Chili: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: T.y. → {{subst:FULLPAGENAME}} (2), vakt → vaqt, hoz. → hozirgi using AWB
Ximik1991 (munozara | hissa)
k Ximik1991Bot (mun.) tomonidan qilingan 1806960-sonli tahrir qaytarildi
Qator 11:
Aholisining 90% chililar. Mamlakatning tub aholisi araukan, kechua va aymara indeyslaridir. Rasmiy til — ispan tili. Dindorlarning aksariyati katoliklar. Shahar aholisi 86%. Yirik shaharlari — Santyago, Valparaiso, VinyadelMar.
 
Tarixi. Ch. hududida qadimdan indeys qabilalari yashagan. 15-a.da mamlakatning shim. qismini inklar egallab oldi. 16-a.ning 30-y.larida Ch.ga ispan konkistadorlari bostirib kirdi. 16-a.ning oʻrtalarida Ch. hududi Ispaniyaning Peru vitseqirolligi tarkibiga kirgan. 1810 y. iyulda ispanlar zulmiga qarshi xalq qoʻzgʻoloni boshlandi. 18 sent.da milliy hukumat xuntasi tashkil topdi. Amerika qitʼasidagi Ispaniya mustamlakalarining mustaqillik uchun olib borgan urushi yillarida (1810—26) Ch. mustaqilligi eʼlon qilindi (1818 y. 12 fevral). 1823 y. qulchilik bekor qilindi. 19-a. oʻrtalaridan Ch.ga chet el sarmoyalari kirib kela boshladi. 1865—66 y.larda Ch. Peru, Boliviya va Ekvador bilan birgalikda Ispaniyaga, 1879—84 y.larda Buyuk Britaniya yordamida Peru va Boliviyaga karshi urush olib bordi. Natijada bu davlatlarning selitra zaxiralariga boy hududlari Ch.ga oʻtdi. Bu mamlakatda konchilik sanoatining rivojlanishiga imkon yaratdi. ljahon urushi yillari (1914—18) Ch. betaraflik eʼlon qildi. 1927 y.gi davlat toʻntarishi natijasida mamlakatda harbiy diktatura oʻrnatildi, siyosiy partiyalar, ishchi va kasaba uyushma tashkilotlari faoliyati taqiqlandi. 1936 y. Ch.da Kommunistik, Radikal va Sotsialistik partiyalar ishtirokida Xalq fronti tuzildi va uning nomzodi P. Agirre Serda 1938 y.dagi prezident saylovida galaba qozondi. Hukumat bir qancha ijtimoiyiqtisodiy tadbirlarni amalga oshirdi. 1941 y. oʻng sotsialistlarning sotqinligi tufayli Xalq fronti tarqalib ketdi. 2-jahon urushi yillari (1939—45) Ch. Germaniya (1945 y. fevral) va Yaponiya (1945 y. aprel)ga karshi urush eʼlon qilgan boʻlsa ham amalda urushda qatnashmadi. 1947—58 y.lar hokimiyatni diktatorlik rejimi boshkardi. 1956 y. Chili KP (1922 y. tuzilgan) va Sotsialistik partiyasi (1933 y. asos solingan) Xalq harakati frontini, 1969 y. Kommunistik, Sotsialistik va b. soʻl partiyalar Xalk, birligi blokini tashkil etdilar. Xalq birligi bloki nomzodi S. Alyende Gossens saylovlarda gʻalaba qozonib, mamlakat prezidentligiga saylandi. 1973 y.dagi harbiy toʻntarish paytida Alyende oʻldirildi va hokimiyat tepasiga A.Pinochet boshchiligidagi harbiy xunta keldi. U 15 y.dan ortiq vaqtvakt davlatni boshqardi.
 
Bu davrda ommaviy repressiyalar avj oldirildi; shu bilan birga mamlakat iktisodiyoti Jan. Amerikadagi davlatlar oʻrtasida oldingi oʻrinlardan birini egalladi. Bu Ch.ga xalqaro iqtisodiy tashkilotlarga aʼzo boʻlish imkoniyatini yaratdi. 1989 y.gi demokratik saylovlar natijasida A.Pinochet hokimiyatdan ketdi va 1990 y.dan mamlakatni demokratik yoʻl bilan boshqarish shakli oʻrnatildi. Ch. 1945 y.dan BMT aʼzosi. OʻzR suverenitetini 1992 y. 18 martda tan olgan va 1994 y. 16 sent.da diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami — 18 sent. — Mustaqillik kuni (1810).
Qator 23:
Qishloq xoʻjaligining asosiy tarmogʻi dehqonchilik. Bugʻdoy, arpa, makkajoʻxori, kartoshka, dukkakli don ekinlari ekiladi. Bogdorchilik (olma, sitrus mevalar, shaftoli) va tokchilik rivojlangan. Qand lavlagi, zigir, tamaki, zaytun yetishtiriladi. Chorvachilikda qoramol, qoʻy, echki, choʻchqa, yilqi boqiladi. Yirik shaharlar atrofida sut chorvachiligi rivojlangan. Dengizdan baliq va dengiz jonivorlari ovlanadi. Oʻrmonda yogʻoch tayyorlanadi.
 
Transporti. Mamlakat ichkarisida yuk tashishda avtomobil transporti yetakchi oʻrinda. Avtomobil yoʻllari uz. 79,8 ming km. ChiliT.y. uzunligi 6,6 ming km. Tashqi savdo aylanmasining asosiy qismi dengiz transportiga toʻgʻri keladi. Muhim dengiz portlari: Uasko, Valparaiso, Tokopilya. Santyago sh.da xalqaro aeroport bor. Ch. chetga mis, baliq va dengiz mahsulotlari, q.x. mahsulotlari, selitra, qogʻoz, yod chiqaradi; chetdan neft, kimyo buyumlari, elektron va mashina jihozlari oladi. Tashqi savdoda AQSH, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, Argentina, Braziliya, Yaponiya,Meksika bilan hamkorlik qiladi. Pul birligi — chili pesosi.
 
Tibbiy xizmati, maorifi, ilmiy va madaniymaʼrifiy muassasalari. Ch.da vrachlar universitetlarning tibbiyot ftlarida tayyorlanadi.
 
Mamlakatda 6 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun 8 y.lik majburiy taʼlim joriy etilgan. Asosiy deb nomlangan boshlangʻich maktabda oʻqish 8 y., oʻrta maktabda 4 y. Asosiy maktab negizida 4 y.lik hunartexnika maktablari va ped. bilim yurtlari ishlaydi. Mamlakatda 8 universitet bor. Yiriklari: Chili universiteti (1843), Texnika davlat universiteti (1947), Katolik universitet (1888); hammasi Santyago sh.da. Shuningdek, 3 oliy kollej, konservatoriya va amaliy sanʼat maktabi mavjud. Ilmiy muassasalar, asosan, Santyago sh.da joylashgan. ChililarI.t.lar Chili bakteriologiya inti (1929), meteorologiya xizmati (1894), harbiy geogr. inti (1922), geogr., geodeziya va geofizika milliy qoʻmitasi (1955), gidrografiya inti (1874, Valparaiso), geol. inti (1957), Antarktida inti (1963), yadro energiyasini oʻrganish milliy markazi, Okeanografiya inti (1945, Valparaiso), Lebu ilmiy inti (1945, araukanlar tarixini oʻrganadi), Ch. akademiyasi (1855), Ch. Tabiiy fanlar akademiyasi (1926), Ch. tarix akademiyasi (1940), Chili FA (1964)da olib boriladi. Yirik kutubxonalari: Ch. milliy kutubxonasi (1813), Chili universitetining markaziy kutubxonasi; ikkovi ham Santyago sh.da. Muzeylari — Milliy tarix muzeyi, Nafis sanʼat milliy muzeyi, Ped. muzeyi, hozirgi zamon sanʼati muzeyi, amerika xalqi sanʼati muzeyi va b.
 
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. Ch.da bir kancha gaz. va jur. nashr etiladi. Asosiylari: "Analisis" ("Tahlil", haftalik jur., 1977 y.dan), "Merkurio" ("Merkuriy", kundalik gaz., 1827 y.dan), "Nason" ("Millat", kundalik gaz., 1917 y.dan), "Oy" ("Bugun", haftalik jur., 1977 y.dan), "Segunda" ("Sekunda", kundalik kechki gaz., 1931 y.dan), "Tersera" ("Chorak", kundalik gaz., 1950 y.dan), "Ultimas notisias" ("Soʻnggi axborot", kundalik gaz., 1902 y.dan).
Qator 41:
Musiqasi. Ch.ning qad. musiqa madaniyatini tub joy aholisi avlodlari, avvalo, araukanlar saqlab kelmoqdalar. Ularning asosiy musiqa asboblari: zarbli — baraban (kultrun), shakildoq (uada); puflama — trutruka, lolkin, pifyulka. Kreollar xalq musiqasi argentina xalq musiqasiga yaqin. Qoʻshiqraqs janrlari — kueka, kuando, qoʻshiq janri — tonada (yakka ijro etiladigan lirik qoʻshiq). Musiqa cholgʻu asboblari — gitara, arfa, gi . tarron. 19-a. Santyagoda filarmoniya jamiyati tuzildi (1827), musiqa maktabi ochildi (1849; 1851 y.dan konservatoriya). Kompozitorlardan M.Robles Ortis de Sarate (19-a.), K.Lavin, P.U. Alyende Saron, X.Urrutia Blondel, E.Soro, D.SantaKrus Vilson (20-a.), dirijyorlar A.Karvaxal, V.Teva, pianinochilar K.Arrou, X.Reyes, skripkachi P. d’ Andurayn mashhur. Santyagoda Ch. simfonik orkestri (1941 y. tashkil etilgan), Munitsipal simfonik orkestri (1955), Torli kvartet (1954), Ch. milliy baleti (1957), shuningdek, Milliy konservatoriya ishlaydi.
 
Teatri. Professional teatr sarchashmalari Ch. hududida yashagan indeyslarning xalq marosimlaridan boshlanadi. 17—18-a.larda Santyago va Konsepson sh.laridagi toʻy marosimlarida spektakllar qoʻyilgan. 1709 y. Santyagoda birinchi teatr binosi qurildi. Bu teatrda, asosan, ispan dramaturglari — L one de Vega, A.Moreto, X. Ruis, L.Sagredo pyesalari sahnalashtirildi. 1791 y. Valparaiso sh.da teatr barpo etildi. 1815 y. Santyagoda "Kolisso" teatri ochildi. Ch. mustaqillikka erishgach, 1818 y. Santyagoda "Romada" teatri ishlay boshladi va unda milliy dramaturg M.Magalyanes asarlari qoʻyildi. 1842 y. Chili universiteti huzurida teatr (1857 y.dan munitsipal teatr), 1848 y. "Respublika teatri" tashkil etildi. 19-a. Chili teatri taraqqiyotida argentinalik dramaturglar — K.Belo, R. Minnyelelar muhim rol oʻynaydi. 20-a.ning 1yarmida mamlakatning koʻp shaharlarida havaskorlik jamoalari paydo boʻldi. 1939 y. Santyagoda Kichik universitet teatri, 1941 y. Chili universitetining tajriba teatri (hozirgihoz. Chili universiteti huzuridagi teatr inti) tuzildi. 1946 y. Santyagoda Sahna sanʼati xalq maktabi ochildi. 50-y.larda R.Frontaur, V.Vargas, A.Flores rahbarligida teatr guruhlari yuzaga keldi. Shuningdek, "Teatro munisipal", "Atelye", "Teatro mimiko" teatrlari ishlaydi. 20-a.ning 50—60-y.larida teatr repertuarlaridan X. Dias, I.Agirre, Ye.Bunster, D. Barros Gres va b. dramaturglarning pyesalari, jahon klassik yozuvchilarining asarlari oʻrin oldi. Mamlakatda harbiy xunta hokimiyat tepasiga kelgach (1973), koʻp teatr arboblari qamoqxonalarda halok boʻldilar, xorijga ketishga majbur boʻldilar va oʻsha yerda teatr jamoalarini tuzdilar. Jumladan, 1976 y. Fransiyada "Alef" teatri, 1980 y. Shvetsiyada Sandino nomidagi Lotin Amerikasi teatri (chililik teatr arbobi I.Kontilyano rahbarligida) paydo boʻldi.
 
Kinosi. Ch.da birinchi hujjatli xronikal film 1907 y. yaratildi. 20a. boshlarida Santyago va Valparaiso sh.larida "Jambastianifilm", "Chilefilm" va b. kinofirmalar ishlay boshladi. 1934 y. birinchi ovozli film ("Shimol va janub", rej. X.Delano) yaratildi. 30-y.larning 2yarmida, asosan, qisqa metrajli, xronikal va hujjatli filmlar ekranga chikdi. 40-y.larda tijorat filmlari bilan birga rej. XDelanoning "Krilonlik qiz" (1941), "Gollivud" (1944) filmlari namoyish etildi. 1957 y. Santyago universiteti huzurida kino inti ochildi. 60-y.larning eng yaxshi filmlari: "Qonli selitra" (1969, rej. E.Soto), "Viz yashaydigan uy" (1970, rej. P.Kaulen) va b. 1970-y.lar boshida Lotin Amerikasi kinosi oltin fondiga kirgan "Oʻrtoq prezident" (1970, rej. M.Littin), "Ovoz va miltiq" (1971, rej. E.Soto), "Guvoxlar" (1971, rej. K.Elsesser) va b. filmlar yaratildi. Hokimiyat harbiy xunta qoʻliga oʻtgach, ilgʻor kino arboblar taʼqibga uchradi. 70-y.larning oxirida Ch.ning taraqqiyparvar rej.lari chet elda bir qancha filmlar yaratdilar ["Buni unutib boʻlmaydi" (1975, rej. lar M.Malyet, X.Faxardo, R.Gonsales), "Marusiya konidagi voqea" (1976, rej. M.Littin) va b.].
Qator 48:
 
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
 
{{stub}}
 
{{Janubiy Amerika mamlakatlari}}
{{stub}}
 
[[Turkum:Amerika]]
[[Turkum:Davlatlar]]
[[Turkum:BMT aʼzolari]]
 
 
{{stub}}