Shimoliy Amerika: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Qatorga koʻchirish toʻgʻrilandi
k imlo, replaced: km3 → km{{sup|3}} using AWB
Qator 32:
SH.A. arktika, subarktika, moʻʼtadil, subtropik, tropik va subekvatorial mintaqalarda joylashgan. Arktika mintaqasi Shim. Muz okeani boʻyidagi hududlarni oʻz ichiga oladi. Subarktika mintaqasiga gʻarbdagi seryogʻin, iliq qishli, salqin yozli hududlar kiradi. Moʻʼtadil mintaqaga (40° shahrik.dan shimolda) gʻarbdagi juda sernam iqlim, markaziy qismidagi ichki yassitogʻliklarda keskin kontinental va sharqda moʻʼtadil kontinental iqlim xos. AQSH jan.dagi subtropik mintaqa seryomgʻir qishli va quruq yozli oʻrta dengizboʻyi, sharqiy sohil qismida sernam mussonli iqlimga ega. Kaliforniya ya.o., Kaliforniya qoʻltigʻi va Meksika qoʻltigʻi sohillari iqlimi quru.q, qolgan hududlarda sernam iqlim. Markaziy Amerikaning jan. qismini oʻz ichiga olgan subekvatorial iqlim uchun sernam yozli issiq va qishi quruq iqlim xarakterli.
 
Ichki suvlari. Sh.A. ichki suvlarga boy. Dunyodagi eng uzun daryo sistemalaridan biri — Missisipi daryosi (Missuri bilan birga 6420 km) va eng katta chuchuk suv havzasi — Buyuk koʻllar shu materikda. Asosiy daryolari: SanLavrentiy, Makenzi, Yukon, Kolumbiya, Kolorado, RioGrande. Daryolarining oʻrtacha yillik suv hajmi 8200 km3 km{{sup|3}}. Biroq suv Sh.A.da iqlim va orografik xususiyatlarga koʻra notekis taqsimlangan. Daryolar yomgʻir, qor, muzliklar va grunt suvlaridan toʻyinadi. Shim.dagi daryolar yiliga 8 oygacha muzlaydi. Materikning muzlik bosgan shim. qismida Vinnipeg , Katta Qullar koʻli, Katta Ayiqli koʻl va boshqalar mavjud. Baʼzi koʻllar (Nikaragua va Managua) tektonik yoʻl bilan hosil boʻlgan. Katta Havzada relikt koʻllar, sohillarda laguna koʻllari, togʻlarda vulkan koʻllari bor. Sh.A.dagi muzliklarning umumiy mayd. 2 mln. km²(asosan, Grenlandiyada, shuningdek, Alyaska, Kanada Arktika arxipelagi, Kordilyera togʻlarida).
 
Tuproq va oʻsimliklari. Tuprogʻi juda xilmaxil: boreal va subtropik tuproq hosil boʻlish jarayonlari natijasida vujudga kelgan qutbiy mintaqa tuproqlaridan tropik mintaqa tuproqlarigacha mavjud. Kanada Arktika arxipelagining shim. orollari uchun quruq arktika va tundra tuproqlari xos. Arxipelagning jan. va Shim. Muz okeani sohillaridagi koʻp yillik toʻng yerlarda nordon, tundragleyli tuproqlar tarqalgan. Lavrentiy qirlarining markazida va Yukon yassitogʻligidagi soyliklarda muzlagan tayga tuproqlari podzol va torfgleyli tuproqlar bilan birga uchraydi. Buyuk koʻllar atrofi va Appalachi togʻlarining shim.da sernam sharoitda shakllangan unumdor qoʻngʻir oʻrmon tuproqlari tarqalgan. Buyuk tekisliklar gʻarbiy qismining tuprogʻi qora. Kashtan tuproqlar Buyuk tekisliklarda va Kolumbiya platosida katta maydonlarni egallagan. Quruq va kontinental iqlimli Katta Havzaning tuprogʻi chala choʻlga xos shoʻrlangan qungʻir tuproq. Materikning jan.sharqida unumdor qizil va sariq tuproqlar koʻp uchraydi. Missisipi daryosining gʻarbida qizgʻishqora, butazorli dashtlarda koʻngʻir va boʻzqoʻngʻir, Meksika togʻligining ichki qismida boʻz tuproqlar, Kaliforniya ya.o.da tropik choʻl tuproqlar. Kordilyera togʻlarining sernam yon bagʻirlarida togʻ qoʻngʻiroʻrmon tuproqlari, quruq yon bagʻirlarda esa togʻ jigarrang tuproqlar tarqalgan.