Fonologiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: Hoz. → Hozirgi, y.lar → yillar, va b.lar → va boshqalarlar using AWB
Qator 3:
F.ning asosiy birligi — fonema, asosiy tadqiqot obʼyekti — fonemalarning zidlanishlari (oppozitsiyalari) boʻlib, bu oppozitsiyalar bir butun holda tilning fonologik tizimini hosil kiladi. Muayyan oʻrinda bir fonemaning ikkinchisiga qaramaqarshi qoʻyilishini namoyon etuvchi soʻzlar (burborbir kabi) kvaziomonimlar (soxta omonimlar) deyiladi. Odatda, tiddagi fonemalar soni kvaziomonimlar yordamida aniklanadi va bunda biryoʻla bir fonemani ikkinchisiga qaramaqarshi qoʻyish orqali ularning farqlanish elementlari tasnif etiladi. Mas, tolsol soʻzlaridagi ikki fonema — t va s portlovchisirgʻaluvchi farqlanish elementlariga ega. Ularning har ikkisi ham til oldi, jarangsiz, shovqinli undoshlardir va bu belgilari farqlanmovchi elementlar deyiladi. Demak, fonema tilda oʻz vazifasini fonologik jihatdan farkdanuvchi va farqlanmovchi elementlar orqali bajaradi.
 
F. zamonaviy maʼnodagi mustaqil tilshunoslik fani sifatida 20-a.ning 20—30-y.laridayillarida shakllandi; uning yaratuvchilari N. S. Trubetskoy, russhveysar olimi S.O.Karsevskiy, rusamerika tilshunosi R.S. Yakobsonlar boʻlib, ular 1928 y. Gaagada boʻlib oʻtgan Tilshunoslarning 1xalqaro kongressida F.ning asosiy gʻoyalarini bayon etganlar. N. S. Trubetskoyning "Fonologiya asoslari" (1939) kitobi F. taraqqiyotidagi eng muhim bosqich boʻlgan. F. paydo boʻlishining ilk asoslari 19-a. oxirlarida nemis olimi I. Vinteler va ingliz olimi G. Suit asarlarida, umumnazariy jihatlari keyinchalik F. de Sossyur tadqiqotlarida shakllangan. Ayniqsa, F.ning rivojlanish asoslarini yaratishga ruspolyak tilshunosi I. A. Boduen de Kurtene katta hissa qoʻshdi: fonema gʻoyasi va uning prinsiplari ilk marta uning asarlarida ishlab chiqilgan. Boduen de Kurtene tadqiqotlari negizida Leningrad va Moskva fonologik maktablari shakllandi (oʻzbek tilshunoslarining fonologik tadqiqotlari ham asosan ana shu maktablar taʼsirida yaratilgan). Hoz.Hozirgi kunda mazkur maktablarning fonologik nazariyalaridan tashqari Yevropa vaAQShda yana 10 ga yaqin fonologik nazariyalar yaratilgan.
 
Oʻzbek tili F.sini oʻrganishda Ye.D. Polivanov, V. V. Reshetov, A. Nurmonov, A. Abduazizov va b.larningboshqalarlarning ilmiy ishlari ayniqsa ahamiyatlidir.
 
F. ham fonetika kabi umumiy F., xususiy F., tarixiy (diaxronik) F. va tasviriy (sinxronik) F.ga boʻlinadi. Umumiy F. fonemaning mohiyati, fonemalar oʻrtasidagi hamda fonema va tovush oʻrtasidagi munosabatlarni, fonemaning morfema va soʻzga boʻlgan pogʻonali munosabatini oʻrganadi; tilning fonologik (fonematik) tarkibini aniklashning metod va tamoyillarini belgilaydi. Xususiy F., umumiy F.ning metod va tamoyillariga asoslangan holda, u yoki bu tilning fonologik tizimini oʻrganadi; oʻz navbatida, umumiy F.ga material beradi. Tarixiy F. maʼlum bir til fonologik tizimining tarixiy taraqqiyotini, tasviriy F. esa tarixiy taraqqiyot jarayonidagi muayyan bir davrning fonologik tizimini oʻrganadi.
Qator 14:
Abduhamid Nurmonov.
 
{{stub}}
{{no iwiki}}
 
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
 
{{stub}}