Barmoqlar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Olaf Studt (munozara | hissa)
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: H. k. → {{subst:FULLPAGENAME}} using AWB
Qator 1:
'''Barmoqlar''' — odamda qoʻl-oyoq kaftlarining uch qismi; B. beshta boʻlib, har bir barmoqda uchtadan (bosh barmoqda ikkita) naysimon mayda suyaklar — falangalar bor. B. oʻzaro boʻgʻimlar, muskullar orqali bir-biri bilan erkin harakat kila oladigan tarzda birlashgan. Odam qoʻl barmoqlarini bukib asboblarni ushlash, mehnat qobiliyatini oshirish imkoniyatiga ega. Shuning uchun tarixiy rivojlanishda bosh barmoq qolgan B.ga nisbatan koʻndalang joylashib, biror narsani ushlashga moslashgan. Oyoq B.i bukilib-yozilib odamning yurishiga, tik turganda muvozanatni saqdashga moslashgan. B.dagi muskullar mayda qon tomir va nervlarga boy, shu tufayli turli nozik harakatlarni (musiqa asbobini chalish, yozish, rasm chizish va h. k.) bajarishga imkon beradi. Ona qornida homilaning notoʻgʻri rivojlanishi natijasida barmoqsizlik (adaktiliya), B. sonining kam (oligodaktiliya) yoki koʻp (polidaktiliya) boʻlishi uchrab turadi. Hayvonlarda B.ning tuzilishi va shakli ularning hayot sharoitiga, bajaradigan vazifasi (kovlash, uchish, suzish)ga qarab turlicha boʻladi. Qushlarda oldingi oyoq qanotga aylanib, uch barmoq rudimenti qolgan, orqa oyogʻida 4 ta barmoq bor. Tuyoqli hayvonlarda esa B. tuyoqdan iborat va H. k.Barmoqlar
 
== Adabiyotlar ==
* [[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
{{stub}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
{{OʻzME}}
 
[[Turkum:Anatomiya]]
 
 
{{stub}}