Chad: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Alpinu (munozara | hissa)
k French spelling (Republique → République)
k →‎Xoʻjaligi: qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: Q.x. → {{subst:FULLPAGENAME}} (2) using AWB
Qator 21:
Ch. — iktisodiy jihatdan zaif rivojlangan mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda q.x.ning ulushi 39%, sanoat va qurilishniki 15%, xizmat koʻrsatish sohasiniki 46% ni tashkil etadi.
 
Qishloq xoʻjaligi — iqtisodiyotning asosi. Q.x.Chad ning asosiy tarmogʻi — dehqonchilik. Mahsuloti chetga chiqariladigan asosiy ekini paxta. Shuningdek, yer yongʻoq, sholi, bugʻdoy, tariq, joʻxori ekiladi; xurmo oʻstiriladi. Aholining 1/3 Qismi koʻchmanchi va yarim koʻchmanchi chorvadorlik bilan shugʻullanadi. Chorvachiligida qoramol, qoʻy va echki boqiladi. Daryolari hamda Chad va b. koʻllarda baliq ovlanadi.
 
Sanoati yaxshi rivojlanmagan. Uning asosiy tarmogʻi — toʻqimachilik. Oziqovqat sanoatida goʻsht, un, sholi oqlash, yogʻ, shakarqand, pivo pishirish zdlari bor. Chad koʻlidan osh tuzi va soda qazib olinadi. Yiliga oʻrtacha 92 mln. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi.
Qator 29:
Tashqi savdoda Portugaliya, Fransiya, AQSH, Germaniya, Yaponiya bilan hamkorlik qiladi. Maorifi va ilmiy muassasalari.
 
CH.da 8 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun boshlangʻich taʼlim majburiy. Taʼlim fransuz tilida olib boriladi. Boshlangʻich maktabga bolalar 6 yoshdan qabul qilinadi. Boshlangʻich maktab 6 y.lik. Oʻrta maktabda oʻqish 7 y. Oʻrta texnika taʼlimi toʻliqsiz oʻrta maktab negizida maktab va intlarda amalga oshiriladi. Oliy taʼlimni Njamenadagi Chad universiteti beradi. I.t.Chad muassasalari: Paxta va toʻqish inti, Milliy gumanitar fanlar inti, planetariy, q.x. byurosi, ilmiy texnika byurosi, geogr. tadqiqot styasi va b.
 
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. Ch.da fransuz tilida "InfoChad" ("Chad axboroti") kundalik byulleten chikadi (1964 y.dan). Ch. axborot agentligi 1964 y.da tashkil etilgan. Ch. milliy radiosi hukumat radiostyasi hisoblanadi; 1955 y. tuzilgan. Ch. televideniyesi, hukumat xizmati.