Argentina: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: Q.x. → {{subst:FULLPAGENAME}} (4) using AWB
Qator 16:
Fuqaro radikal ittifoqi, 1889 y.da taraqqiyparvar ziyolilar tomonidan tu-zilgan; Birlik va taraqqiyot harakati, 1957 y.da Fuqaro radikal ittifoqi partiyasidan ajralib chiqqan guruh ne-gizida tuzilgan; Xalq sotsialistik par-tiyasi, 1982 y.da tuzilgan; Murosasozlik partiyasi, 1963 y.da Birlik va taraqqiyot harakati partiyasi bo‘linishi natijasida vujudga kelgan; Xustisialistik (adolat) partiyasi, 1947 y.da X. Peron tomonidan tuzilgan; Taraqqiyparvar demokratik partiya, 1909 y. tuzilgan. A.da Kommuni-stik partiya, Sotsial-demokratik partiya, Demokratik markaz ittifoqi, Xristian-demokratik partiya ham bor. Umummehnat konfederatsiyasi 1930 y.da tuzilgan.
== Xoʻjaligi ==
A. iqtisodiy jihatdan Lotin Amerikasida eng rivojlangan mamlakatlardan biri. Foydali qazilma konlari ko‘p, malakali ishchi kuchiga ega. Q.x.Argentina , sanoatning turli tarmoqlari rivojlangan. Ammo 80-y.lar oxirida boshqaruvning samarasizligi oqibatida A. iqtisodiyoti barbod bo‘lish arafasida edi. 1989 y.da saylangan yangi hukumat iqtisodiyotni isloh qilish dasturi-ni amalga oshirdi, natijada A. yana barqaror rivojlana boshladi. 1991 y.da qabul qilingan konvertatsiya to‘g‘risidagi qonunga binoan ko‘pchilik davlat korxona-lari xususiylashtirildi, iqtisodiyotga chet el investitsiyalari jalb etila bosh-ladi, byudjetga soliqlardan tushum yax-shilandi, ishchilarga kompensatsiya to‘lash tizimi yaratildi.
== Sanoati ==
A. asosan, q.x. xom ashyosini qayta ishlashga ixtisoslashgan. Yetakchi tarmoq — oziq-ovqat (go‘sht, yog‘, un, vi-nochilik, konserva, qand-shakar) sanoa-ti. Go‘sht yetishtirish va eksport qilish sohasida A. dunyoda oldingi o‘rinlardan birida turadi. To‘qimachilik, charm-poyabzal tarmoqlari rivojlangan. Og‘ir industriyada mashinasozlik (traktor, q.x. mashinalari, avtomobillar, sta-noklar, elektr texnika asbob-uskuna-607lari va b.), neftni qayta ishlash, qora metallurgiyaning salmog‘i katta. Se-ment, sellyuloza-qog‘oz korxonalari bor. Neft, gaz, qo‘rg‘oshin, pyx, temir, uran, berilliy va volfram rudalari qazib olinadi. Yoqilg‘i-energetika balansi-ning salkam 85% ni neft va gaz tashkil qiladi. AESlar qurilgan. Asosiy sano-at markazlari: Buenos-Ayres, Rosario, Kordova, La-Plata.
== Qishloq xoʻjaligi ==
A. chorvachilik mahsulotlarini, don va moyli ekinlar hosilini tovar sifatida tayyorlashga ixtisoslashgan. Yirik yer egaligi ri-vojlangan: 1 ming ga dan ortiq yerga ega bo‘lgan xujaliklarga hamma yerlarning 75% qaraydi. Q.x.Argentina ga yaroqli yerlarning faqat 20% ga ekin ekiladi. Q.x.Argentina ning yetakchi tarmog‘i chorvachilik bo‘lib, unda go‘sht yetishtiriladigan qoramolchilik va go‘sht-jun olinadigan qo‘ychilik ustun turadi. A.da qoramollar — 51 mln., qo‘ylar — 29 mln., cho‘chqalar — 4,1 mln. boshni tashkil etadi. Dehqonchilikning yetakchi tarmog‘i — g‘allachilik. Bug‘doy, makkajo‘xori, javdar, suli, arpa, tex-nika ekinlaridan — kungaboqar, zig‘ir, paxta yetishtiriladi. Muhim yem-xashak ekini — beda. Bog‘dorchilik, tokchilik rivojlangan. Qimmatbaho daraxt navi, jumladan dubil ekstrakti olinadigan kebracho tayyorlanadi. Baliq ovlanadi.
== Transporti ==
T.y.Argentina lar uzunligi — sal-kam 34,1 ming km, avtomobil yo‘llari — 211,4 ming km. Asosiy porti — Bue-nos-Ayres. Xalqaro aeroporti — Eseysa (Buenos-Ayres yaqinida).Chetga chiqariladigan q.x. mahsulotlarining 80% go‘sht, don, yog‘, xom teri, jun, ho‘l mevalarga to‘g‘ri keladi. Chetdan mashinalar, transport vosita-lari, metall, yoqilg‘i, kimyoviy tovarlar keltiriladi. Asosiy savdo mijozlari: AQSH, Braziliya, Italiya, Germaniya va Yaponiya. Pul birligi — peso.
== Tibbiy xizmati ==
A.da 133,8 ming o‘rinli kasalxonalar (1 ming aholiga 6 o‘rin) bor. 53,7 ming shifokor (450 aholiga 1 shifokor) tibbiy xizmat ko‘rsatadi. Davlat sog‘liqni saqlash ti-zimi tibbiy yordamni sug‘urtalash va xususiy shifokorlar xizmati bilan birga qo‘shib olib boriladi. Shifokorlarni universitetlarning 9 tibbiyot f-ti tayyorlaydi.