Hindixitoy: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Qatorga koʻchirish toʻgʻrilandi
k imlo, replaced: km2 → km{{sup|2}} using AWB
Qator 1:
'''Hindixitoy''' - Osiyoning jan.sharqiy qismidagi yarim orol. Mayd. 2 mln. km2km{{sup|2}}. Gʻarbda Bengaliya qoʻltigʻi, Andaman dengizi va Malakka boʻgʻozi, jan. va sharqda Jan. Xitoy dengizi va uning Siam va Bakbo qoʻltiqlari bilan chegaralangan. Shim. chegarasi shartli ravishda Gang va Brahmaputra daryolari deltalari bilan Xongxa daryosi deltasidan oʻtkazilgan. Jan. uchi Kra boʻynidan jan.ga choʻzilgan Malakka ya.o.dan iborat. Sharqiy qirgʻoqlari kam parchalangan, gʻarbida qoʻltiq, orol koʻp. Yer yuzasi, asosan, togʻli, meridian boʻylab choʻzilgan tizmalardan iborat. Gʻarbiy qismidagi Arakan togʻlari (eng baland joyi 3053 m, Viktoriya choʻqqisi), markazidagi Shan togʻligi va sharqidagi Annam togʻlari keng pasttekislik (Iravadi, Menam, Kam-bodja) va platolar (Korat) bilan boʻlingan. Karst keng tarqalgan. Pasttekisliklar, asosan, allyuvial va koʻl yotqiziqlaridan tuzilgan. Foydali qazilmalardan qalay va volframning yirik konlari topilgan. Iqlimi subekvatorial mussonli, Malakka ya.o.da ekvatorial iqlim. Oʻrtacha t-ra tekisliklarda 20° dan pastga tushmaydi, bahor va yoz oylarida 27—30°gacha koʻta-riladi, togʻlarda 15° gacha. Shamolga roʻpara garbiy yon bagʻirlarida yillik yogʻin 2500—3000 2500–3000 mm, asosan, yozda yogʻadi. Ichki r-nlarda 1000  mm gacha, sharqiy sohilida 2000  mm gacha (aso-san, qishda yogʻadi). Shim.dagi togʻ tepalarida qor yogʻadi. Daryolari sersuv, yozda toʻlib oqadi. Eng yiriklari: mekong , Iravadi, Saluin, Menam-Chao-Praya. Suvidan sugʻorishda keng foydalaniladi. Eng katta koʻli — Tonlesap. H.ning sernam togʻli hududlarida doim yashil tropik oʻrmonlar, dengiz sohillari va deltalarda mangra oʻrmonlari, ichki r-nlarda barg toʻkuvchi tropik oʻrmonlar va butazorlar bor. Tekislik qismi ekinzorlarga aylantirilgan. Asosiy ekini — sholi. malakka ya.o.da kauchukli oʻsimliklar plantatsiyalari barpo qilingan.
 
{{stub}}
{{no iwiki}}
 
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
 
{{stub}}