Ateroskleroz: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga {{OʻzME}} andozasi qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: b-n → bilan (4) using AWB
Qator 1:
'''Ateroskleroz''' (yun. athera — bo‘tqa va skleroz) — yog‘simon modda (li-poid)lar almashinuvi buzilib, ularning arteriya ichki qavatida to‘planishi va biriktiruvchi to‘qimaning o‘sib ketishi na-tijasida kelib chiqadigan surunkali kasallik. A. qon aylanishining umumiy va mahalliy buzilishi b-nbilan birga kechadi. Arteriya devori to‘qimasi xujayralari-dagi o‘zgarishlar, ularda kechadigan bio-kimyoviy jarayonlardagi buzilishlar A. paydo bo‘lishi va rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi. Arteriyalar devorining ayrim sohalarida fibroz to‘qima rivoj-lanishi, shu sohalarda xolesterin va b. moddalar yig‘ilishi A. paydo bo‘lishiga olib keladi. Bu arterial qon bosimi-ning kutarilishi yoki arterial giperten-ziyaga (q. Qon bosimi) bevosita bog‘liq. A. avj olishiga sabab bo‘ladigan kasal-liklardan biri qandli diabetdir. Bun-day bemorlar vrachning doimiy kuzatuvi ostida bo‘lishlari lozim. A.ga moyillik keyingi avlod vakillarining ma’lum bir qismi orasida irsiy yo‘l b-nbilan utadi; ota-onasi A. b-nbilan og‘rigan shaxslar irsiy moyillikka yo‘l qo‘ymaslik uchun uning ol-dini olish choralarini ko‘rishlari za-rur. A.da barcha arteriyalarning umumiy zararlanishi kam uchraydi. Asosan, bosh miya, yurak, buyrak va oyoq tomirlari za-rarlanadi. Bosh miya tomirlarida atero-sklerotik o‘zgarishlar avjiga chiqqanda qon aylanishining o‘tkir buzilishi — insult ro‘y berishi mumkin.Yurak muskulini qon b-nbilan ta’minlay-digan tomirlar A.i toj tomirlar yetish-movchiligining yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Bunday yetishmovchilik oqibatida stenokardiya, miokard infarqti va yurak-ning boshqa kasalliklari rivojlanishi mumkin. Oyoq arteriyalari sklerozida oyoqlar bo‘shashadi, boldir muskullari og‘riydi va tortishadi, yurishda o‘zgarish kuzatiladi. A.ning oldini olish uchun arteriyalar devorining butunligini saqlash va ularda xolesterin yig‘ilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida bemorning hayot tarziga doir vrach maslahatlari va tavsiyalarini bajarish kerak.
 
== Adabiyotlar ==
* [[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
{{stub}} {{no iwiki}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
{{OʻzME}}
 
 
{{stub}}