Fiqh: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga matn qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: Hoz. → Hozirgi, y.da → yilda, va b. → va boshqa (2) using AWB
Qator 2:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Fiqh''' (arab. — bilish, tushunish) — musulmon huquqshunosligi, shariat qonunqoidalarini ishlab chiqish bilan shugʻullanuvchi islom taʼlimotining bir sohasi. "F." soʻzi atama sifatida Qurʼon va hadislarda qoʻllanilgan. F. islom dini vujudga kelib, xalifalik qaror topishi bilanoq darhol tarkib topgan emas. F.ning qaror topishi Muhammad (sav) hadislari va choryorlarning aytgan gaplarini yozib olish bilan birga davom etgan. Zayd ibn alHasanning "Majmuʼ alfiqh", Molik ibn Anasning "alMuvattaʼ", Ibn Hanbalnint "alMusnad" kitoblari F.ga oid dastlabki asarlar hisoblansada, ular muayyan mavzuda tanlab olingan hadislardan iborat edi. F. ilmi 10-a.ga kelib mustaqil fan sifatida shakllangan. F. bilan shugʻullanuvchi, uni oʻrganuvchi kishi faqih (qonunshunos) deb atalgan. Movarounnahrda Burhoniddin Margʻinoniy, Abu Lays Samarqandiy va b.boshqa mashxur faqihlar hisoblangan. F. islom xuquqshunosligi sifatida 2 sohada — shariat manbalarini ishlab chiqish (usul alfiqh) va shariatni tayin sohalarga tatbiq qilish (furuʼ alfiqh)dan iborat boʻlgan. Islomning sunniylik yoʻnalishi xuquqshunosligida 4 ta mustaqil huquq mazhablari — hanafiylik, molikiylik, shofiʼiylik va hanbaliylik vujudga kelgan. F.da boshqa maktablar xam mavjud edi, biroq 14-a.ga kelib, mazkur 4 mazhab hamda bir necha shialik tariqatlarigina saqlanib qolgan. Oʻrta asrlarda va yangi davrda F.ga oid asarlar orasida fatvo toʻplamlari koʻpaydi. AlKuduriyning (1037 y.v.e.) "Muxtasar", Qozixonning (1196 y.v.e.) "Fatovo", Burhoniddin Margʻinoniyning "Hidoya", Ibn Bazzozning (1414 y.v.e.) "Fatovo" asarlari bunga misol boʻladi. Ular ichida "Hidoya" asari hanafiylik mazhabida katta shuxrat qozongan amaliy qoʻllanmadir. "Hidoya"ga bir qancha sharhlar yozilgan. Musulmon faqihlarining koʻp asarlari qozi va muftilar uchun dasturilamal boʻlgan, koʻpincha maʼmurlarning buyurtmasi bilan davlat mahkamalari uchun maxsus kitoblar yozib berilgan: Abu Yusufning (798 y.v.e.) "Kitob alxaraj"i yoki boburiylar saltanatining hukmdori Avrangzeb (1658—1707) amri bilan 1669 y.dayilda bir guruh hanafiy huquqshunoslar tuzgan "alFatovo alhindiya" asari va b.boshqa Islom mamlakatlari huquq tizimida F.ning roli doimo bir xil boʻlgan emas. Jumladan, 16-a.da usmonli turk saltanatida va 17-a. 2yarmida boburiylar davlatidagi huquqiy amaliyotda uning kridalari juda keng va izchil qoʻllanildi. Biroq, umuman F. huquqshunoslik bilan toʻlatoʻkis moye kelgan emas. F.ning hokimiyat tepasidagi kuchlarning manfaatlarini ifodalagan va davlat tomonidan bironbir tarzda qoʻllabquvvatlangan qoidalarigina amaldagi huquqqa aylangan, faqixlarning boshqa xulosalari esa huquqiy nazariya doirasidan tashqari chiqmagan. Hoz.Hozirgi vaqtda islom mamlakatlarida dunyoviy huquq tizimi amalga kiritilmokda, bu esa F. taʼsir doirasining muayyan darajada torayishiga olib kelmoqda. Shunday boʻlsada, F.ning ayrim tarmoqlari, tartibqoidalari va meʼyorlari koʻpchilik aholisi musulmon boʻlgan Sharq mamlakatlarining aksariyatida bironbir tarzda qoʻllaniladi.
 
== Adabiyot ==
Qator 9:
 
'''Fiqh''' (Arab tilida:فقه) [[Islom dini huquqshunosligi]]dir. Fiqh [[musulmon]]lar hayotini diniy jihatdan tartibga solish maqsadida Islom Huquqshunos([[arab tili]]da: [[Ulamo]])lari tarafidan Ilohiy Huquq([[Shariat]])ga zamonaviy muammolarni hal qilishga qaratilgan qo`shimchalar(Arab tilida: fatwa) kiritish orqali Shariatni kengaytirishdir.
 
{{Islam-stub}}
{{OʻzME}}
 
[[Turkum:Islom]]
 
 
{{OʻzME}}
{{Islam-stub}}