Jizzax viloyati: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k replaced: O'zbek → Oʻzbek using AWB
k imlo, replaced: km2 → km{{sup|2}} (2) using AWB
Qator 18:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Jizzax viloyati''' - OʻzR tarkibidagi viloyat. Respublikaning markaziy qismida. 1973 y. 28 dek.da tashkil etilgan. Shim.-sharqda Qozogʻiston Respublikasi va Sirdaryo viloyati, jan.gʻarbda Samarqand, Navoiy viloyatlari, jan.-sharqda Tojikiston Respublikasi b-n chegaradosh. Mayd. 21,1 ming km2km{{sup|2}}. Aholisi 991 ming kishi (2001). J. v.da 12 qishloq tumani (Arnasoy, Baxmal, Doʻstlik, Jizzax, Zarbdor, Zafarobod, Zomin, Mirzachoʻl, Paxtakor, Yangiobod, Forish, Gʻallaorol), 7 shahar (Gagarin, Dashtobod, Doʻstlik, Jizzax, Marjonbuloq, Paxtakor, Gʻallaorol), 8 shaharcha (Boʻston, Zarbdor, Zafarobod, Zomin, Oʻsmat, Uchquloch, Yangiqishloq, Qoʻytosh), 95 qishloq fuqarolari yigʻini bor (2001). Markazi — Jizzax sh. (J. v. tumanlari haqida tegishli maqolalarga q.)Tabiati. Relyefi togʻlik, qir va tekisliklardan iborat. Jan. qismini Turkiston tizmasining tarmoqlari (Molguzar tizmasi), gʻarbini Nurota tizmasining sharqiy qismi egallagan. Shim., shim.-gʻarbi va sharqiy qismi (Mirzachoʻl va Qizilqum choʻlining jan.-sharqi) tekislikdan iborat. Iqlimi keskin kontinental. Yanv.ning oʻrtacha t-rasi —G dan —4° gacha, iyulniki 28°. Togʻ oldilarida iqlim choʻl va dashtlarga nisbatan yumshoq. Yillik yogʻin viloyat jan.da 400–500&nbsp;mm, shim. da 250– 300&nbsp;mm. Vegetatsiya davri 210—240 kun. Yillik quyoshli kunlar 2800—3000 soat. Eng yirik daryolari — Sangzor, Zominsuv. Togʻlardan oqib tushuvchi soy koʻp. Ekinlarni sugʻorish uchun Tuyatortar kanali, 1- va 2-Jan. Mirzachoʻl kanallari, Jizzax, Zomin, Qorovultepa suv omborlari qurilgan. 2001 y.da Arnasoy suv ombori qurila boshlandi. Arnasoy, Aydarkoʻl va Tuzkon koʻllaridan baliqchilikda foydalaniladi. Togʻ yon bagʻirlarida yovvoyi jiyda, archa, bodom, yongʻoq, naʼmatak, zira, rovoch, zirk kabilar oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan oq tirnoqli ayiq, chiyaboʻri, tulki, quyon, qobon, boʻrsiq, jayra uchraydi; burgut, lochin, qora turna, bulduruq, tuvaloq, tustovuq, qirgʻovul, yovvoyi oʻrdak, kaklik kabi qushlarning 150 dan ortiq turi mavjud. Viloyatda Zomin milliy bogʻi, Zomin va Nurota davlat quriqxonalari tashkil qilingan.
 
Tarkibida temir, oltingugurt, vodorod, radiy, kremniy kislotasi, karbon gazi, ishqor boʻlgan shifobaxsh mineral suvlar bor. Gʻallaorol, Forish, Mirzachoʻl tumanlarida balneologik sanatoriylar faoliyat koʻrsatadi. Sulfatxlorid natriyli Chimqoʻrgʻon balchigʻidan fizioterapiya va davolash profilaktika muassasalarida foydalaniladi.
Qator 24:
Foydali qazilmalardan oltin, kumush, volfram, qoʻrgʻoshin, rux, temir, molibden, marmar, vollastonit, bazalt, granit, korund, ohak bor.
 
Aholisi 1 km2&nbsp;km{{sup|2}} ga 46,9 kishi toʻgʻri keladi (2001). Aholining koʻpchiligi oʻzbeklar, shuningdek, qozoq, qirgʻiz, tojik, rus, tatar, turk, ukrain, nemis, fors, arman va b. Jami 70 dan ortiq millat vakili yashaydi. Shaharliklar 30%, qishloq aholisi 70% ni tashkil etadi.
 
Xoʻjaligi. J. v. respublika i. ch.da va madaniy taraqqiyotida salmoqli oʻrin tutadi. Xususan, paxta, gʻalla, sabzavot, meva, chorva mahsulotlari yetishtiriladi. Bogʻdorchilikni rivojlantirishga eʼtibor berilmoqda. Qurilish materiallari, xalq isteʼmol mollari ishlab chiqaradigan korxonalar salmogʻi oshdi. Viloyatda tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida 2,5 mlrd. soʻmdan ziyod kredit mablagʻlari ajratildi. Faoliyat koʻrsatayotgan 9400 ga yaqin xoʻjalik subʼyektlarining qariyb 8300 tasi nodavlat xoʻjaliklaridir.