Daniya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Cekli829 (munozara | hissa)
k imlo, replaced: km2 → km{{sup|2}} (2) using AWB
Qator 1:
{{Daniya_info}}
'''Daniya''' (Danmark), Daniya qirolligi (Konqeriqet Danmark) — Yevropaning shim.-gʻarbidagi davlat, Yutlandiya ya. o.ning katta qismini va unga yaqin orollar guruhi (Zelandiya, Fyun, Lollann, Falster va b.)ni oʻz ichiga oladi. Mayd. 43043 km2 km{{sup|2}} (Grenlandiya va Farer o.laridan tashqari); Aholisi 5,59 mln. kishi (2012). Poytaxti — Kopengagen sh. Maʼmuriy jihatdan 14 amt (viloyat)ga, amtlar esa kommunalarga boʻlinadi. Kopengagen va Frederikeberg sh.lari mustaqil maʼmuriy birlikka ajratilgan boʻlsa ham, ammo amtlarga tenglashtirilmagan. Ichki muxtoriyatdan foydalanuvchi Farer o.lari va Grenlandiya o. D. qirolligi tarkibiga kiradi.
 
 
== Davlat tuzumi ==
Qator 7 ⟶ 6:
 
== Tabiati ==
D. hududi keng bargli urmonlar zonasida joylashgan, yer yuzasi tekislik. Eng baland joyi Yutlandiya ya. o.dagi Ayer-Bavnexoy tepaligi (172 m). Toʻrtlamchi davrda yer ustini qoplagan muzlikning izlari saqlanib qolgan. Yutlandiya ya. o. va b. orollarning sohillarida qoʻltiqlar va boʻgʻozlar koʻp. D.da qazilma boyliklar oz. Kaolin, boʻr, neft, torf, qoʻngʻir kumir, gaz va tuz konlari bor. Iqlimi moʻʼtadil dengiz iqlimi, yozi salqin, bahor va kuz fasllari uzok, davom etadi. Kishi yumshoq. Fev.da oʻrtacha t-ra 0°, iyulda 15—16°. Yillik yogin 600—900 600–900 mm. Yogʻinning koʻp qismi kuzda yogʻadi, bahorda va yozda yogʻin kam boʻladi. Tez-tez tuman tushadi. Daryolari juda qisqa (eng kattasi Gudeno, 158  km). Kichik oqar koʻl koʻp. Mamlakat gʻarbining tuprogʻi podzol, sharqiniki qoʻngʻir oʻrmon tuproqlardir. Bu yerlarda dehqonchilik qilinadi. Dengiz sohillarida oʻtloqi allyuvial tuproq, karbonat jinslarda esa karbonatli qoʻngʻir tuproqlar paydo boʻlgan. Hududining 10 % ga yaqini oʻrmon b-n band. Qaragʻay, qoraqaragʻay, qoraqayin va dub oʻrmonlari bor. Bu oʻrmonlarda yovvoyi xayvonlardan ohu, asil va chipor bugʻu, elik, tiyin, tustovuq uchraydi. Sohillarda parranda koʻp. Yirik qoʻriqxonalari: Xesselyo, Vorse.
 
Aholisining 98 % danlar; olmonlar va frizlar ham bor. Aholining oʻrtacha zichligi bir km2 ga 114 kishi. Aholining 84,9 % shaharlarda yashaydi. Rasmiy tili — dan tili. Dindorlarning 91 % — lyuteranlar. Yirik shaharlari: Kopengagen, Orxus, Odense, Olborg .
 
Aholisining 98 % danlar; olmonlar va frizlar ham bor. Aholining oʻrtacha zichligi bir km2km{{sup|2}} ga 114 kishi. Aholining 84,9 % shaharlarda yashaydi. Rasmiy tili — dan tili. Dindorlarning 91 % — lyuteranlar. Yirik shaharlari: Kopengagen, Orxus, Odense, Olborg .
 
== Tarixi ==
Qator 29 ⟶ 27:
== Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari ==
Venstre, soʻl liberal partiya, 1870 y.da tuzilgan; Konservativ xalq partiyasi, 1916 y.da tuzilgan; Taraqqiyot partiyasi, 1972 y.da asos solingan; Radikal soʻl partiya, 1905 y.da tuzilgan; D. sotsial-demokratik partiyasi, 1871 y.da asos solingan; Sotsialistik xalq, partiyasi, 1959 y.da tuzilgan; Xristian xalq partiyasi, 1970 y.da asos solingan; Markaz demokratlari partiyasi, 1973 y. tuzilgan; D. xalq partiyasi, 1995 y.da tashkil etilgan. D. kasaba uyushmalari markaziy birlashmasi, 1898 y.da tuzilgan boʻlib, Xalqaro erkin kasaba uyushmalari konfederatsiyasi, Yevropa kasaba uyushmalari konfederatsiyasi va Shim. Yevropa kasaba uyushmalari kengashiga kiradi.
 
 
== Xoʻjaligi ==
Qator 37 ⟶ 34:
 
Kishloq xoʻjaligi D. iqtisodiyotining eng mahsuldor tarmogʻi hisoblanadi. Mamlakatda 80 mingga yaqin fermer xoʻjaligi bor. Ular yuksak hosildorlikka erishadilar va mahsulotning asosiy qismini chet ellarga sotadilar. D. hududining 70 % (3 mln. ga) q. x.da foydalaniladi Q. x. tovar mahsuloti umumiy qiymatining 90 % ini chorvachilik beradi. Aholi jon boshiga sut, yogʻ va goʻsht yetishtirishda dunyoda oldingi oʻrinlardan birini egallaydi. Dehqonchiligi yuqori darajada mexanizatsiyalashgan. Chorvachilikda qoramol, choʻchqa boqiladi, parrandachilik rivojlangan.
 
 
== Transporti ==
T. y. uzunligi 3 ming km dan ortiq, undan 2470  km elektrlashtirilgan. Avtomobil yoʻllari uz. 71 ming km. Asosiy porti — Kopengagen. Tashqi savdosi yalpi ichki mahsulotning 37 % ini tashkil etadi. Chetga asosan mashina va asbob-uskunalar, q.x. va oziq-ovqat sanoati mahsulotlari chiqaradi. Tashqi savdodagi asosiy mijozlari: Olmoniya, Shvetsiya, Buyuk Britaniya. Pul birligi — D. kronasi.
 
Maorifi, madaniy-maʼrifiy va ilmiy muassasalari. D. maorif tizimining ilk boʻgʻini — bolalar bogʻchalari. 6 yoshdan bolalar uchun 9 y.lik majburiy taʼlim joriy etilgan. Boshlangʻich maktablarda oʻqish muddati — 7 y., kichik oʻrta (real) maktablarda 3 y., yuqori oʻrta maktab (gimnaziya)larda 3 y., xunar-texnika bilim yurtlarida 1 — 3 y. Bolalarning 90 % bepul davlat maktablarida taʼlim oladi. Oliy oʻquv yurtlariga gimnaziya attestatlari asosida tanlov yoʻli b-n qabul qilinadi. 5 ta un-t, 3 ta texnika un-ti, 20 ga yaqin in-t va kollejlarda oliy maʼlumot beriladi. Yirik oliy oʻquv yurtlari: Kopengagen (1479 y.da asos solingan) va Orxus (1928 y.da asos solingan) un-tlari, D. muxandislik akademiyasi, Kopengagen texnika un-ti. Ilmiy muassasalari: Daniya qirolligi fanlar akademiyasi (1742 y. Kopengagen sh.da tashkil etilgan, 210 dan ortiq aʼzosi bor), Nafis sanʼat akademiyasi (1754 y.da asos solingan), Daniya qirolligi texnika fanlari akademiyasi (1937 y. Lingbi sh.da tashkil etilgan, 580 dan ortiq aʼzosi, 25 i.t. in-ti va assotsiatsiyalari bor), 20 dan koʻproq i. t. muassasalari va b. Kutubxonalari: Kopengagendagi Qirollik va Munitsipal, Orxusdagi davlat va un-t kutubxonalari va b. Muzeylari: Kopengagendagi milliy qirollik nafis sanʼat muzeyi, Kirollik dengiz muzeyi, Odensedagi X. K. Andersen uymuzeyi va b.
Qator 47 ⟶ 43:
 
Ritsaus byuro — D. axborot agentligi 1866 y.da tuzilgan. D. radio va televideniyesi rasmiy ravishda mustaqil hisoblansa ham, amalda yarim davlat tashkilotidir. Mamlakatdagi barcha radioeshittirish va telekoʻrsatuvlarni D. radiosi davlat tashkiloti nazorat qiladi.
 
 
== Adabiyoti ==
Qator 53 ⟶ 48:
 
40-y.larda ijtimoiy ziddiyatlarning chuqurlashuvi siyosiy lirika va satiraning rivojiga taʼsir etdi. 70-y. lar adabiyotida realizm chuqurlashdi. Mashhur realist yozuvchi Ye. P. Yakobsen „Nils Lyune“ romanida kiborlarning fojiali taqdirini psixologik asosladi. X. Draxman, K. Gyellerup, E. Brandes kabi realist adib va shoirlar yirik asarlar yaratdilar. l-jahon urushi davri (1914—18) adabiyotida „noumid avlod“ kayfiyatlari paydo boʻldi. 20-a.ning 20 — 30-n.larida realistik proza yuksaldi. X. R. Kirk, E. Kristensen, K. Bekker, X. Xerdal, M. Klitgor, X. Pontoppidan, Y. Yensen romanlarida mehnatkashlar hayoti haqqoniy aks etdi, 30-y.larda, keyinroq Qarshilik koʻrsatish harakati davrida (1940-45) M. Andersen-Nekse, X. Sherfig , X. R. Kirk, Martin Nilsen kabi yozuvchilar ijodi fashizmga qarshi ruh kasb etdi, ular qamoq va konslagerlarda ham kurashni davom ettirdilar. Urushdan keyingi yillarda X. Vulf, T. Ditlevsen, X. L. Yepsen realistik asarlar yozishdi, 60—80-y. larda adabiyotga kirib kelgan yozuvchilar yangi shakllar izlashdi, voqelikni falsafiy idrok etishga intilishdi.
 
 
== Meʼmorligi ==
D. hududida qad. meʼmoriy davrga (mil. av.) xos sanʼat va meʼmoriy yodgorliklar (Trelleborg , Aggersborg qalʼalarining harobalari va b.) mavjud. D.da yagona qirollik tuzilib (10-a.), xristianlik qabul qilingach, dastlab yogʻochdan, 11-a. urtalarida esa toshdan ibodatxonalar qurildi. Roman davrida (12-a.—13-a. boshi) xoch shaklida sobor va qalin devorli cherkovlar solindi. Gotika davrida (13-a,—16-a. 30-y.lari) Roskill va Odenseda yirik ibodatxonalar, qalin, baland devor va minorali qasrlar barpo etildi. 16—17a.larda renessans taʼsirida bezatilgan saroylar, jamoat va turar joy binolari qurish anʼana boʻldi. 18-a. 1-yarmida binolar barokko uslubida, 2-yarmida esa klassitsizm uslubida qurila boshladi. 19-a. oxiri — 20-a. boshida milliy romantizmga xos binolar yaratildi. K.F. Harsdorf D. klassitsizmining atokli namoyandasidir. 20-y.larda neoklassitsizm, 30-y.larda esa funksionalizm (X. Kampman, V. Lauritsen kabi meʼmorlar) uslubi tarqaldi. 2-jahon urushidan keyin Kopengagen, Odense, Ryonne kabi shaharlar qayta tiklandi. 60—90-y.larga kelib koʻp (8—12) kavatli turar joylar kurildi. Uy-joy va sanoat zonalarini, qatnov yoʻllarini qulay joylashtirishga, koʻkalamzorlashtirishga katta eʼtibor berildi.
 
 
== Tasviriy sanʼati ==
D. hududidan tosh, jez, temir davri madaniyat yodgorliklari topilgan (kahrabo haykalchalar, urush va ov manzaralarining toshga oʻyilgan tasvirlari, qurol-yarogʻlar, ziynat buyumlari, kumush idishlar, oltin tangalar va b.). Roman davri (12— 13-a.lar) monastirlari naqshlar b-n bezatilgan. Gotika davri (13-a.—16-a. boshlari) soborlaridagi naqshlarda realistik elementlar mavjud. 15-a. ning 2-yarmida D.ga Olmoniya, Niderlandiya, Fransiyadan koʻplab rassom va ustalar koʻchib keldi. Kopengagenda Badiiy akademiya tashkil etilishi (1754) va klassitsizm taraqqiyoti D. milliy rassomlik maktabining tashkil topi-shiga olib keldi. 19-a. 1-yarmida rassomlik sanʼatida K. V. Ekkersberg va uning izdoshlari K. Kyobke, V. Bends va b. ijodida lirizm, voqelikning bevosita tasviri kuchli boʻldi. 20-a. boshlarida D. sanʼatiga fovizm, kubizm, 30-y.lar oʻrtalaridan impressionizm va abstraksionizm kabi turli oqimlar kirib keldi. Realizm ruhida ijod etuvchi O. Rude, X. Yensen, X. Bidstrup kabi rassomlar ijodi abstraksionizm va b. modernistik oqimlarga qarama-qarshi turdi. Neoklassitsizm tamoyillari asosida ijod etuvchi rassomlar ham bor. Keyingi yillarda maishiy va siyosiy mavzular rassomlarni koʻproq qiziqtira boshladi.
 
 
== Musiqasi ==
Qator 67 ⟶ 59:
== Teatri ==
Qad. Skandinaviya koʻshiqchilari — skaldlar ijodida teatr sanʼati uchqunlari boʻlgan. Oʻrta asrlarda D.da misteriya, masharabozlik, ibodat marosimlari, odob ruhidagi ibratomuz tomoshalar ommalashdi, maktab oʻquvchilari turli spektakllar qoʻya boshladi. Professional teatr esa, 18-a.ning 20-y.larida vujudga keldi. 1722 y. Kopengagenda „Danlar sahnasi“ nomli birinchi milliy teatr tuzildi. 1770 y.dan bu teatr „Daniya qirolining teatri“ deb yuritila boshladi. Teatr sahnasidan L. Xolberg komediyalari, Y. Evaldning dramalari, jahon klassikasi pyesalari keng oʻrin oldi. Y. L. Xeyberg , N. P. Nilsen, Y. K. Ryuge, A. Nilsen, I. L. Fister kabilar 19-a. yetakchi aktyorlaridir. 20-a. boshida naturalistik va dekadentlik pyesalari koʻp qoʻyilishi D. teatrini tanazzulga olib keldi. Lekin 20-y.larning oxiridan „Ishchilar teatri“, „Ijtimoiy teatr“, „Betti Nansen teatri“da klassik va chet el ilgʻor mualliflari pyesalarining qoʻyilishi b-n D. teatri yangi bosqichga koʻtarila boshladi. 2-jahon urushidan soʻng qarshilik koʻrsatish harakati qahramonlarining jasoratini aks ettiruvchi va dolzarb masalalarga bagʻishlangan asarlar sahnalashtirildi. Opera va balet rivojlana boshladi. Aktyorlar Kopengagen davlat drama maktabida tayyorlanadi.
 
 
== Kinosi ==
Qator 117 ⟶ 108:
 
{{Yevropa}}
 
[[Turkum:Daniya| ]]
[[Turkum:Yevropa]]