Albert Einstein: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: t-ra → temperatura using AWB
Qator 1:
{{olim
| name = Albert Einstein
 
| image = Albert Einstein Head.jpg
Qator 10:
| death_place = [[Prinston, Nyu Jersi|Prinston]], [[Nyu Jersi]], [[AQSH]]
| residence = [[Germaniya]], [[Italiya]], [[Shveytsariya]], [[AQSH]]
| citizenship = [[Germaniya|Nemis]] (1879–96, 1914–33)</br />[[Shveytsariya]] (1901–55)</br />[[AQSH|Amerika]] (1940–55)
| ethnicity = [[Yahudiy]]
| field = [[Fizika]]
| work_institution = [[Shveytsariya]] Patentlar idorasi [[Bern|(Bern)]]</br />[[Syurix Universiteti]]</br /> Charles Universiteti, [[Praga]]</br />[[Prussiya Fanlar Akademiyasi]]</br /> [[Kaiser Wilhelm Instituti]]</br />[[Leiden Universiteti]]</br />Ilgʻor Tadqiqotlar Instituti
| alma_mater = [[ETH Zürich]]
| doctoral_advisor = [[Alfred Kleiner]]
| known_for = [[Umumiy nisbiylik nazariyasi]]</br />[[Xususiy nisbiylik nazariyasi]]</br />[[Brow harakati]]</br />[[Fotoelektrik effekt]]</br />[[Massa-energiya ayniyati]]</br />[[Einstein maydon ayniyatlari]]</br /> [[Bose–Einstein statistikasi]]
| prizes = [[Tasvir:Nobel_prize_medal.svg|20px]] Fizikadan [[Nobel mukofoti]] (1921)</br />[[Copley medali]] (1925)</br />[[Max Planck medali]] (1929)
}}
{{kirillsarlavha|Алберт Эйнштейн}}
Qator 26:
'''Eynshteyn Albert''' (1879.14.3, Ulm, Germaniya — 1955. 18.4, Prinston, AQSH) — yahudi, nazariyotchi fizik olim, nisbiylik nazariyasi asoschisi, maydon kvansh nazariyasi va statistik fizika asoschilaridan biri. Syurix politexnikumini tugatgan. Syurix universiteti (1909) va Berlin universiteti Bavariya FA fizika instituti direk tori (1914-33). 1933 y.dan to umrining oxirigacha Prinston institutida (AQSH) ishlagan.
 
Ilmiy ishlari asosan nisbiylik nazariyasiga doir. E. massa va energiyaning oʻzaro bogʻliqligi qonunini kashf qilgan (1905). Maydon kvant nazariyasining yaratilishida E.ning hissasi juda katta. Yorugʻlik nurlanishini yorugʻlik kvantlari yoki fotonlar oqimidan iborat, deb hisoblab, yorugʻlik nurlanishining diskretligi, kvant strukturaga ega ekanligi haqidagi tasavvurni fanga kiritgan, Broun harakatining molekulyarstatistik nazariyasini rivojlantirgan (1905), fotonni nazariy jihatdan kashf qilgan. Kvant nazariya asosida t-ratemperatura pasayishi bilan qattiq jism issiqlik sigʻimining kamayishini (1907), muvozanatli nurlanish energiyasining fluktuatsiyasini birinchi marta koʻrib chiqqan (1909); fotoeffektiv, flyuoressensiya uchun Stoks qoidasini, fitoionlanish va boshqalarni tushuntirib bergan (1912), fotokimyoning asosiy qonuni (Eynshteyn qonuni) ni ochgan (1912), nurlanish uchun korpuskulyar-toʻlqin dualizm, induksiyalangan (majburiy) nurlanish hodisasini oldindan aytib bergan (1916). E. jismlar magnitlanganda mexanik momenti oʻzgarishi hodisasini bashorat qilgan va tajribada koʻrsatgan (niderland fizigi V. de Xaaz bilan hamkorlikda, 1915). E. gravitatsion toʻlqinlar haqida postulat qabul qilib (1916), gravitatsion nurlanish quvvati formulasini keltirib chiqargan (1918). Butoʻn spinli zarralarning kvant statistikasi (Boze — Eynshteyn statistikasi)ni yaratgan (1924—25). 1933 yildan kosmologiya va maydonning yagona nazariyasi bilan shugʻullangan. E. ijtimoiysiyosiy voqealarni ham kuzatib borgan. U urush va fashizmga qarshi chiqqan. E. 1940 yilda fashistlar Germaniyasida yadro quroli borligi toʻgʻrisida AQSH prezidenti F. Ruzveltga xat yozdi. U yadro qurolining qoʻllanilishiga qarshi boʻlgan. E.ning ilmiy ishlari hozirgi zamon fizikasining rivojlanishida muhim ahamiyatga ega boʻldi. Nobel mukofoti laureati (1921).
 
== Manbalar ==
{{reflist}}
 
{{bio-stub}}
{{vikiiqtibos}}
{{Fizika boʻyicha Nobel mukofoti sovrindorlari}}
 
{{OʻzME}}
 
[[Turkum:Olimlar]]
[[Turkum:Fizika]]
[[Turkum:Nobel mukofoti sovrindorlari]]
[[Turkum:Nemis fiziklari]]
 
 
{{bio-stub}}