Bolgariya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Cekli829 (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: T.y. → {{subst:FULLPAGENAME}} (2), t-ra → temperatura using AWB
Qator 7:
 
== Tabiati ==
B. relyefida togʻ va qirlar ustunlik qiladi (mamlakat hududining 70%ga yaqini). Mamlakat oʻrtasidan (gʻarbdan sharqqa) Bolqon togʻlari (mahalliy nomi StaraPlanina) kesib oʻtgan. B. shim.da Dunay sertepa tekisligi bor; sharqda bu tekislik Dobruja platosiga tutashgan. SrednaGora va Rodop togʻlari oraligʻida Maritsa daryosi boʻylab mamlakatdagi eng unumdor Yuqori Frakiya (yoki Maritsa) pasttekisligi joylashgan. Qora dengiz sohili aksari pasttekislik. Jan. va jan.gʻarbida RilaRodop togʻlari bor. Rila togʻlarida Musala choʻqqisi (2925 m) Bolqon ya.o.dagi eng baland choʻqqidir. Eng muhim qazilma boyliklari: koʻmir (Sharqiy Maritsa, Pernik, BobovDol havzalari), temir (Kremikovsi koni), qoʻrgʻoshinrux (Rodop), mis (Medet) rudalari, tosh tuz (Mirovo), neft, maʼdanli suvlar va qurilish materiallari. B.ning koʻp qismida iqlim moʻʼtadil kontinental. Jan.da Oʻrta dengiz iqlimining taʼsiri bor. Togʻlarda balandlik iqlim mintaqalari mavjud. Tekislik va sertepa joylarda iyulning oʻrtacha t-rasitemperaturasi 23—25°, yanv. niki — 2° dan 2,5° gacha, toglarda —10,8° gacha. Yogʻinni gʻarbiy va shim. gʻarbiy shamollar keltiradi. Yillik yogʻin tekisliklarda 450—600 450–600 mm, togʻlarda 850—1300 850–1300 mm. Yogʻinning koʻp qismi yozning birinchi yarmida yogʻadi. Qurgʻoqchilik boʻlib turadi. B. daryolarining hammasi togʻlardan oqib tushadi. Yoz oxirida juda sayozlanib qoladi. Eng katta daryolari: Dunay (kema qatnaydi), Iskir, Maritsa, Mesta va Struma. Daryolardan sugʻorishda va elektr hosil qilishda foydalaniladi. Daryolarga koʻplab suv omborlari qurilgan. B. da koʻllar kam, borlari ham kichik koʻllar, asosan, Rila va Pirin togʻlarida. 500 dan koʻproq maʼdanli buloq bor. Dunay tekisligida aksari kora va boʻz oʻrmon tuproq, Bolqon togʻlaridan jan.da qoʻngʻir va qoramtir, togʻlarda qoʻngʻir oʻrmon va togʻ oʻtloq tuproqlari, daryo qayirlarida unumdor allyuvial tuproklar bor. Tabiiy oʻsimliklar faqat togʻlarda saqlanib qolgan. B. hududining 1/3 qismi oʻrmon, shundan 75% i keng bargli daraxtlar (dub, grab va qoraqayin), 24,7% i qaragʻay oʻrmonlari. 1700—20001700–2000 m dan balandda subalp va alp oʻtloklari bor. Tekisliklarning koʻp qismi ekinzor. Hayvonot dunyosi xilmaxil. Oʻrmonlarda — asl bugʻu, ohu, elik va togʻ echkisi, yovvoyi choʻchqa; togʻlarda — sassiqkoʻzan, boʻrsiq, latcha, boʻri, tulki, olmaxon; oʻrmonsiz shim. hududlarida yumronqoziq, olaxurjun va b. hayvon turlari bor. Qushlar va turli xil sudralib yuruvchilar koʻp. Qora dengizdan — pelamida, skumbriya, kambala, Dunaydan — sevryuga, sazan kabi baliqlar ovlanadi. Millim ‘ bogʻlari: Vitasha, Zlatni Pyasitsi, Ropotamo, Steneto va b.
 
== Aholisi ==
Qator 26:
 
== Transporti ==
Ichki yoʻllarda yuk va yoʻlovchi tashishda t.y. (yuklarning 17% tashiladi) va avtomobil transporti (yuklarning 70% tashiladi) ning ahamiyati katta. T.y.Bolgariya larning uz. 6,6 ming km (62% elektrlashtirilgan) va avtomobil yoʻllarning uz. salkam 37 ming km (33,8 ming km qattiq qoplamali). B. hududidan Gʻarbiy Yevropani Yaqin Sharq mamlakatlari bilan bogʻlovchi xalqaro t.y. va avtomobil magistrallari oʻtgan. Dengiz transporti asosan tashqi savdoga xizmat qiladi. Asosiy dengiz portlari: Varna va Burgas. Dunayda kemalar qatnaydi (portlar — Ruse, Svishtov, Lom). "Balkan" va "JesAyr" firmalari samolyotlari xalqaro va ichki yoʻnalishda yoʻlovchilar tashiydi.
 
== Tashqi iqtisodiy aloqalari ==
Qator 35:
 
== Xalq taʼlimi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari ==
B.da 7 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun majburiy bepul taʼlim joriy etilgan. Politexnika va hunartexnika maktablari, bilim yurtlari va texnikumlar bor. Yirik oliy oʻquv yurtlari Sofiya, Plovdiv, VelikoTirnovo untlaridir. Ilmiy markazlari: Bolgariya Fanlar akademiyasi, Q.x.Bolgariya fanlari akademiyasi, Tibbiyot akademiyasi. Sofiyada Xalq kutubxonasi, unt hamda FA kutubxonalari va b. ommaviy kutubxonalar, Milliy badiiy galereya, etn., harbiy tarix (Pleven sh.da) muzeylari va b. bor.
 
== Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi ==
Qator 87:
[[Vazirlar Kengashi]] Bosh Vazir ([[Sergey Stanishev]] [[2005]] y. [[17 avgust]]dan beri) tomonidan boshqariladi. U Bosqaruv Organining oliy a'zosi bo'lib, hozirda 20-ta vazirdan iborat. Bosh Vazir parlamentning ko'chilik ovozi bilan tayinlanadi va Prezident tarafidan o'z mahkamasini tuzish uchun mandat beriladi.
 
Hozirdagi koalitsiya Bolgar Sotsialist Partiyasi (BSP), [[Simeon II Milliy Xarakati]] ([[SMX]]) va (asosan mamlakatda kamchilikni tashkil etgan [[Turklar]]ni ifodalovchi) [[Huquqlar va Ozodlik uchun Xarakat]]dan tashkil topgan.
 
=== Hokimiyat ===
Bolgariya [[yakka palatali]] [[parlament]]ga ega. Umum-Milliy Yig'ilishi yoki [[Narodno Sabranie]], 240 deputatlardan iborat bo'lib, ular xalq tomonidan 4 yillik muddatga saylaniladi. Ovozlar 28-ta administrativ bo'limlarning har biridagi nomzodlarning [[partiya]]lari yoki [[koalitsiya]]lariga beriladi. Partiya yoki koalitsiya parlamentga kirish uchun eng kamida ovozlarning 4% to'plashi zarur.Parlament qonunlarning kuchga kirishi, byudjetni tasdiqlash, prezident saylovlariga tayyorgarlik ko'rish, [[Bolgariya Bosh Vaziri|bosh vazir]] va boshqa vazirlarning tanlovi va ularning ishdan bo'shatilishi, urush e'lon qilish, qo'shinlarning Bolgariya hududidan tashqariga chiqishi va xalqaro bitim va shartnomalarni tasdiqlash kabi vazifalarni bajaradi.
 
=== Hududiy va mahalliy hokimiyat ===
Qator 138:
 
{{Yevropa}}
 
{{geo-stub}}
{{OʻzME}}
 
Qator 144:
[[Turkum:Davlatlar]]
[[Turkum:BMT aʼzolari]]
 
 
{{geo-stub}}