197 605
ta tahrir
Tahrir izohi yoʻq |
k (qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: t-ra → temperatura, b-n → bilan using AWB) |
||
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Bogota''', Santa-Fe-de-Bogota — Kolumbiya poytaxti. Sharqiy Kordilyera togʻlarining gʻarbiy yon bagʻridagi soylikda (2500 m) joylashgan. Kundinamarka departamenti maʼmurii markazi, alohida maʼmurii birlik — poytaxt okrugini tashkil qiladi. Aholisi 6 mln.dan ortiq (1997, shahar atrofi
B. mamlakatning iqtisodiy, siyosiy, madaniy va savdo markazi. Oziq-ovqat, toʻqimachilik, poyabzal, tikuvchilik, elektrotexnika, poligrafiya, mashinasozlik, farmatsevtika, kimyo va b. sanoat korxonalari bor. B. yaqinida rezina shinalar va soda ishlab chiqariladi, zumrad olinadi. Ispanlar mustamlakachiligi davrida va undan keyin qurilgan bir necha meʼmoriy yodgorliklari saqlangan: Katta sobor (1823 y.da qurib bitkazilgan), SanFransisko sobori (1569—1622), Milliy kapitoliy binosi (1847—1926) va b. B.da. oliy oʻquv yurtlari, jumladan Kolumbiya milliy un-ti va b. untlar, Kolumbiya akademiyasi, Milliy muzey, Milliy arxeologiya va etn. muzeyi, mustamlaka davri sanʼati muzeyi, Oltin muzeyi (indeyslarning qad. oltin buyumlari), Milliy kutubxona, astronomiya rasadxonasi bor.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
|