Akkretsiya: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k imlo, replaced: taxm. → taxminan using AWB |
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: t-ra → temperatura using AWB |
||
Qator 1:
'''Akkretsiya''' — Koinot jismiga (ayrim turdagi yulduzlar, galaktikalar yadrolari va b.) atrof muhitdan yoki qoʻshni obʼyektdan moddaning uzluksiz tushib borish jarayoni. A. jarayoni oq mitti. pulsar va qora oʻra kabi obʼyektlar uchun alohida oʻrganilgan. Kuzatuvlarga koʻra, Galaktikamiz juda ham zich qoʻshaloq yulduzlarga boy va, xususan, yangi yulduz hodisasi koʻpincha aynan ularda roʻy bermoqda. Fizik va dinamik bogʻlangan qoʻshaloq yulduzning biri oddiy yulduz boʻlsa, uning sirtidan asosan vodoroddan iborat modda ikkinchi komponentga — oq mittiga tushib yigʻilib boradi. Oq mittining oʻz vodorodi allaqachon yonib tugagani, yigʻilayotgan vodorod massasi va
Umumiy holda A. turlarini 3 sinfga ajratish mumkin: disksimon, sferik va nosimmetrik. Bular ichida disksimon A. yaxshi oʻrganilib, adabiyotda akkretsion disk atamasi tez-tez uchrab turadi. Gap shundaki, oddiy yulduzdan relyativistik yoki kompakt (zichligi katta, oʻlchami kichik) yulduzga oqib tushayotgan massa impuls momentiga ega boʻlib, u A. diskini hosil qiladi (rasm). Bu moment yoʻqolmagunga qadar A. massasi kompakt yulduzga tusha olmaydi. Shu sababli, uning atrofida aylanuvchi akkretsion disk vujudga keladi. A. natijasi kompakt yulduzning magnit maydoniga ham bogʻliq. Diskning eng qaynoq ichki qismida issiqlik va dinamik beqarorliklari yuz beradi. Markazdan tarqalayotgan nurlanish bosimi va elektromagnit kuchlar taʼsirida A. diskining oʻqi yoʻnalishlari boʻylab moddaning harakat tezlanishi yuz beradi. Bu kuzatilayotgan faol jarayonlar sababli boʻlishi kerak. Kvazarlar va galaktikalar yadrolari faolligi ham A. diski modeli yordamida tushuntiriladi.
|