Bulut: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
en:Cloud bilan bog‘landi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: t-ra → temperatura (2) using AWB
Qator 1:
'''Bulut''' — havodagi suv bugʻlarining kondensatsiyalanish (sublimatsiya) mahsuli boʻlgan suv tomchilari yoki muz kristallari (yokn har ikkalasining aralashmasi)dan tashkil topgan, atmosfera (yer yuzasidan tashqari)da vujudga keladigan muallaq tizim. Kondensatsiya nam havo t-rasiningtemperaturasining shudring nuqtasi (berilgan namlik miqdori va bosim oʻzgarmas saqlanganda havoning suv bugʻiga toʻyingan vaqgdagi t-rasitemperaturasi) gacha sovishi natijasida paydo boʻladi. Hajm birligidagi havo massasi traga bogʻliq holda aniq maksimal miqdordagi suv bugʻini oʻziga singdira oladi. Maye, normal atmosfera bosimida 1 m3 havo 0° da 5 g , 10°da —9,5 g , 30°da esa 30 g suv bugʻini oʻziga singdira oladi, ortiqchasi suv tomchilariga aylanadi. B.ning vujudga kelishida havodagi hoʻllanadigan muallaq qattiq (kristall) va suyuq zarralar katta ahamiyatga ega; ularning radiusi 10~5—10~3 sm atrofida. Bularda suv bugʻining kondensatsiyalanishi oʻta toʻyinishdan ancha oldin, yaʼni nisbiy namlik 100% atrofida boʻlganda yoki undan ham kamda boshlanadi. Bu zarralar maʼlum fizik jarayonlar natijasida osmonga koʻtarilgan yoqilgʻining yonish mahsulotlari, dengiz tuzlarining mayda zarralari, kvars changlari va b. boʻlib, kondensatsiya yadrosi deb yuritiladi. Ularning miqdori atmosferada bulut hosil boʻlishi uchun yetarli darajada mavjud. Suv tomchilaridan tashkil topgan B.da tomchilar radiusi har xil boʻlib, koʻpchilik hollarda 4 dan 25 mkm ga toʻgʻri keladi, muz kristallari koʻproq olti qirrali ustun yoki prizma shaklida boʻladi. Baʼzi sharoitlarda ular kattalashib, yomgʻir, qor, doʻl, jala va h.k. tarzida yogʻadi. B.ning suvliligi (g/m3) boʻlajak yogʻingarchilik miqdorini aniqlashda muhim ahamiyatga ega. Issiq nam havo massalarida vujudga keluvchi B.da suvlilik darajasi sovuq havodagi B.ga nisbatan ancha koʻp boʻladi.
 
B. tashqi koʻrinishiga koʻra, asosan, uchga boʻlinadi; a) patsimon (Cirrus); b) toʻptoʻp (Cumulus); v) qatlamli (Stratus). Patsimon B. oq rangln, yupqa, mayin boʻlib, yuqori balandliklarda vujudga keladi. Toʻptoʻp B. minora yoki gulkaram shaklida, asosi yassi boʻladi. Qatlamli B. yetarlicha bir jinsli, kulrang , aniq shaklga ega emas, osmonning koʻz ilgʻaydigan butun qismini qoplab turadi.
Qator 13:
Frontal B. jumlasiga qatlamli va qatlamliyomgʻirli B. kiradi. Iliq havo tomoniga siljiydigan iliq va salqin havo massalari oraligʻida vujudga keluvchi atmosfera frontlarida iliq havo qiya frontal zona boʻylab yuqoriga koʻtarnlishi tufayli katta maydonlarda butun osmonni qoplagan salqin frontlarga xos B. hosil boʻladi. Shuningdek, siklonning iliq va salqin frontlarida ham ularga xos B. mavjud.
 
B. fazaviy holati boʻyicha 3 xil boʻladi: suv tomchilaridan tashkil topgan suvli B., muz zarralaridan iborat muzli B. hamda suv tomchilari va muz zarralaridan hosil boʻlgan aralash B. Tra noldan past boʻlganda ham suv tomchilaridan tashkil topgan B. uchraydi. Bunday B.da suv tomchilari uta sovigan holatda boʻladi. Yogʻinlar koʻproq aralash B.dan yogʻadi. Yuqori troposferada, baʼzida tropopauza balandligida oʻta yupqa patsimon B. uchraydi; ular asosan oʻrta kengliklarda 6—8 6–8 km balandlikda, tropiklarda —6 dan 18  km gacha, qutbda 3—8 3–8 km balandlikda yotadi. Yuqori (20—30 20–30 km) qatlamda esa tovlanuvchi B. va, nihoyat, mezosferaning yuqori qismi va ionosferaning pastki qismida —75 dan 90  km gacha qatlamda kumushsimon B. kuzatiladi. B. obhavo va iklim oʻzgarishlariga katta taʼsir koʻrsatadi. B.ning fazaviy holati va tuzilishini sunʼiy ravishda oʻzgartirib, undagi baʼzi jarayonlarni rostlab turish mumkin. B.ga fizikkimyoviy taʼsir koʻrsatish yoʻli bilan qoʻshimcha yogʻin yogʻdirish, doʻl yogʻishiiing oldini olish, past B. va tumanlarni tarqatib yuborish mumkin.
 
Yoʻldosh Togʻaymurodov.
Qator 19:
== Adabiyotlar ==
* [[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
{{stub}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
{{OʻzME}}
 
 
{{stub}}