Animalistika: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Cekli829 (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: b-n → bilan (3) using AWB
Qator 1:
'''Animalistika''' (lot. animal - hayvon) — tasviriy san’atda hayvonlarni tasvirlash. Bu sohada ish-lovchi rassom va haykaltarosh anima-list deb ataladi. Tabiatning ajoyib mahsuli bo‘lgan hayvonot olami — suv-da, quruqlikda yashovchilar, qushlar insonni juda qadimdan qiziqtirgan, 526hayvonot dunyosi umuman inson uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Ibtidoiy inson ibtidoiy sanat na-munalarida ov manzaralarini, hayvonlarning turli sharoitda harakat va holatini aks et-tirgan. Qadimda ko‘pgina hayvonlarni ilohiy hisoblaganlar (jumladan, tur-kiy xalqlarda ona buri va, b.), tasviriy san’at asarlarida inson b-nbilan hayvonni uyg‘unlashtirib ko‘rsatganlar (sfinks, grifonlar). Qad. Xitoy, Yaponiyada hayvon tasviri bezak va mahobatli mu-jassamotlarda ko‘p uchraydi. 17-a. gol-land tasviriy san’atida hayvonlarni tasvirlash maxsus janrga aylandi. 18-a.dan rus tasviriy san’atida A. jan-ri rivojlana boshladi (I. Groot, P. Klodt). A. xalq ijodida keng tarqalgan. Ayrim Sharq mamlakatlarida, ayniqsa Myanma (Birma), Kambodja (Kampu-chiya), Hindistonda me’moriy inshoot-lar qadimdan hayvonlar tasviri b-nbilan uyg‘unlashtirib bunyod etilgan. Turki-stonda, jumladan O‘zbekiston hududida A. juda qadimdan rivojlangan. Dast-labki hayvon tasvirlari (qoyatosh rasm-lari, sopol buyumlar bezagi, haykallar) ibtidoiy davrda va undan keyingi ja-miyatda yaratilgan (neolit, eneolit, jez davrida yaratilgan kulollik buyumlari-dagi handasiy shakllar hayvon — si-gir, qushlar, xoldor sirtlon tasvirlari b-nbilan to‘ldirildi; Amudaryo xazinasidagi oltin buyumlarda ho‘kiz, echki, ilon va b. tasvirlari). Yana q. [[Saklar madaniya-ti, Skiflar san’ati]]. Saqlanib qolgan devoriy rasmlarda (q. Dalvarzintepa, Afrosiyob devoriy rasmlari, Tuproq qal’a devoriy rasmlari), amaliy bezak san’ati (mato, ziynat buyumlari, bez-akli idishlar va b.) da ham hayvon tas-virlari uchraydi. Arablar istilosidan keyin A. janri tushkunlikka uchrab, o‘rnini ko‘proq girih, islimiy naqshlar egalladi. Shunga qaramay, miniatyura asarlarida hayvon va qushlar tasviri ko‘p. Bezak san’atida ham mavjud: o‘yma va bo‘yama naqshlarda hayvon va qushlar uslublashtirib bo‘lsa hamki ifodalan-gan, o‘yinchoq haykalchalarda, asosan, hayvonlar shakli tasvirlangan; shoyi matoda afsonaviy mahduqlar (7—9-a.lar), ganch o‘ymakorligida qanotli sher-lar, dev va b. (Termizshohlar saroyida, 12-a.); shisha buyumlarda hayvon shakli (ho‘kiz boshi, Samarqand muzeyida; baliq shaklidagi billur idishcha, Ermitajda) va b. tasvirlar, Samarqanddagi Sherdor Madrasa peshtoqiga sher, Buxorodagi De-vonbegi madrasasi qanosiga afsonaviy semurg‘ qush, kiyik tasvirlari ishlangan. O‘zbek haykaltaroshlari A. Boymatov, P. va M. Ivanov, E. Aliyev, I. Jabborov va b. ijodida ham hayvonlar tasviri uch-raydi. O‘zbek xalq ijodida A. janri (U. Jo‘raqulov, H. Rahimova, A. Muxtorov va b. ustalar ijodida) keng rivojlangan.Nemat Abdullayev.
 
== Adabiyotlar ==
* [[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
 
{{stub}}
{{OʻzME}}
 
 
{{stub}}