Irlandiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Cekli829 (munozara | hissa)
k imlo, replaced: km2 → km{{sup|2}} using AWB
Qator 2:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Irlandiya''' (irlandcha Eire, ing . lrelang) — Gʻarbiy Yevropada, Irlandiya o. da joylashgan davlat. Mayd. 70,3 ming km2km{{sup|2}}. Aholisi 3,84 mln. kishi (2001). Maʼmuriy jihatdan 26 graflikka boʻlinadi, ular 4 tarixiy viloyat (province)ra birlashadi. Poytaxti — Dublin sh.
 
 
== Davlat tuzumi ==
I. — respublika. 1937 y. 29 dek. da qabul qilingan hamda 1972 va 1999 y. larda tuzatishlar kiritilgan konstitutsiya amal qiladi. Davlat boshligʻi — prezident (1997 y. dan Meri Makalis xonim). U aholi tomonidan toʻgʻri umumiy va yashirin ovoz berish yoʻli bilan 7 y. muddatga saylanadi, ikkinchi muddatga yana bir marta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hoki-miyatni Milliy parlament amalga oshiradi, uning tarkibiga prezident va ikki palata: vakillar palatasi bilan senat kiradi. Ijrochi xrkimiyatni vakillar palatasining taklifiga bino-an prezident tayinlaydigan hukumat amalga oshiradi.
 
 
== Tabiati ==
Sharqiy qirgʻoklari ancha tekis, jan. qirgʻoqlarida buxta va qoyali burunlar, gʻarbiy qirgʻoqlarida ichkariga chuqur kirgan qoʻltiklar koʻp. Yer yuzasining yarmidan koʻpini Mar-kaziy tekislik (bal. 40—10040–100 m) egallagan, bu tekislikda tepalar va past togʻlar bor. Tepalar, asosan, qumtoshlardan, past togʻlar ohaktoshlardan iborat, ularning ustini morena yotq-iziqlari qoplagan. Ohaktoshli yerlarda ungur, gʻor kabi karst relyef shak-llari, yer osti daryo va koʻllari uchraydi. Chekka qismlarida past va oʻrtacha balandlikdagi togʻlar bor. Jan.-gʻarbidagi Kerri togʻi (1041 m) I. dagi eng baland togʻdir. I. da torfning katta zaxiralari, toshkoʻmir, qoʻrgʻoshinrux, mis, fosforit bor.
 
Iqlimi — moʻʼtadil okean iqlimi, obhavosi beqaror, seryomgʻir, tuman koʻp tushadi, tez-tez shamol esadi. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi 5—8°, iyulniki — 14—16°. Yillik yogʻin 700—2000 700–2000&nbsp;mm. I. da daryo, koʻl va botqoklik koʻp. Daryolari sersuv, muzlamaydi, kemachilikda va elektr energiyasi olishda foydalaniladi. Yirik daryosi — Shannon.
 
I. ning koʻp qismi torfli yalangliklar, oʻtloklar. Oʻtloqlari doimo koʻmkoʻk. Yalangliklarda torfli-botqoq va qumoq tuproqlar uchraydi. Oʻtloq joylarning tuprogʻi — podzol va oʻtloqpodzol tuproqlar. Hayvonlari Gʻarbiy Yevropanikiga oʻxshash, turi kam. Yovvo-yi hayvonlarning kupi qirib tashlangan. Milliy bogʻlari: Glenya, Killari.
 
Aholisining 98% irlandlar, qolganlari inglizlar, shotlandlar. Rasmiy tillari — irland va ingliz tillari, asosiy soʻzlashuv tili — ingliz tili. Dindorlarning aksariyati katolik, bir qismi protestant. Aholining 57% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Dublin, Kork, Limerik.
 
 
== Tarixi ==
Qator 25 ⟶ 22:
 
2-jahon urushi yillarida I. betaraf turdi. Garchi 1949 y. I. mustaqil respublika deb eʼlon qilingan boʻlsa ham mamlakatning shim. qismi (Olster)da mustamlakachilar hukmronligi saklanib qoldi. 1955—61 y. larda mamlakatni birlashtirish maqsadida I. maxfiy harbiy tashkilot toʻdalari Shim. I. dagi maʼmuriy va politsiya bi-nolariga tez-tez hujum qilib turdi. 1959 y. I. Resggublikasi va Shim. I. ka-saba uyushma markazlarining birlashishidan I. tred-yunionlar kongressi tashkil topdi. Keyingi yillarda I. siyosatida Shim. I. muammosi yuzasidan ingliz hukmron doiralari bilan bir bitimga erishishga intilish ta-moyili sezila boshladi. 1985 y. da imzolangan bitimga binoan, Shim. I. ga taalluqli ichki muammolarni muhokama qilish uchun xukumatlararo maslahat organi tuzish koʻzda tutilgan. 1993 y. da imzolangan Deklaratsiya ixtiloflarni faqat tinch siyosiy vo-sitalar bilan bartaraf qilish uchun asos yaratdi. 1998 y. dan Olster mu-ammosini hal etish jarayonida AKTP hukumati vositachilik qila boshladi. I. — 1955 y. dan BMTaʼzosi. Milliy bayrami — 17 mart — Avliyo Patrik kuni. 1991 y. dek. da OʻzR suverenite-tini tan olgan.
 
 
== Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari ==
Fianna Fayl ("Taqdir askarlari"), 1926 y. tashkil etilgan; Fine gal ("Birlashgan Irlandiya"), 1933 y. asos solingan; I. leyboristlar partiyasi, 1912 y. tuzilgan. I. kommu-nistik partiyasi, 1921hy;~asos solingan; Demokratax soʻl partiya. 1992 y. tashkil etilgan; Taraqqiyparvar de-mokratik partiya, 1985 y. tuzilgan; I. ishchilar partiyasi, 1970 y. asos solingan. I. tred-yunionlar kongressi (1894) I. va Shim. I. ning 66 kasaba uyushmalarini birlashtiradi.
 
 
== Xoʻjaligi ==
I. — industrial mamlakat. Yalpi ichki maxulotda sanoat ulushi 37%, q.x. ulushi 10,1%, xizmat sohasi ulushi 50% dan koʻproqni tashkil etadi. 50-y. largacha I. iqtisodiyotida q.x. va chorvachilik ustun boʻlgan. Endilikda u xorijiy sarmoya yordamida mashinasozlik, elektronika, kimyo sanoati kabi ogʻir sanoat tarmoqlarini va ichki imkoniyatlar hisobiga oziq-ovqat, oʻrmon, toʻqimachilik, yengil sanoat kabi anʼanaviy tarmoqlarni rivojlantirishga erishdi. Keyingi yillardagi iqtisodiy taraqqiyot tufayli I. oʻsish surʼatlari jihatidan Yevropada oldingi oʻrinlarga chiqib oldi. Mahsulot eksport qilish koʻpaydi.
 
 
== Sanoati ==
Tabiiy resurslari torf, qoʻrgʻoshin, rux, mis, kumush, tabiiy gazning katta, toshkoʻmir, temir rudasi va piritning ozroq zaxiralaridan iborat. Shular tufayli konchilik sanoati va ayni vaqtda q.x. xom ashyosini qayta ishlash tarmoqlari yetakchi oʻrinda. Metallurgiya (asosan, poʻlat eritish), mashinasozlik (ayniqsa, kemasozlik, avtomobil yigʻish, priborsozlik), elektrotexnika, neft kimyosi, qurilish ashyolari korxonalari bor. Oziq-ovqat tarmoqlari orasida goʻsht, sut, yogʻ, pivo, qand-shakar, spirt-araq korxonalari ayniqsa faol ishlaydi. Torf qazib olish va undan foydalanish sohasida I. dunyoda oldingi oʻrinda turadi. I. energiyaga boʻlgan ehtiyojining 40% ni ichki imkoniyatlari hisobidan qoplaydi. Energiya balansida chetdan keltiriladigan neftning ulushi kamayib, koʻmir va torfning ulushi oshib bormoqda. I. da yiliga oʻrtacha 14,6 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Mamlakatda xorijiy investitsiyalar faol jalb etilgan. Bu sohada Buyuk Britaniyadan ta-shqari AQSH, Germaniya, Fransiya, Yaponiyaning mavqei kuchli. Xorijiy sarmoya yordamida barpo etilgan 800 dan ortiq korxona sanoat mahsuloti eksportining 80% ni beradi.
 
 
== Qishloq xoʻjaligi ==
Chorvachilik — mamlakat q.x. ning asosiy tar-mogʻi hisoblanadi: bu tarmoq yalpi q. x. mahsulotining 88% ni beradi, uning 80% eksport qilinadi. Asosan, qoramol (7,2 mln.), qoʻy (9 mln.) bo-qiladi. Fermer xoʻjaliklarining 70% ga yaqini 25 ga gacha yerga ega boʻlgan oʻrta va kichik fermer xoʻjaliklaridir. Q. x. ga yarokli yerlarning salkam 70% yaylovlarga toʻgʻri keladi. Dehqonchilikning iqtisodiyotdagi ahamiyati unchalik katta emas va u mamlakatning donga boʻlgan ehtiyojini qoplay olmaydi. I. da oz mikdorda qand lavlagi, suli, arpa, bugʻdoy, kartoshka yetishtiriladi. Baliqchilik rivojlangan.
 
 
== Transporti ==
T. y. uzunligi 2,8 ming km, avtomobil yoʻllari uz. 92 ming km. Dengiz floti rivojlangan. Asosiy portlari — Dublin, Kork. I. chetga mashina va asbob-uskuna, krra-mol, oziqovqat, kimyo, toʻqimachilik mahsulotlari va sh. k. chiqaradi. Chetdan transport vositalari, neft va b. keltiradi. Keyingi yillarda tashki savdoda ijobiy saldoga erishildi. Sayyohlik ham katta daromad keltiradi. Savdo-sotiqdagi asosiy mijozlari: Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, AK.Sh va Rossiya. Pul birligi — irland funti.
 
 
== Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari ==
Qator 61 ⟶ 52:
 
Musiqa folklori qadimdan bir ovozli boʻlgan. 16-a. oxiridan koʻp ovozli diniy musiqa rivojlangan. Rora Doll O’Katayn, J. va X. Skott, Keroll O’Deyli, T. va U. Konellan va b. arfa uchun kuy hamda ishqiy qoʻshiqlar yaratgan dastlabki professional kompozitorlardir (16— 17-a. lar). I. da professional musiqaning shakllanishida 18-a. da D. Myorfi, M. Kelli, J. Fids, 19-a.da M. Balf, 20-a. da Ch. Stan-ford, A. Baks va b. muhim rol oʻynagan. 1856 y. Dublinda konservatoriya, 1964 y. da milliy opera truppasi tashkil etildi. Dublin va Kork musika markazlaridir. I. da simfonik orkestrlar, xor birlashmalari, musiqa jami-yatlari bor.
 
 
== Teatri ==
Qator 73 ⟶ 63:
'''Irlandiya ''' (Irlandiya Respublikasi) poytaxti — [[Dublin]] shahri. [[BMT]] aʼzosi
{{Yevropa}}
 
{{stub}}
== Manbalar ==
{{manbalar}}
 
[[Turkum:Yevropa]]
Qator 79 ⟶ 71:
[[Turkum:BMT aʼzolari]]
 
 
== Manbalar ==
{{manbalarstub}}