daosizm, konfutsiylikka eʼtiqod qiladi, musulmonlar, xristianlar ham bor. Qadim zamonda X. sya, xuasya deb nomlangan. Sya etnonimining xanga aylanishi Xitoyni 2marta birlashtirgan xan sulolasi nomi bilan bogʻliq. Xan etnonimi odatga kirgandan soʻng ushbu xalq tili xanyuy, yozuvi xanszi deb ataldi. X. 4000 yillik yozma tarixga ega boʻlib, ular ilk bor Xuanxe (Qoramuron) daryosi quyi oqimi boʻylarida yashashgan. X. ajdodlari qatoriga mil. av. 2ming yillikda turli xil madaniyatlar (Yanshao, Lunshan va b.)ni yaratgan, Xuanxe va Yanszi daryolari havzasida dehqrnchilik bilan shugʻullangan qabilalar kirgan. Mil. av. 2ming yillikda hozirgi Xenan, Shensi, Shansi viloyatlari xududida ibtidoiy jamoa munosabatlarining asosiy belgilari saqlanib qolgan In davlati paydo boʻldi. Inliklarning gʻarb tomonida ularga kardosh boʻlgan chjou qabilalari yashab, ular mil. av. 11-a.da In davlatini istilo qilishgan. Mil. av. 11—3-a.larda hozirgi Xitoy hududida in va chjou xalqlarining avlodlari bilan aralashib ketgan turli xalqlar (man, jun, di, i) yashagan. Shuningdek, mil. av. 1-ming yillik oʻrtalaridan xitoy manbalarida Yanszi daryosidan jan.da yashagan koʻp sonli yue qabilasi ham tilga olingan. Bu qabilalarning koʻpchiligi, asosan, tay xalqlarining , shuningdek, indonezlar, vyetnamlar va monkxmer xalklarining ajdodlari hisoblangan. X.ning oʻziga xos mentaliteti, anʼanasi, urfodatlari, axloq normalari, milliy goyasi va madaniyati mavjud. Asosan, q.x. (sholi, paxta yetishtirish), pillachilik, bogʻdorchilik, choy yetishtirish bilan shugʻullanadilar. Xitoy chinnisi dunyoda juda mashhur.
 
{{stub}}
{{no iwiki}}
 
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
 
{{stub}}
197 605

ta tahrir