Yuqori Chirchiq tumani: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: Q.x. → {{subst:FULLPAGENAME}}, t-ra → temperatura (3) using AWB
Qator 64:
'''Yuqori chirchiq tumani''' — Toshkent viloyatidagi tuman. 1926 yil 29 sentyabr da tashkil etilgan. 1959 yilda Parkent tumani, 1962 yilda Boʻstonliq tumani qoʻshildi. 1964 yildan Boʻstonliq, 1979 yildan Parkent tumani ajralib chiqsi. Shim.sharqdan Boʻstonliq va Parkent, jan. va jan.sharqsan Ohangaron, jan.gʻarbdan Oʻrta Chirchiq, gʻarbdan Toshkent shahri va Qibray tumanlari bilan chegaradosh. Mayd. 0,44 ming km². Aholisi 112,5 ming kishi (2005). Tumanda 1 shaharcha (Yangibozor), 9 qishloq fuqarolari yigʻini (Argʻinchi, Sosbaqa, Bordonkoʻl, Jambul, Oqovul, Navroʻz, Saksonota, Surankent, Tinchlik) bor. Tuman markazi — Yangibozor shaharchasi.
 
Tabiati. Tuman hududi Chirchiq daryosining chap sohilidagi tekislikda, oʻrtacha 550 m balandlikda joylashgan. Iqlimi kontinental. Sharq va shim.dan Chatqol tizmasi bilan oʻralgan. Qishi birmuncha sovuq, yozi issiq. Yanv. ning oʻrtacha t-rasitemperaturasi —1,5° dan —2° gacha, eng past t-ratemperatura — 20°. Iyulniki 25—28°, eng yuqori t-ratemperatura 41—42° gacha. Yillik oʻrtacha yogʻin 350–400 mm. Vegetatsiya davri 200 kun. Tuman hududidan oʻtgan Qorasuv, Chirchiq daryolari, Parkent, Hondam kanallari, Oqqulik, Yoyilma, Qizilsoy soylaridan q.x. ekinlarini sugʻorishda foydalaniladi. Tuproqlari boʻz tuproq. Yovvoyi oʻsimliklardan shoʻra, qamish, yulgʻun; kiyikoʻt, isiriq, gulxayri, qoraandiz, qizilmiya, ermon singari dorivor giyohlar va boshqalar oʻsadi. Yovvoyi qayvonlardan chiyaboʻri, tulki, ondatra, yumronqoziq, suvilonlar; qushlardan yovvoyi oʻrdak, tustovuq, qirgovul va boshqalar uchraydi.
 
Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, qozoq, koreys, rus, tatar va boshqalar millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km²ga 256 kishi (2005). Shahar aholisi 12950 kishi, qishloq aholisi 99550 kishi (2005).
 
Xoʻjaligi. Tuman iqtisodiyoti, asosan, q.x. ishlab chiqarishiga ixtisoslashgan. Paxta tozalash, q.x. mashinalari ishlab chiqarish tajriba zavodi, bosmaxona, MTP, ,toshshagʻal maydalash va saralash kti, avtokorxona, qurilish tashkilotlari, 300 kichik korxona va boshqalar ishlab turibdi. 6 qoʻshma korxona faoliyat koʻrsatadi. Tumanda 5 shirkat, 830 fermer xoʻjaligi mavjud. Sugʻoriladigan yerlarda paxta, bahorikor yerlarda donchilik; shuningdek, chorvachilik, pillachilik rivojlangan. Q.x.daYuqori Chirchiq tumanida foydalaniladigan yerlarning 6,3 ming ga maydoniga paxta, 12,8 ming ga maydoniga gʻalla, 1,1 ming ga yerga sabzavot ekinlari ekiladi. Tutzor, pichanzor va yaylovlar bor. Bogʻdorchilik, tokchilik rivojlangan. Tuman xoʻjaliklarida 29,5 ming qoramol, 14,9 ming qoʻy va echki boqiladi.
 
YU.t.da 40 umumiy taʼlim maktabi (24,2 ming oʻquvchi), bolalar musiqa maktabi, kasb-hunar kolleji faoliyat koʻrsatadi. 24 kutubxona, 6 madaniyat uyi, 10 klub muassasasi aholiga xizmat koʻrsatadi. 3 stadion, 35 sport zali, 37 futbol, 40 basketbol, 14 qoʻl toʻpi maydonlari bor. Tuman markaziy kasalxonasi va uning boʻlimlari, tugʻruqxona, poliklinika, 19 qishloq vrachlik punkti, 2 ta dispanser, 4 feldsherakusherlik punkti va boshqalar tibbiy muassasalarda 149 vrach, 850 oʻrta tibbiy xodim ishlaydi. 1932 yildan "Surʼat — qarqsh" tuman gaz. (oʻzbek va qozoq tillarida) nashr etiladi (adadi 2396).