Saudiya Arabistoni: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k imlo, replaced: taxm. → taxminan using AWB
k →‎Tarixi: imlo, replaced: xoxla → xohla using AWB
Qator 21:
 
==Tarixi==
S.A. hududida qadimdan (mil. av. 2ming yillik) koʻchmanchi arab qabilalari yashab kelgan. Mil. 7-a.da Arabiston ya.o.ning gʻarbiy qismi (Hijoz)da islom paydo boʻlib, poytaxti Madina sh. boʻlgan ilk musulmon teokratik davlati — Arab xalifaligi yuzaga keldi. 7—8-a.larda S.A. hududining koʻp kismi Umaviylar, 8-a. 2-yarmi — 9-a.larda Abbosiylar xalifaligiga qaragan. 10—12-a.larda Arabiston ya.o.ning bir qismida mustaqil amirlik, sultonliklar paydo boʻlgan. Xijoz Fotimiylar, soʻngra Ayyubiylar, 13-a.ning oʻrtalari — 16-a. ning boshlarida mamluklarta qaram boʻlgan. Hijozning iqtisodiy va diniy-siyosiy jihatdan mavqei yuqoriligi tufayli xalifalar bu yerda oʻz hukmronliklarini saklab qolishga urinishgan. 16-a. boshlarida Hijozni Usmonli turklar oʻz tasarrufiga olgan. 18-a.ga kelib Najdda vahhobiylik diniy-siyosiy oqimi paydo boʻldi. Najd oʻzining nisbatan mustaqilligi bilan ajralib turgan. Najd amirliklaridan biri Diriya xrkimi Muhammad Ibn Saud (Saudiylar sulolasi boshligʻi) 1745 y. Arabistonni vahxrbiylik shiori ostida birlashtirishga harakat qildi. 19-a.ning boshlariga kelib Arabistonning talay qismi Saudiylar davlatiga birlashtirildi. Bu davlat — birinchi Saudiylar davlati (1745—1811) hisoblanadi. 1811 — 18 y.larda Arabiston ya.o.ning koʻp qismi Misr poshosi Muhammad Ali qoʻshinlari tomonidan egallab olindi va Saudiylar davlati parchalab yuborildi. 1843 y. Faysal ibn Turki boshchiligida saudiylar mahalliy qabilalar koʻmagida Najdni ikkinchi marta egallashdi. ArRiyod sh. poytaxtga aylantirildi. Barpo etilgan davlat — saudiilarning ikkinchi davlati hisoblanadi (1843—65). 1840 y.dan soʻng ham Hijoz turklar qoʻlida qolaverdi. 19-a.ning 2-yarmida vahhobiylar davlati Shammar hukmdori boʻlgan Rashidiylar tomonidan bosib olindi. 1902 y. amir Ibn Saud Kuvayt hukmdori Muborak yordamida ArRiyodni egallab, Rashidiylarga zarba berdi, keyinchalik Najdda Saudiylar hukmronligini tikladi. Abdulaziz ibn Abdurahmon (Ibn Saud) Ol Saudlarning uchinchi davlatiga asos soldi (1902 y.dan). Mustamlakachilik maqsadlarini koʻzlagan Buyuk Britaniya 1915 y. dek.da Angliya — Saudiya bitimining imzolanishiga erishdi. Bitimga muvofiq, Buyuk Britaniya Najd mustaqilligini tan olib, Ibn Saudga subsidiya, qurolyarogʻ bilan yordam beradigan boʻldi. Biroq Najdni Turkiyaga qarshi urushtirishga muyassar boʻlmadi. Ayni vaqtda (1915) Misrdagi ingliz komissari MakMagon bilan Makka (Hijoz) sharifi Husayn oʻrtasidagi maxfiy yozishmalar natijasida bir bitimga kelishilib, unga muvofiq, Husayn arablarni Turkiyaga karshi otlantirishga vaʼda berdi. Buning evaziga Buyuk Britaniya Husayn boshchiligidagi boʻlajak arab davlatining mustaqilligini tan olmoqchi boʻldi. 1916 y. Husaynning oʻgʻli amir Faysal qoʻshinlari ingliz razvedkachisi T. E. Lourens rahbarligida Turkiyaga qarshi harbiy harakat boshladi. 1918 y. Husayn "arablar podshosi" degan unvonni oldi. Lekin Antanta davlatlari uni faqat Hijoz podshosi deb tan olishdi. 1-jahon urushi tugagach, Ibn Saud Arabistonni birlashtirishni davom ettiraverdi. 1920 y. u Asirning bir qismi ustidan hukmronlik oʻrnatdi (Asirning hammasi 1930 y. boʻysundirildi). 1921 y. Shammarni boʻysundirdi. Yangi davlatning kuchayishini xoxlamaganxohlamagan Buyuk Britaniya 1922 y. oʻzining gumashtalari (sharif Husaynning oʻgʻillari) — Iroq qiroli Faysal va Movarourduniya (Transiordaniya) amiri Abdullohni Ibn Saud davlatiga qarshi chiqishga undadi. Saudiylar magʻlubiyatga uchradilar va bu Ibn Saudni 1922 y. Uqayrada Iroq bilan Kuvayt oʻrtasidagi chegarani belgilash haqidagi shartnomani imzolashga majbur etdi.
 
Natijada chegara, yaʼni betaraf mintaqa barpo etiddi. 1924—25 ylarda Ibn Saud Hijozni Najdga qoʻshib oldi. Birinketin Toif, Makka, Jidda va Madina qoʻlga kiritildi. 1926 y. yanvar da u oʻzini Hijoz podshosi, Najd va b. qoʻshib olingan viloyatlarning sultoni deb eʼlon qildi. 1927 y. Buyuk Britaniya yangi Saudiylar davlatini tan olishga majbur boʻldi. 1932 y.dan boshlab mamlakat S.A. Podshohligi deb ataladigan boʻldi. 1934 y. S.A. va Yaman oʻrtasida boʻlib oʻtgan va Yamanning magʻlubiyati bilan tugagan urush natijasida S. A. Asir, Jizana va Najdning bir qismini oʻz tarkibiga kiritdi.