Antenna: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Cekli829 (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: Y.d. → {{subst:FULLPAGENAME}} (2) using AWB
Qator 1:
'''Antenna''' (lot. antenna — hashorat mo‘ylovi) — elektromagnit to‘lqinlarini fazoga tarqatuvchi (uzatuv-chi A.) yoki qabul qiluvchi (qabul qiluvchi A.) qurilma. Har qanday uzatuvchi A.ni qabul qiluvchi A. o‘rnida yoki, aksincha, qabul qiluvchi A.ni uzatuvchi A. o‘rnida ishlatish mumkin, chunki ularning hamma elektr xususiyatlari bir xil. Uzatuvchi A. uzatgich moslama energiyasini elektro-magnit to‘lqinlari energiyasiga, qabul qiluvchi A. elektromagnit to‘lqinlari energiyasini yuqori chastotali tok ener-giyasiga aylantiradi. Bundan tashqari, uzatuvchi A. energiyani muayyan tekislik va yo‘nalishda tarqatish xususiyatiga, qabul qiluvchi A. turli yo‘nalishdan ke-luvchi to‘lqinlarni saralash xususiya-tiga ega bo‘ladi. Qabul qiluvchi A.ning bu xususiyati yo‘nalish bo‘yicha tanlash deyiladi. A.ning ishlash tarzi ochiqteb-ranish konturining elektromagnit to‘lqinlarini tarqatishiga asoslangan.Chastotalar diapazoniga qarab A.lar 545uzun, o‘rta, qisqa va ultraqisqa to‘lqin A.lariga bo‘linadi. A.larning tuzilishi va shakli ularning qanday maqsad uchun mo‘ljallanganligiga bog‘liq. Uzun va o‘rta to‘lqin A.larining asosi yetarlicha uzun (va baland), tik o‘rnatilgan o‘tkazgichdan iborat. Past chastotalar diapazoni uchun mo‘ljallangan A.lar simlardan yasalgan murakkab moslama (1-rasm), yuksak va ultrayuksak chastotalar diapazoni uchun mo‘ljallangan A.lar linza va karnay sha-klidagi moslamadir. Vazifasiga ko‘ra, A. lar quyidagi guruhlarga bo‘linadi: a) radioeshitirish st-yalari Axi; b) radioaloqa st-yasi Axi; v) televizion A.lar; g) radiolokatsiya va radioteleme-xanika A.lari; d) radioastronomiya Axi. Bu A.larning tuzilishi bir-biridan farq qilishiga qaramay, barchasida simmetrik yoki simmetrikmas vibrator bo‘ladi. Simmetrik vibrator o‘zaro teng ikkita o‘tkazgich bo‘lib, ularning bir uchi-ga o‘tkazgich yoki priyomnikdan keladigan fider liniyasi ulanadi. O‘tkazgichning uzunligi uzatilayotgan radioto‘lqinlar uzunligining yarmiga (o‘lcham yarim to‘lqin uzunligiga) teng bo‘lgan vibra-torlar A. texnikasida kup ishlatiladi. Simmetrikmas vibrator faqat bitta o‘tkazgichdan iborat. Shuning uchun fider liniyasining ikkinchi uchi yerga ulani-shi kerak. Ko‘rsatkichlari: yo‘nalganlik diagrammasi, kuchaytirish koeffitsi-yenti, tarqatilgan to‘lqinlarning qutb tekisligi, f.i.k., ta’sir balandligi va h.k. Tuzilishiga ko‘ra, A.lar gorizontal, vertikal, magnitli, qiya, rombsimon, parabolik, di-elektrikli va h.k. xil-larga bo‘linadi. Olisdagi st-yalardan signallarni qabul qilishda va uzatish-da gorizontal hamda vertikal A.dan, kichik ("cho‘ntak") va ko‘tarib yuriladi-gan radiopriyomniklarda signallarni qabul qilishda magnitli A.dan (3-rasm) foydalaniladi. Magnitli A. radio-to‘lqinlarning magnitli tashkil etuvchi-larini yaxshi sezadi. Bunday A. magnit material (ferrit) dan yasalgan sterjen-dan iborat bo‘lib, unga priyomnik tebra-nish konturining induktivlik g‘altagi o‘rnatilgan. Ult ra qisqa to‘lqinlarda ancha murakkab yo‘naltirilgan A.dan foydalaniladi. Ular metall sterjen-larga simmetrik mahkamlanib botiq ko‘zgular ko‘rinishida yasaladi. Qisqa to‘lqin tarqatuvchi va kdbul qiluvchi eng sodda A. o‘lchami yarim tulkin uzunligiga teng simmetrik vibratordir. Vibrator energiyani asosan gorizontga nisbatan biror burchak ostida o‘tuvchi tekislikda tarqatadi (vibrator o‘z o‘qi va yer sirti bo‘ylab energiya tarqatmaydi), vibrator-ning yo‘nalganligi juda kam. Vibrator-ning yo‘nalganligini orttirish uchun ko‘p qavatli sinfaz va rombsimon Alar yasaladi. Ko‘p qavatli sinfaz A. gorizon-tal joylashgan, ikki bo‘lagining o‘lchami yarim to‘lqin uzunligiga teng vibra-torlardir. Ulardan bitgasi tarqatgich, ikkinchisi qaytargich hisoblanadi. Qaytargich vibrator to‘lqinni bir to-monlama tarqatadi. Rombsimon A sim-dan yasalgan va keng to‘lqin diapazonida ishlaydi.A.lar metr, desimetr, santimetrli to‘lqinlar A. siga bo‘linadi, mas, shleyf antenna va direktorli A.lar (4-rasm). Shleyf A. uchlari tutashtirilgan, pa-rallel joylashgan, o‘lchami yarim to‘lqin uzunligiga teng 2 ta vibratordan tuzil-gan. Direktorli A. esa gorizontal tekis-likda joylashgan faol (aktiv) va sust (passiv) vibratorlardir. O‘lchami yarim to‘lqin uzunligiga teng vibrator yoki shleyf A. faol tarkatgich vazifasini ba-jaradi. Udiametri yetarlicha katta, yaxlit yoki naysimon silindrik o‘tkazgichdan yasaladi. Suct vibratorlar (old tomonda — direktor, or-qada — reflektorlar)ning bo‘lishi A.ning yo‘nalganligini oshiradi. U tor polosalidir. Optik turdagi A.lar — ko‘zgu va linzalar san-timetrli to‘lqinlar A.lariga kiradi. Ko‘zgu metalldan, linza dielektrikdan yasaladi. Ular qaytargich (projektorlar-ning ko‘zgusi kabi) vazifasini bajara-di va sferik (silindrik) to‘lqinga ay-lantiradi. Bunday A.lar radiolokatsiya, 546radioastronomiya va radioreley aloqada keng ishlatiladi (q. Radiolokatsiya).Radioreleyli aloqada, kosmik radioaloqada, radioastronomiya va b. sohalarda o‘ta yuqori chastotali parabo-lik antenna keng tarqalgan. U parabola shaklidagi metall ko‘zgu va tarkatgichdan iborat (q. Aloqa). Tarqatgich sifatida kucheiz yo‘naltirilgan A. (karnaylar, ki-chik reflektorli vibratorlar, spirallar va b.) ishlatiladi.Energiyani biror fazoviy burchak-ka to‘plab tarqatish xususiyati A.ning yo‘nalganligi deyiladi. U yo‘nalish dia-grammasi (Y.d.Antenna )da ifodalanadi. Y.d.Antenna ning f.i.k. ko‘paytmasi A.ning kuchaytirish koeffitsiyenti deyiladi. Radioeshitti-rish va televideniyeni A.larsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ular imkoni boricha baland quriladi. O‘zbekiston, Rossiya, Fransiya, Angliya va b. mamlakatlarda eng baland teleantennalar bor. Mas, Mo-skvadagi Ostankino teleminorasining bal. 533,3 m, Toshkentdagi teleminora-ning bal. 375 m.
 
== Adabiyotlar ==
* [[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
 
{{stub}}
{{OʻzME}}
 
 
{{stub}}