Aroqiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Qatorga koʻchirish toʻgʻrilandi
k imlo, replaced: km2 → km{{sup|2}} using AWB
Qator 3:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Iroq''', Iroq Respublikasi (A1Jumhuriyah al-lragiyah) — Jan.- Fapbiy Osiyoda, Dajla va Furot daryolari oraligʻida joylashgan davlat. Mayd. 438 ming km2km{{sup|2}}. Aholisi 23,3 mln. kishi (2001). Poytaxti — Bagʻdod sh. Maʼmuriy jihatdan 18 muhofaza (viloyat)ga boʻlinadi.
 
 
== Davlat tuzumi ==
I. — respublika. 1970 y. 16 iyulda kuchga kirgan Muvaqqat konstitutsiya amal qiladi. Davlat boshligʻi — prezident (1979 y. iyulidan Saddam Husayn, ayni vaqtda u bosh vazir, Inqilobiy qoʻmondonlik ken-gashi raisi va qurolli kuchlar oliy bosh qoʻmondoni). Prezidentning vakolat muddati — 7 y. 2002 y. 15 okt. dagi referendumda S. Husaynning preziden-tlik vakolati yana 7 yilga uzaytirildi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat — Milliy kengash (parlament); u 4 y. muddatga saylanadi. Ijroiya hokimiyatni prezident va xukumat amalga oshiradi.
 
 
== Tabiati ==
I. hududining koʻp qismi Yuqori va Quyi Mesopotamiya tekisliklaridan iborat. Shim. va shim.sharqida Armaniston va Eron togʻliklari (bal. 3000 m dan yuqori), jan. va jan.-gʻarbida Suriya-Arabiston yassi-togʻligining chekka qismi (bal. 900 m gacha) joylashgan. Yuqori Mesopotamiya (yoki Jazira) bal. 300—450300–450 m tekis platodan iborat. Quyi Mesopotamiya esa bal. 100 m dan oshmaydigan al-lyuvial pasttekislikdir. Asosiy foydali qazilmalari — neft va gaz. Fosforit va oltingugurt konlari ham bor.
 
Iqlimi I. ning shim. qismida kontinental Oʻrta dengiz ikdimi, yozi is-siq va quruq, qishi iliq va seryomgʻir, jan. da tropik iqlim. Mosulda iyulning oʻrtacha t-rasi 34°, yanvar niki 7°. Qishda togʻlarda qor yogʻadi. Eng past t-ra — 18° gacha. Basrada yanvar ning oʻrtacha t-rasi 11°, avg . niki 34°, baʼzan 50° ga yetadi. Yillik yogʻin togʻlarda 500 &nbsp;mm gacha, mamlakatning jan.sharqida 60—60– 100 &nbsp;mm. I. hududidan oʻtgan Dajla va Furot duryolaridan sugorishda keng foydalaniladi. Alkurn sh. yonida bu daryolar qoʻshilib, yagona Shatt ul-Arab daryosini hosil qiladi va Fors qoʻltigʻiga quyiladi. Quyi Mesopotamiyada mayda koʻl koʻp. Choʻllarida suv vaqtincha oqadigan soyliklar bor. Tuproqlari — daryo vodiylarida sugʻoriladigan unumdor allyuvial tuproq. I. ning kalgan qismida dasht va chala choʻlga xos kashtan va boʻz tuproqlar tarqalgan. Togʻli joylarda togʻ-oʻtloq tuproqlari uch-raydi. I. hududining koʻp qismi dasht, jan.-gʻarbi choʻl va chala choʻl. Togʻ yon bagʻirlarida siyrak butazorlar, daryo vodiylarida terak va tolzorlar bor. Shatt ul-Arab vodiysida hurmozor koʻp. I. ning hayvonot dunyosi xilma-xil. Tekisliklarda gʻizol, yovvoyi eshak, ola sirtlon, chiyaboʻri, qoplon yashaydi. Kemiruvchilar, sudralib yuruvchilar (jumladan, zaharli koʻlbor ilon) va zararli hasharotlar (chigirt-ka, falanga, chayon) koʻp. Daryo qirgʻoqlarida qoʻton, qizilgʻoz, saqoqush uch-raydi.
 
Aholisi, asosan, arablar (75%) va kurdlar (20%); shuningdek, turkmanlar, osuriy (aysor)lar, eroniylar, armanlar va b. ham yashaydi. Rasmiy tili — arab va kurd tillari. Asosiy dini — islom. Aholisining 96% musulmonlar (62% shialar va 34% sunniylar). Xristianlar ham bor. Aholining 70,4% shaqarlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Bagʻdod, Basra, Mosul, Karkuk, Najaf.
 
 
== Tarixi ==
Qator 38 ⟶ 35:
 
Asosiy siyosiy partiyalari, tashkilotlari va kasaba uyushmalari. Arab sotsi-alistik uygʻonish partiyasi — Baas, 1947 y. da tuzilgan Umumarab Base partiyasi tarkibiga kiradi, I. da 1954 y. shakllangan; Kurdiston demokratik partiyasi, 1946 y. da tuzilgan; Kurdiston inqilobiy partiyasi, 1974 y. tashkil topgan; I. kommunistax partiyasi, 1934 y. da asos solingan; Demokratik milliy vatanparvar fronti, 1980 y. tuzilgan; Ilgʻor milliy vatanparvar fronti, 1973 y. tashkil etilgan. I. ishchi kasaba uyushmalari umumiy federatsiyasi 1959 y. da tashkil etilgan boʻlib, Jahon kasaba uyushmalari fe-deratsiyasi aʼzosi.
 
 
== Xoʻjaligi ==
I. — agrar-industrial mamlakat. I. baquvvat iqtisodiy salohiyatga ega. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 22%, q.x. ning ulushi 20,3% ni tashkil etadi.
 
 
== Sanoati ==
Neft (zaxirasi 65 mlrd. tonnadan ziyod), gaz, oltingugurt, marmar va fosfatlarning katta zaxiralari bor. I.-Eron urushi boshlanishidan avval neft eksport qilishdan har yili 21—26 mlrd. dollar daromad olinar edi. Sanoatning neft, gaz qazib chiqarish, neftni qayta ishlash, sement, elektr energetika, mashinasozlik va b. tarmoqlari rivojlangan. Mayda hunarmandchilik korxonasi va ustaxonalari koʻp. Toʻqimachilik, poaybzal, oziq-ovqat sanoati ham birmuncha rivojlangan. Al-Iskandariyada mashinasozlik zavodi, Samarrada antibiotik va b. dori-darmonlar zavodi, Qut al-Amarada ip gazlama k-ti, Bagʻdodda elektronika asbob-uskunalari zavodi va tikuvchilik f-kasi, Ramodida oyna zavodi va b. korxonalar mavjud. Biroq BMT Xavfsizlik Kengashining iqtisodiy jazo choralari natijasida moliyaviy resur-slar, xom ashyo, ehtiyot qismlar, asbob-uskunalar yetishmasligi har sohada sezilib turadi.
 
 
== Qishloq xoʻjaligi ==
Q.x.ga yaroqli yerlar 12 mln. ga, shundan 8 mln. ga yer ishlanadi. Ekin maydonining ak-sar qismiga bugʻdoy, qolgan qismiga paxta, tamaki, sabzavot ekiladi; bogʻdorchilikham rivojlangan. 1990-y. largacha I. hurmo daraxtining soni jihatidan dunyoda 1-oʻrinda turar, dunyo bo-zoriga chiqarib sotiladigan hurmo me-vasining 4/5 qismi uning hissasiga toʻgʻri kelar edi. Biroq I. qa qarshi jazo choralari q.x. ga ham asoratli taʼsir qildi. Jumladan, 1990 y. ga nisbatan 2000 y. da ekin maydonlari qisqarib, yalpi hosil kamaydi. Chunonchi bugʻdoy hosili 1055 ming t dan 800 ming t ga, arpa 1095 ming t dan 500 ming t ga, makkajoʻxori 171 ming t dan 100 ming t ga, uzum 428 ming t dan 290 ming t ga tushib qoldi. Chorvachilikdagi qoʻy, echki, qoramol, tuya, ot soni ham kamaydi.
 
 
== Transporti ==
T. y. uz. 3 ming km, avtomobil yoʻllari uz. 30 ming km, neft quvurlari uz. 4,2 ming km, gaz quvurlari uz. 2,6 ming km. Asosiy dengiz portlari — Basra, Fao, Umm-Kasr, daryo porti — Bagʻdod. Bagʻdodda zamonaviy xalqaro aeroport bor. I. chetga hurmo, teri, jun, sement, neft,neft mahsulotlari, oltingugurt chikaradi. Chetdan mashina va uskunalar, oziq-ovqat, qora metall, kimyoviy ashyolar keltiradi. Savdo-sotikdagi asosiy mijozlari: Iordaniya, Italiya, Germaniya va b. Pul birligi — I. di-nori.
 
 
== Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari ==
Qator 60 ⟶ 52:
 
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatUvi- Eng muhim gaz. va jur. lari: "As-Savra" ("Inqilob", arab tilidagi kundalik gaz., 1968 y. dan), "Al-Iroq" ("Iroq", arab va kurd tillaridagi kundalik gaz., 1976 y. dan), "AlJumhuriya", ("Respublika", arab tilidagi kundalik hukumat gaz., 1963 y. dan), "Bagdad observer" ("Bagʻdod kuzatuvchisi", ingliz tilidagi kundalik gaz., 1967 y. dan), "Bagʻdod" (fransuz tilida 2 oyda 1 marta chikadigan siyosiy va madaniy jur.), "Al-Afak al-Arabiyya" ("Arabiston ufqlari", arab tilidagi oylik siyosiy-adabiy jur., 1975 y. dan). I. axborot agentligi 1959 y. da tashkil etilgan. Davlat radioeshittirish va televideniye tashkiloti hukumat tashkilotidir. 1936 y. dan radioeshittirish, 1956 y. dan telekoʻrsatuv olib boriladi.
 
 
== Adabiyoti ==
Qator 70 ⟶ 61:
 
Zamonaviy meʼmorlikda turli yevropacha uslublar taʼsiri seziladi. Basra, Mosul, Karbalo, Samarra sh. lari loyihasi ishlab chiqildi (1959—60). Bagʻdod, Mosul, Basra va b. shaharlardagi zamonaviy jamoat va uy-joy bi-nolari tarhi va qurilishida mahalliy iqlim va turmush sharoitlari eʼti-borga olindi, xalq anʼanalariga rioya etildi. I. meʼmorlari orasida N. Javdod, R. alChodirchi, X. Munif va b. mashhur.
 
 
== Tasviriy sanʼati ==
Qator 80 ⟶ 70:
 
I. musiqa kadrlari, asosan, Nafis sanʼat akademiyasi (1940, musiqa, tasviriy sanʼat va haykaltaroshlik, teatr sanʼati boʻlimlari bor) da tay-yorlanadi. 1968 y. bolalar musiqa mak-tabi ochilgan. Davlat oʻquv yurtlaridan tashqari xususiy musiqa maktablari mavjud. I. da kompozitor Ahmad al-Xalil (qoʻshiq, cholgʻu asarlar muallifi), xalq va zamonaviy koʻshiq ijrochilari Lomia Tavfiq, Vahida Halim, Dahlil Hasan, Zuhur X,usayn, Foruh Hilol, Rizo Ali, sozandalar Hasan Rajab, Shuayb Ibrohim, Xudayr Shibli, Jalil Bashir, Munir Bashir va b. tanilgan. I. davlat folklor ansambli 1985 y. Toshkentda gas-trolda boʻlgan. Kompozitor va sozanda (ud) Salmon Shukur 1987 y. Samarqandsa boʻlib oʻtgan Z-Xalqaro musiqashunoslik simpoziumida qatnashgan.
 
 
== Teatri ==
Qator 90 ⟶ 79:
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
 
{{stub}}
{{Osiyo mamlakatlari}}
 
== Manbalar ==
{{manbalar}}
 
[[Turkum:Yaqin Sharq]]
Qator 99 ⟶ 89:
 
 
{{stub}}
== Manbalar ==
{{manbalar}}