Ellinizm: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Qatorga koʻchirish toʻgʻrilandi
k imlo, replaced: taxm. → taxminan (6) using AWB
Qator 25:
Ular oʻz taʼlimotlarini epikurchilarning betashvish umr kechirish gʻoyalariga qarshi qoʻyib, qashshoqlik va gadolikning afzalligini targʻib etadilar. Kiniklarning bu xildagi "qashshoqlik falsafasi" hukmron tabaqaning barcha anʼanalariga qarshi qaratilgan isyon edi. Iqtisodiy manfaatdan, ijtimoiy vazifalardan kechib, har qanday rasmiyatchiliqdan xalos boʻlgan va shaxsiy erkinlikni yoʻqotmagan holda yaxshi yashashni targʻib etish orqali ular xususiy mulkni, quldorlikni, diniy tushunchalarni, nikoh tartiblarini va boshqalar usulu qoidalarini inkor etadilar va shu yoʻsinda aʼyonlarning barcha maʼnaviy madaniyatlariga va rasmiy hayotlariga nafrat bilan qaraganliklarini namoyish qilganlar.
 
Adabiyot va sanʼat saroyga, ellinistik jamiyatning yuqori tabaqalari manfaatlariga xizmat qildirilgan. Antik adabiyotda, xususan, dramaturgiyada muhim oʻrin tutadigan ijtimoiysiyosiy va axloqiy mavzular E. adabiyotida sayozlasha borib, ilgarigi jangovar ruhini yoʻqotib, torintim doiraga tushib qolgan. Maishiyoilaviy, ishqiy kechinmalar haqidagi asarlar yozish odat tusiga kirgan. Biroq Afinaning oʻzidagi adabiyot ("yangi attika komediyasi" deb ataluvchi yoʻnalish) bundan istisno edi. Bu davrning jahon adabiyotiga qoʻshgan muhim hissasi ham "yangi komediya"dir. Bu ibora adabiy isteʼmolga eski zamonlarda kiritilgan boʻlib, E. davrida paydo boʻlgan komediyaning yangi turini attika davridagi "qadimgi" komediyadan hamda 4-asrdagi "oʻrta" komediyadan ajratish maqsadida ishlatilgan. Evripid tomonidan dramaturgiyaga kiritilgan qator yangiliklar va "oʻrta" komediyaning ijodiy usullari yangi oqimning shakllanishi va taraqqiy etishida adabiy maktab vazifasini bajardi. E. olamida "yangi komediya" qariyb 200 yil (mil. av. 4-asrning 2-yarmi — 2-asrning 1-yarmi) umr koʻrdi. Bu janrda ijod qilgan shoirlarning soni 160 dan ortiq boʻlgan. Ulardan Filemon (taxm.taxminan 361— 263), Difil (taxm.taxminan 350263) va Menandrning (taxm.taxminan 343—292) nomi alohida taʼkidlanadi. Menandr oʻzining baʼzi dramalarida ("Hakam sudi", "Qirqilgan soch") davrning dolzarb masalalarini, psixologik jarayonlarni qoʻrsatishga intilgan.
 
E. davridagi komediyanavis shoirlarning bizga qadar yetib kelgan asarlarida (ularning koʻpchiligi tomoshabinga manzur boʻlishi uchun) asosiy eʼtibor komediyaning tashqi taʼsirchanligini oshirishga qaratilgan. Ayrimlarida hayotda boʻlmaydigan sunʼiy hodisalar, yasama voqealar, uyatli gaplar, beoʻxshov masxarabozliklar bilan kuldirishga harakat qilingan lavhalarni kuzatish mumkin.
Qator 31:
E. davri sheʼriyatida, asosan, kichik hajmdagi adabiy asarlar: epilliya, elegiya, epigramma va idilliyalar avj oldi. Katta shaharlarning jonsarak shovqinsuronidan, igʻvo va fitnalaridan tinkasi qurigan inson hayotning gʻalvalaridan bosh olib tabiat quchogʻiga ketishni, oddiy dehqonlar, soddadil choʻponlar singari osuda hayot kechirishni orzu qilganligi natijasida yangi poetik janr — idilliya va bukolika, yaʼni choʻpon poeziyasi yuzaga keldi.
 
Kamimax (taxm.taxminan mil.av. 310—240) davr adabiyotining koʻzga koʻringan vakillaridan biri boʻlib, uning 800 dan ortiq ilmiy va badiiy asarlari borligi haqida maʼlumot yetib kelgan. "Jadvallar" nomli bibliografik asari 120 jilddan iborat boʻlib, bu tazkirasifat asarida yozuvchi oʻzidan avval oʻtgan olimlar va yozuvchilar haqida qisqacha maʼlumotlarni jamlagan. Uning epigrammalari ham aniq, oʻtkir va qisqa yozilgan. Toʻrt kitobdan iborat va elegiya janrida yozilgan "Sabablar" dostoni mifologiyaga oid asardir. Kallimaxning Attis (Kichik Osiyo xalkdarida tabiat xudosi) haqidagi epilliyasi, maʼbudlar (Zevs, Apollon, Artemida)ni maqtovchi madhiyalari ham bor. Dostonlar yozgan Rodoslik Appoloniy (taxm.taxminan 295—215) "Argonavtika" dostoni bilan bu janrni davom ettirdi. U bu asarida mifologik obrazlarga koʻproq eʼtibor bergan. Kichik hajmdagi nazmiy asarlari bilan tanilgan Feokritning (taxm.taxminan 300—250) qalamiga mansub "Idilliyalar" toʻplamida 30 sheʼr va 25 epigramma mavjud. Bu asarda shoir mazmun jihatdan rangbarang asarlar yaratgan va unda asosiy oʻrinni sokin tabiat qoʻynidagi hayotni tasvirlovchi asarlar — "bukolika" (choʻponlar qoʻshigʻi)lar egallagan.
 
Davr nasrida folklor anʼanalari ustunlik qiladi. Shunga qaramay, insonning ruhiy dunyosini va maishiy hayotini tasvirlashda maʼlum yutuqlarga erishilgan. Bu esa keyingi yunon va Rim nazmi va romanchiligiga samarali taʼsir koʻrsatgan.
Qator 49:
Moʻminjon Sulaymonov, Otabek Joʻraboyev, Neʼmat Abdullayev.
 
{{stub}}
{{OʻzME}}
<!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
 
{{stub}}