Boks: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k imlo, replaced: taxm. → taxminan using AWB
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: vakt → vaqt using AWB
Qator 6:
'''Boks''' (ing . box — mushtlash, zarb) — sport turi, ikki raqibning sirti charm, ichi yumshoq qoplamali qoʻlqoplarda qoida asosida yakkamayakka mushtlashish musobaqasi. B. tarixi mil. av. davrda Misr va Bobilda uyushtirilgan yakkamayakka mushtlashish musobaqalariga borib taqaladi. Yunoniston qad. Olimpiya oʻyinlari dasturida ham shunday musobaqalar boʻlgan. Zamonaviy B. vatani Angliyadir (16—17-a.lar). B.ning dastlabki qoidalari shu mamlakatda qabul qilingan (1867). Xalqaro havaskor bokschilar assotsiatsiyasiga (AIBA; 1946 y. asos solingan) 160 mamlakat aʼzo (1999). B. 1904 y.dan Olimpiya oʻyinlari dasturiga kiritilgan, 1974 y.dan jahon chempionati, 1979 y.dan jahon kubogi musobaqalari oʻtkazib kelinadi.
 
B. musobaqasi arqonlar bilan oʻralgan 6x6 m oʻlchamli ring (supa)da oʻtkaziladi. B.chilar ogʻirligi 270 g (10 unsiya) qoʻlqoplardan foydalanishadi. Musobaqa 2 min. (daqiqa)dan 4 raund (boʻlim) davom etadi. Raundlar orasida 1 daqiqadan tanaffus beriladi. Musobaqa vaktidavaqtida raqib yiqilganda, hakam kurashni toʻxtatgandan keyin, shuningdek beldan pastga, boshtananing orqa qismiga zarb berish mumkin emas. Ringdagi hakam (referi) musobaqani boshqaradi, ring atrofidagi 5 nafar hakam berilgan aniq zarblarni hisoblab boradi. Natijada koʻp ochko (xol) toʻplagan B.chi gʻolib deb topiladi. Zarb taʼsirida garangsiragan (nokdaun) holatga tushgan B.chining oʻziga kelishi uchun referi kurashni vaqtincha toʻxtatadi va hisob ochadi. 10 srch. (soniya) vaqt ichida u kurashga tayyor ekanini bildirmasa referi uni nokaut boʻlgan (yengilgan) deb hisoblaydi. Tomonlardan biri raqibini nokaut qilsa, ochkolar farqini 15 taga yetkazsa, shuningdek bir tomon yengil ganini tan olsa (murabbiyi arqonga sochiqtashlasa), referi tomonidan chetlatilsa, zarb taʼsirida tanasining jarohatlangan joyidan qon okishi kamaymasa (tibbiyot xodimi xulosasiga koʻra) kurash muddatidan oddin toʻxtatiladi va ikkinchi tomon gʻolib sanaladi.
 
Xalqaro B. musobaqalari 12 vazn toifasida (48, 51, 54, 57, 60, 63,5, 67, 71, 75, 81, 91 kg gacha va 91 kg dan yuqori) tashkil etiladi. Asosiy musobaqalarga 18 yoshga toʻlganlar qoʻyiladi. 16—17 va 14—15 yoshlilar oʻrtasida ham musobaqalar uyushtiriladi. Shuningdek, ayrim federatsiyalar B.ni ommalashtirish maqsadida oʻsmiroʻspirinlar oʻrtasida 12 tadan koʻproq vazn toifasida ham musobaqalar oʻtkazishadi. Oʻzbekistonda zamonaviy B. 20-a.ning 20-y.laridan ommalashdi. Ilk B. musobaqasi 1922 y. Toshkentdagi "Fortuna" sport jamiyatida oʻtkazilgan. Uni S.L. Jakson uyushtirgan. Bu murabbiy yuzlab B. chilarni tarbiyaladi.