197 605
ta tahrir
k (removed Category:Shaharlar; added Category:Serbiya shaharlari using HotCat) |
k (qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: b-n → bilan using AWB) |
||
'''Belgrad''' (serbcha Београд/Beograd) — Yugoslaviya va Serbiya poytaxti. Sava daryosi Dunayga quyiladigan yerdagi yirik port, dengiz satxddan 110 m balandlikda. Belgrad [[Gʻarbiy Yevropa]]dan Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlariga boriladigan yoʻllar ustida. Iqlimi moʼtadil kontinental. [[Yanvar]]ning oʻrtacha harorati 0’ dan 2 °C gacha, iyulniki 22,2C°. Yiliga 634
B. toʻgʻrisidagi dastlabki tarixiy maʼlumot mil. av. 4 — 3-a.larga tegishli, uni keltlar Singidunum deb atashgan. Shahar qulay geografik oʻringa ega boʻlganligi sababli u oʻtmishda juda kup marta qoʻddanqoʻlga oʻgib kelgan. Mil. av. 33 y.dan boshlab u deyarli yetti asr davomida Rim imperiyasi tasarrufida boʻlib kelgan. 9-a.dan B. serbcha Beograd ("Oq shahar") nomi
B. Serbiyaning eng yirik iqtisodiy markazi, muhim transport yoʻllari tuguni. Aeroporta xalqaro ahamiyatga ega. B. va uning atrofida koʻplab sanoat korxonasi, jumladan metallsozlik, mashinasozlik (transport va q.x. mashinasozligi, elektrotexnika va motorsozlik), kimyo, toʻqimachilik (asosan jun gazlama), oynasozlik va yogʻochsozlik, oziq-ovqat (un tortish, goʻsht konserva, shakarkdnr), poligrafiya sanoata va b. bor. Anʼanaviy hunarmandchilik va kosibchilik rivojlangan. B. sanoat korxonalari asosan Dunay daryosining oʻng sohilida va shahar atrofida joylashgan. B.ning tarixiy qismida qad. yodgorliklardan oʻrta asr Kalemagdan qalʼasi qoldiqlari, Bayroqli Jomiya masjidi va shayx Mustafo maqbarasi (1690), Dositey Obradovich litseyi (18-a. oʻrtalari), knyaz Lyubitsi uyi (1829 — 36) va b. saqlangan. 1892 y.da Serbiya Fanlar akademiyasi, 1905 y.da unt tashkil etilgan. B.ning markaziy qismida 19-a. 2-yarmi va 20-a. boshlarida qurilgan binolardan Xalq teatri, Eski saroy, Teraziye maydoni ansambli va b. mavjud. B.da Xalq muzeyi (tarix, arxeologiya, etn. yodgorliklari, Yugoslaviya va chet mamlakatlar sanʼati namunalari), Zamonaviy sanʼat muzeyi, Shahar muzeyi, Amaliy sanʼat muzeyi, Etnografiya muzeyi, Belgrad sh. rasmlar galereyasi, hayvonot bogʻi bor. 1950 — 80-y.larda koʻplab zamonaviy uy-joylar (Yangi Belgrad r-ni) qurilgan.
== Adabiyotlar ==
* [[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
{{stub}}▼
{{OʻzME}}▼
{{Yevropa poytaxtlari}}▼
[[Turkum:Serbiya shaharlari]]
▲{{stub}}
▲{{OʻzME}}
▲{{Yevropa poytaxtlari}}
|