Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k imlo, replaced: taxm. → taxminan, km2 → km{{sup|2}} (2) using AWB
k imlo, replaced: hurmo → xurmo using AWB
Qator 16:
[[File:Map of Palestine in Russian, a. 1900.jpg|thumb|PALESTINE 1900]]
[[File:Palestine according to Eusbius and Jerome - Smith 1915.jpg|thumb|PALESTINE 1915]]
[[File:BritishMandatePalestine1920.png|thumb|Palestine 1920]]
[[File:Palestine south 1924.jpg|thumb|PALESTINE 1924]]
[[File:Palestina 1946.jpg|thumb|PALESTINE 1946]]
Qator 69:
I. hududida turli tarixiy davrlarga mansub koʻpgina meʼmorlik va sanʼat yodgorliklari sakdanib qolgan. Galileydamil.av. 10—8ming yilliklarda toshdan yasalgan yertoʻlalar, Beysan, Megiddo va b. joylardagi mil.av. 4ming yillikka oid koʻhna shaharlar, Tel-Baytmirsim, Megiddo, Lahish, Gezer, Xatsorda qoyalar orasidan oʻtkazilgan vodoprovod lahmlari, tosh va xom gʻishtdan qurilgan qalin mudofaa is-tehkomlari, ibodatxonalar, turar joylar mavjud. Isroil va Yaxudo pod-shoxliklari (mil. av. 11-a. oxiri — 6-a. boshlari) davridan qolgan ogʻilxonalar, istehkomlar, saroylar, maishatxonalarning harobalari uchraydi. Neolit davriga mansub tasviriy va amaliy bezak sanʼati namunalari — uy hayvonlarining fil suyagi va sopoldan yasalgan haykalchalari, oʻyma va na-qshin idishlar topilgan. Rim xukmronligi davri (mil. av. 1-a. — mil. 4-a.) Rim badiiy madaniyatiga xos boʻlgan koʻpgina yodgorliklarni qoldirgan (Beysandagi Dionis ibodatxonasi, Beysan va Sezardagi teatrlar, Sezar va Askalondagi osma kuvurlar, jamo-at va turar joy binolari). Qabr ustiga qoʻyilgan byustlar va marmar sarkofaglardagi qabariq tasvirlar saklangan. Vizantiya davridan bazilika (Bet-Alfadagi sinagogda koshinkori tasviridagi muchal aylanasi, qator bibliya sahnasi, qurbonlik marosimi tasvirlari va b.), monastir va ibodatxonalar, arablar davridan masjid, madrasalar, salibchilardan qalʼa, qoʻrgʻonlar, istehkomlar qolgan. 19-a. oxiri — 20-a. boshlarida yahudiylarning Fala-stinga koʻchib kela boshlashi b-n I.ning zamonaviy meʼmorligi va badiiy madaniyati shakllandi. Turli mamlakatlardan koʻchib kelgan yahudiylar har xil badiiy va meʼmoriy maktab hamda yoʻnalish anʼanalarini olib keldi.
 
20-a.ning 50-y.laridan Tel-Aviv, Xayfo, Rexovat sh.lari rivojlana boshladi. Yangi barpo etilgan maʼmuriy va jamoat binolari orasida Tel-Avivdagi F. Mann konsert zali (1957, meʼmorlar 3. Rexter, D. Karmi, M. Zarxi, Ya. Rexter), Beylinson shifoxonasi (1950—58, meʼmorlari A. Sharon, B. Idelson), Gaarets-muzey (1958—60, meʼmorlar V. Vitkover, E. Baumen), 36 qavatli "Shalom" maʼmuriy va savdo binosi (70-y.lar), Bet-Yam sh.dagi mehmonxona majmui (1968—69), Rexovat sh.dagi atom fizikasi instituti va b. alohida ajralib turadi. Tasviriy sanʼ-atda turli modern yoʻnalishlari va us-lublari ustun. I. Zaritskiy, I. Krize, B. Brizel kabi rassomlar mashhur. "Be-salel" sanʼat va badiiy hunarmandchilik maktabi realistik tamoyillarga asos soldi. Amaliy bezak sanʼatida metall, plastmassa, loy va hurmoxurmo danagidan, guldor gazmoldan yasalgan badiiy buyumlar keng tarqalgan. Kitoblarni badiiy bezashga katta eʼtibor beriladi.
 
Musiqasi falastinlik yahudiylar va arablarning madaniyati (xalq qoʻshiqlari, raqslar, musiqa joʻrligidagi marosim va urf-odatlar), shuningdek koʻchib kelgan yahudiylarning anʼanalari asosida rivojlangan. 1948 y.dan keyin musiqa muassasalari tashkil etildi. I. filarmoniyasi, milliy opera va "Inbal" musiqali teatri, Xolon konservatoriyasi, Tel-Aviv yaxudiy konservatoriyasi, Quddus musiqa akademiyasi bor. 1950 y.lardan kompo-zitorlik maktabi rivojlana boshladi (M. Lavri, E. Partosh, P. Benxaim, M. Avid va b.).