Buryatiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Qatorga koʻchirish toʻgʻrilandi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: t-ra → temperatura (2), Q. x. → {{subst:FULLPAGENAME}} (2) using AWB
Qator 3:
Davlat tuzumi. B.— respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1994 y. 22 fevralda qabul qilingan. Davlat boshligi — prezident. Qonun chiqaruvchi oliy (vakolatli) organi — bir palatali parlament — Xalq Xurali. Oliy ijroiya hokimiyatni respublika hukumati amalga oshiradi.
 
Tabiati. B.ning koʻp qismi togʻlik. Baykal koʻli qirgʻogʻi boʻylab HamarDaban, UlanBurgasi, Barguzin, shim.da Jan. Muya va Shim. Muya tizmalari, togʻlararo soyliklar (Yuqori Angara, MuyaKaundi) joylashgan. B.ning butun shim.sharqiy qismini Vitim yassitogʻligi egallagan. Jan.sharkda SaganDaban, Xudun, Zagan, SaganXurtey kabi qator tizmalar bor. Chekka jan.garbida B.ning eng baland nuqtasi — MunkuSardik togʻi (3491 m). Foydali qazilmalari: oltin, kumush, qalay, nikel, volfram, molibden, apatit, kvars, marmar, granit, temir rudasi, kumir, grafit. Iqlimi keskin kontinental. Qishi sovuq (yanv.ning oʻrtacha t-rasitemperaturasi —24° dan —25° gacha), qor kam yogʻadi. Yozi iliq, iyulning oʻrtacha t-rasitemperaturasi 7° dan (togʻlarda) 18° gacha. Yiliga 300 mm yogʻin tushadi. Koʻp yillik muzloq yerlar bor. Daryolari asosan Baykal kuli va Lena daryosi havzalariga qaraydi. Baykal koʻliga Selenga, Barguzin va Yuqori Angara quyiladi. Lena havzasiga Vitim daryosi qaraydi. Togʻtayga, togʻ chimli tuproqlar, togʻlarda togʻtundra, dasht va Urmonli dashtlarda qoramtir tuproq va kashtan tuproqlar uchraydi. Mayd. ning 4/5 qismi oʻrmon. Hayvonot dunyosi turlituman. Sobol, olmaxon, ondatra, kolonok, oqsichqon, tulki, boʻri, oq quyon, rosomaxa, silovsin, ayiq, los, izyubr, elik, kabarga, yovvoyi choʻchqa, togʻ echkisi, shim. bugʻusi va b. yashaydi. Baykal, Barguzin qoʻriqxonalari bor.
 
Aholisi. B.da 60 dan ortiq millat va elat vakillari istiqomat qiladi. Buryatlar aholining 25%, ruslar 70%ni tashkil etadi, shuningdek ukrainlar, tatarlar va b. ham yashaydi. Aholisining oʻrtacha zichligi 1 km² ga 3 kishi. Aholining 60% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: UlanUde, Kyaxta, Zakamensk, Gusinoozyorsk.
Qator 11:
Xoʻjaligi. B.da mashinasozlik va metall ishlash tarmoklari rivojlangan. Jumladan, aviatsiya sanoati (Mi8, Mi17 vertolyotlarini ishlab chikaruvchi UlanUde aviatsiya i. ch. birlashmasi), transport mashinasozligi (lokomotivvagon taʼmir zavodi), priborsozlik (avtomatlashtirish priborlari va vositalarini ishlab chiqaruvchi "Teplopribor" zavodi), chorvachilik uchun mashina va asbobuskunalar ("Buryatfermmash" birlashmasi), oʻrmon, yogʻochsozlik va sellyulozaqogʻoz sanoati ("Zabaykalles" konserni, Selenga sellyulozakarton k-ti), binokorlik materiallari sanoati (Timlyuy sement va asbest buyumlar zavodi) korxonalari bor. Yengil sanoatda "UlanUde manufakturasi" aksiyadorlik birlashmasi, UlanUde ustki trikotaj kiyimlar fkasi eng yirik korxonalardir. Oziq-ovqat sanoati korxonalari UlanUde, Zakamemsk. UstBarguzin, Nijneangarskda joylashgan. Mudofaa korxonalarida xalq isteʼmol mollari: aviatsiya zavodida kir yuvish mashinalari, priborsozlik birlashmasida tibbiyot asboblari, radio zavodida audio va videopriyomniklar ishlab chiqariladi. Gusinoozersk davlat elektr st-yasi va UlanUdeda 2 issiklik elektr st-yasi bor.
 
Q.Buryatiya x.da mayin junli qoʻychilik, goʻsht-sut, goʻsht chorvachiligi yetakchi tarmoqlardir. Qoramolchilik, choʻchqachilik, yilqichilik, parrandachilik, hayvonotchilik, bugʻuchilik hamda moʻynali hayvonlarni ovlash rivojlangan. B. jan.da va Barguzin daryosi vodiysida dehqonchilik qilinadi; donli ekinlar, asosan bahori bugʻdoy, suli va arpa ekiladi. Asosiy transport turi — t. y. (uz. 1200 km, yuk aylanmasining 80%). B. jan.dan Transsibir t. y., shim.dan BaykalAmur magistrali (BAM) oʻtadi. Respublika hududining har 10 ming km²ga 34 km t. y. toʻgʻri keladi. T.Buryatiya y. UlanUdeni Mongoliyaning UlanBator va XXRning Pekin sh.lari bilan bogʻlaydi. Avtomobil yoʻllari uz.— 9530 km. UlanUde sh.da aeroport bor. Baykal koʻlida, Selenga, Barguzin va Yuqori Angara daryolarida kemalar qatnaydi. Baykal boʻyida turizm yoʻlga qoʻyilgan. Zabaykalye va Tunkin tabiiy milliy bogʻlari barpo etilgan.
 
Tashqi savdo aylanmasi 190 mln. AQSH dollariga yaqin. B. hududida 100 dan ortiq qoʻshma korxonaga 20 mamlakat sarmoya sarflagan. Dunyodaga 60 davlat, jumladan, Xitoy, Mongoliya, Italiya, Litva, Ukraina, Qozogʻiston, Oʻzbekiston va b. bilan savdo qiladi. Chetga chiqariladigan mahsulotlari: yogʻoch, sellyuloza, jun, don, kumush, rangli metallar, kumir, marmar, moʻyna, charm, oyna va b. Chetdan sanoat uchun butlash detallari va b. asbobuskunalar keltiradi. B.da 4 mingdan ziyod vrach aholiga xizmat koʻrsatadi. B. hududida 300 dan koʻproq shifobaxsh buloq, Goryachinskdagi balneologiya shifoxonasi, Arshan, Sayan tog kurortlari, "Baykal" sanatoriysi bor. B. ilmiy markazi va Sharq tibbiyoti markazida Tibet tibbiyoti sirlari oʻrganiladi. 10 dan koʻproq dori-darmon tibetcha resept boʻyicha ishlab chiqilgan, tomirga qarab tashhis qoʻyuvchi avtomat majmua yaratilgan, "Baykalfarm" dori-darmon i.ch. korxonasi mavjud.