Chorvachilik: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Olaf Studt (munozara | hissa)
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: inti → instituti using AWB
Qator 1:
'''Chorvachilik''' — qishloq xoʻjaligining asosiy tarmoklaridan biri. Ch. mahsulotlari yetishtirish uchun chorva mollarini boqish va urchitish bilan shugʻullanadi; aholini ish hayvonlari (ot, hoʻkiz, tuya, bugʻu), oziqovqat mahsulotlari (sut, qatiq, goʻsht, yogʻ, tuxum va b.), yengil sanoatni xom ashyo (jun, teri, moʻyna va h.k.), dehqonchilikhsh organik oʻgʻit bilan taʼminlaydi. Ch. mahsulotlari va chiqindilaridan ayrim ozuqalar (yogʻi olingan sut, goʻshtsuyak uni, suyak uni va b.), shuningdek, har xil doridarmonlar (shifobaxsh zardoblar, gormonal preparatlar va b.) olinadi. Ch.ning taraqqiy etishi va mahsuldorligi dehqonchilikning rivojlanishi, yerdan intensiv foydalanish bilan chambarchas bogʻliq. Ch.ning asosiy tarmoqlari: qoramolchilik, qoʻychilik, echkichilik, yilqichilik, tuyachilik, parrandachilik, asalarichshshk, choʻchqachilik, quyonchilik, darrandachilik, bugʻuchilik, itchiliklan iborat. Jahon mamlakatlarida tabiiyiqlim sharoitlari va ozuqa bazasiga koʻra Ch. rivoji oʻziga xos xususiyatlarga ega. Jahon Ch.da (mln. bosh) qoramol 1338,2; qoʻy 1068,6; echki 709,8; buyvol — 158,6; ot — 61,095; xachir — 14,1; eshak — 43,4; tuya — 19,1; choʻchqa — 912,7; tovuq — 14139; kurka — 244 va b. boqiladi va ulardan turli mahsulotlar yetishtirish muhim oʻrinda turadi (1999). Goʻsht yetishtirish hajmi 225,9 mln. t ni, sigir suti yetishtirish 480,6 mln. t ni (yoki har bir sigirdan oʻrtacha 2071  kg ni) tashkil etdi.
 
CH. inson tomonidan yovvoyi hayvonlarni ovlash va ularni xonakilashtirish maqsadida qoʻlga oʻrgatishdan boshlangan. Arxeologik dalillar hayvonlarni xonakilashtirish yangi tosh davrida — neolitda bundan 15—10 ming yil avval boshlanganini koʻrsatadi. Bu davrda odam takomillashgan tosh qurollarga ega boʻlgan, olovni bilgan va sopol idishlardan foydalangan. Eng avval it, soʻngra choʻchqa, qoʻy va keyinchalik qoramollar va otlar (7—8 ming yillar ilgari) xonakilashtirilgan. Osiyoning jan.gʻarbiy qismi va Oʻrta dengiz atroflari hayvonlarni xonakilashtirishning asosiy markazlari hisoblanadi. Yevropada qoramollar, ot, qoʻy, echki, choʻchqa, quyon, it, parrandalardan oʻrdak va gʻozlar, Osiyoda buyvol, qoʻtos, oʻrkachli va oʻrkachsiz tuyalar, qoramol, echki, qoʻy, choʻchqa, ot, it, quyon, tovuq, oʻrdak, gʻoz va tovuslar xonakilashtirilgan. Afrikada qoramollar, bir oʻrkachli tuya, eshak, choʻchqa, mushuk, it, sesarka tovuqlar, qoʻy va echkilar qoʻlga oʻrgatilgan. Amerikada oʻrkachsiz tuyaning ikki turi — lama va alpaka, dengiz choʻchqasi, kurka va muskus oʻrdaklar xonakilashtirilgan. Natijada inson tomonidan ularning sifat va son koʻrsatkichlariga ahamiyat berilib, hayvonlardan nayel olish, sekinasta mahsulot yoʻnalishlari boʻyicha zotlari chiqarilgan. Oʻrta Osiyo hududi ham Ch. dastlab shakllangan hududlar qatoriga kiradi.
Qator 21:
CH. ozuqa bazasini mustaxkamlash tadbirlari olib borilmoqda. Respublika ekin maydonlarining 10% ga yaqin kismiga yemxashak ekinlari ekiladi. Tabiiy va madaniy yaylovlardan foydalanish samaradorligini oshirish ishlari davom etmoqda. Aralash yem, oqsilmineral yem qoʻshimchalari, yem ozuqa achitqilari ishlab chiqarish hajmlari koʻpaymoqda. Ch.da veterinariya xizmati koʻrsatish — kasalliklarning oddini olish va davolash, Ch. maxsulotlari veterinariyasanitariya ekspertizasi hayvonlar kasalliklariga karshi kurash styalari, veterinariya shifoxonalari va punktlarida, veterinariya labda olib boriladi.
 
Respublikada chorvador mutaxassislar kollejlar, Toshkent agrar universiteti, Samarkand, Andijon q.x. intlarida tayyorlanadi. Chorva hayvonlari zotini yaxshilash, mahsuldor podalar guruhini koʻpaytirish va yangi texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish maqsadida Respublika Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Chorvachilik, parrandachilik va balikchilikni rivojlantirish Bosh boshqarmasi, Chorvachilikda naslchilik ishlari bosh davlat inspeksiyasi, Davlat veterinariya Bosh boshkarmasi va "Oʻzbek ipagi" uyushmasi tashkil etilgan, ularni asrash va parvarishlashsa yangi texnologiyalarni ishlab chiqish bilan vazirlikning Qishloq xoʻjaligi ilmiy i.ch. markazi tarkibidagi Uzbekiston chorvachilik, Qorakoʻlchilik va choʻl ekologiyasi intlari, Baliqchilikni rivojlantirish ilmiy tadqiqot markazi va Ipakchilik intiinstituti, Uzbekiston veterinariya, Uzbekiston veterinariyasanitariya va akarologiya (1991) intlari shugʻullanadi. Toshkent viloyati Yangiyoʻl tumanida davlat mintaqaviy baliq chavoqlari yetishtirish pitomnigida baliq zotlari (kora, ok, amur, doʻng peshona) yetishtiriladi.
 
"Naslxizmat" respublika naslchilik uyushmasi q.x. subʼyektlariga chorvachilik boʻyicha xizmatlar koʻrsatadi. Davlat naslchilik korxonasi qoramollarning turli zotlari boʻyicha sunʼiy urugʻlantirishda foydalanish uchun muzlatilgan urugʻlarni qadoqlab, sunʼiy urugʻlantirish bilan shutullanuvchi "Naslxizmat" tashkilotlariga yetkazib beradi.
 
Chet mamlakatlarda sut va goʻsht yoʻnalishidagi qoramolchilik, ayniqsa, Yevropa mamlakatlari (Gollandiya, Daniya, Germaniya, Rossiya), AQSH, Kanada, Yangi Zelandiya, qoʻychilik Angliya, Avstraliya, Rossiya va b. Yevropa mamlakatlarida jadal rivojlandi. Sutchilik yoʻnalishidagi qoramolchilikrivojlangandavlatlarda (AQSH, Kanada, Niderlandiya, Germaniya va b.) sigirlardan oʻrtacha 8000—11000 8000–11000 kg sut sogʻib olinadi. Sut mahsulotlari bilan taʼminlanishning eng yuqori koʻrsatkichlari (aholi jon boshiga 1950  kg) Yangi Zelandiya, Daniya va Gollandiyaga xos. Qoramol goʻshti bilan taʼminlanish esa Argentina (110  kg) va Urugvayga (106  kg) toʻgʻri keladi. Jahon mshyosida Ch.ning barcha sohalari ixtisoslashgan holda jadal rivojlanmoqda. Sermahsul zotlar va samarali texnologiyalar yaratilib, Ch.ka keng joriy qilinmoqda.
 
== Adabiyot ==
* Shchekin V.A., Chorvachilik, T., 1968; Nosirov U., Qoramolchilik, T., 2001.
 
Ubaydulla Nosirov, Izzatulpa Eshmatov.
 
{{stub}}
{{no iwiki}}
 
Qator 38 ⟶ 37:
 
[[Turkum:Qishloq xoʻjaligi]]
 
 
{{stub}}