Forobiy: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k imlo, replaced: taxm. → taxminan using AWB |
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: y.da → yilda (2), va b.ni → va boshqalarni (3), va b. → va boshqa (14) using AWB |
||
Qator 15:
}}
'''Forobiy''' (taxallusi; toʻliq nomi Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzlugʻ Tarxon Forobiy) (873, Forob sh. — 950, [[Damashq]]) — [[Oʻrta Osiyo]]ning ulug [[Turkiy]] mutafakkiri va qomusiy olimi. Yunon falsafasini chuqur bilgani, unga sharxlar bitganligi va jahonga targʻib qilgani hamda zamonasining ilmlarini puxta oʻzlashtirib, fanlar rivojiga ulkan hissa qoʻshgani uchun "al Muallim assoniy" ("Ikkinchi muallim", [[Aristotel]]dan keyin), "Sharq Arastusi" nomlariga sazovor boʻldi. F. [[Sirdaryo daryosi|Sirdaryo]] sohilidagi Forob ([[Oʻtror]]) degan joyda turkiy qabilaga mansub harbiy xizmatchi oilasida tavallud topadi. Oʻsha davrda [[Movarounnahr]]da somoniylar sulolasi hukmronlik qilayotgan edi. Boʻlajak faylasuf boshlangʻich bilimini Oʻtrorda olgandan soʻng , oʻqishini Toshkent, Samarkand va Buxoroda davom ettirdi. F. ilmini yanada chuqurlashtirish maqsadida Bagʻdodga yoʻl oladi. Olim yoʻlyoʻlakay Eronning yirik shaharlari Ray, Hamadon, Isfahon va
Olim 941
Mavjud maʼlumotlarga qaraganda, F. 160 dan ortiq asar yozgan. Lekin ularning aksariyati bizgacha yetib kelmagan. Shunga qaramay, mavjud risolalarining oʻziyoq uning bugok olim ekanligidan dalolat beradi.
F.ning asosiy asarlari: "Falsafani oʻrganishdan oldin nimani bilish kerakligi toʻgʻrisida", "Falsafiy savollar va ularga javoblar", "Ensiklopediyadan mantiq boʻlimining bir qismi", "Taliqot" (sharhlar), "Inson aʼzolari haqida risola", "Boʻshliq haqida maqola", "Donolik asoslari", "Falsafaning maʼnosi va kelib chiqishi", "Hayvon aʼzolari, funksiyasi va potensiyasi", "Mantiq toʻgʻrisidagi risolaga muqaddima", "Mantiq ilmiga kirish", "Ilmlarning kelib chiqishi haqida", "Musiqa haqida katta kitob", "Baxtsaodatga erishuv haqida", "Masalalar mohiyati", "Buyuk kishilarning naqllari", "Ihso alulum", "Hikmat maʼnolari", "Aql toʻgʻrisida", "Ilmlar va sanʼatlar fazilati", "Qonunlar haqida kitob", "Substansiya haqida soʻz", "Falak harakatining doimiyligi haqida", "Sheʼr va qofiyalar haqida soʻz", "Ritorika haqida kitob", "Hajm va miqdor haqida soʻz", "Musiqa haqida soʻz", "Fizika usullari haqida kitob", "Fazilatli xulqlar", "Fozil shahar aholisining fikrlari", "Jismlar va aksidensiyalarning ibtidosi haqida", "Aristotel "Metafizika" kitobining maqsadi toʻgʻrisida" va
F. ilk oʻrta asrda, Sharq Uygʻonish davrida ijod etdi. Bu davr ishlab chiqaruvchi kuchlarning oʻsishi, hunarmandchilik, irrigatsiya inshootlarining yuksalishi, yangi shaharlarning bunyod etilishi, madaniy va maʼnaviy hayotning ravnaq topishi bilan ajralib turadi. 9—10-a.larda ichki va tashqi savdo kuchaydi, ayniqsa, Hindiston, Xitoy, Vizantiya, Afrika mamlakatlari bilan aloqa yoʻlga qoʻyildi. Bu davr qaramaqarshilik va adovatlardan xoli emas edi. F.ning falsafiy qarashlarida oʻsha davrning yutuq va kamchiliklari, murakkab va ziddiyatli jihatlari oʻz ifodasini topdi.
Olimning ilmfan oldidagi xizmatlaridan biri uning yunon mutafakkirlari asarlarini sharxlaganligi va ularni yangi gʻoyalar bilan boyitganligidir. Alloma, eng avvalo, Arastu asarlariga sharhlar bitgan, uning naturfalsafiy gʻoyalarining targʻibotchisi va davomchisi sifatida tanilgan. F., shuningdek, Aflotun, Aleksandr Afrodiziyskiy, Yevklid, Ptolemey, Porfiriy asarlariga ham mapjyiap yozganligi maʼlum. Bulardan tashqari, Gippokrat, Epikur, Anaksagor, Diogen, Xrisipp, Aristipp, Suqrot, Zenon asarlaridan xabardor boʻlgan hamda epikurchilar, stoiklar, pifagorchilar, kiniklar maktablarini yaxshi bilgan. F. oʻrta asrda mukammal hisoblangan ilmlar tasnifini yaratdi. U "Ilmlarning kelib chiqishi haqida", "Ilmlarning tasnifi haqida" nomli risolalarida oʻsha davrda maʼlum boʻlgan 30 ga yaqin ilm sohasining tavsifi va tafsilotini bayon qilib berdi. Mutafakkir tabiat va inson organizmiga xos boʻlgan tabiiy jarayonlarni oʻrganuvchi ilm sohalarini birinchi oʻringa qoʻydi. F. ilmlarni quyidagicha tasniflaydi: 1) til haqidagi ilm (grammatika, orfografiya, sheʼriyat, toʻgʻri yozuv va
F. fanlarni tasniflashda borliq xususiyatlarining tahlilidan va ularning fanda aks etishidan kelib chiqadi. Uning tasnifi, eng avvalo, tabiatni, tafakkur va nutqni, til va mantiqni oʻrganishga qaratilgan edi. F.ga kura, ilmlarning tasnifidan maqsad haqiqatni oʻrganish va tasdiqlashdan, uni yolgʻondan farqlashdan iborat. Olimning fikricha, fanlar va umuman bilimlar borliqdan kelib chiqib, borliqni uzoq vaqt oʻrganish asosida toʻplanib boradi. Turli ilmlar bir-birini inkor qilmaydi, balki oʻzaro bir-biri bilan bogʻliq holda rivojlanadi. Ular dunyoni idrok qilishga va insonlarnkng baxtsaodatga erishishiga qaratilgandir.
Qator 31:
F.ning fanlar tasnifida tabiiy va ijtimoiy fanlar oʻz vazifasiga koʻra bir-biridan farq qiladi. Mas, matematika, tabiatshunoslik va metafizika ilmlari inson aqlzakovatini boyitishga xizmat qiladi, grammatika, sheʼriyat va mantiq esa fanlardan toʻgʻri foydalanishni, bilimlarni boshqalarga toʻgʻri tushuntirish, yaʼni akliy tarbiya uchun xizmat qiladi. Siyosat, axloqshunoslik va ped.ga ovd bilimlar kishilarning jamoaga birlashuvi, ijtimoiy hayotning qonun va qoidalarini oʻrgatadi. Xullas, F.ning ilmlar tasnifi toʻgʻrisidagi maʼlumoti oʻrta asrda turli fanlarning rivojida muhim ahamiyatga ega boʻldi, keyingi davrlarda yashagan olimlar uchun qoʻllanma vazifasini oʻtadi.
F.ning ontologik qarashlari. Mutafakkir borliq muammosini "vujudi vojib" va "vujudi mumkin" taʼlimotidan kelib chiqqan holda tushuntiradi. Uningcha, "vujudi vojib" barcha mavjud yoki paydo boʻlishi mumkin boʻlgan narsa, jism va moddalarning birinchi sababchisidir. F. xudoga birinchi sabab, birinchi mohiyat, deb taʼrif beradi. Xudo birinchi sabab sifatida boshqa sabab va turtkiga muxtoj emas. U yaratadi, lekin boshka narsalar tomonidan yaratilmaydi. Allohning zotiga qaramaqarshilik, ziddiyat, turli nuqsonlar, beqarorlik va
F.ning gnoseologik qarashlari, yaʼni bilish haqidagi taʼlimoti ijtimoiyfalsafiy fikr rivoji tarixida alohida oʻrinni egallaydi. Olimning bu boradagi fikrlari uning "Mantiq toʻgʻrisida risolaga muqaddima", "Mantiqqa kirish", "Akl toʻgʻrisida", "Falsafaning maʼnosi va kelib chiqishi" va
F. oʻz asarlarida bilish shakllari, insonning ruhiy holati, jon va tananing oʻzaro munosabati, mantiqiy fikrlash toʻgʻrisidagi mulohazalarini bildiradi. Uning aytishicha, insonning bilish, ruhiy qobiliyatlarini miya boshqaradi, yurak esa barcha aʼzolarni hayot uchun zarur boʻlgan qon bilan taʼminlovchi markaz vazifasini bajaradi. F. "Ilm va sanʼatning fazilatlari haqida" kitobida tabiatni bilishning cheksizligini, bilim bilmaslikdan bilishga, sababiyatni bilishdan oqibatni bilishga, aksidensiya (alaraz)dan substansiya (javhar)ga qarab borishni uqtiradi. Inson voqelikni idrok, sezgi, xotira, tasavvur, mantiqiy tafakkur, akl, nutq va
F. aqlni, bir tomondan, ruhiy quvvat, yaʼni tugʻma, 2tomondan, taʼlimtarbiyaning mahsuli ekanligini taʼkidlaydi. F. davlatni boshqarishda, qonunlarga amal qilishda, kishilararo munosabatda, axloq va xulqodob qoidalariga rioya qilishda, taʼlimtarbiyada akl hukmidan kelib chiqqan holda harakat qilish kerak, deb hisoblaydi. F.ning qimmatli fikrlaridan biri uning dunyoviy ruh va dunyoviy aql, ularning barhayotligi haqidagi taʼlimotning talqinidir. Mutafakkirning nazarida kishining ruhi va aqli oʻlganidan keyin yoʻq boʻlib ketmaydi, balki dunyoviy ruh va akl bilan qoʻshiladi. Demak, odamning ruhi va akli abadiylikka ketadi. Lekin ular hech vaqt qaytib kelmaydi va namoyon boʻlmaydi. Ular tanani tashlab ketgandan soʻng bir butunlikni tashkil etadi, akl va ruh yashash davomida orttirgan barcha maʼnaviy boylik toʻplanib barhayot dunyoviy ruh va aklni tashkil etadi. Mutafakkirning bu taʼlimotida dunyoning abadiyligi, inson zotining oʻlmasligi, inson bilimlari va aqlining uzluksizligi, insoniyat maʼnaviy madaniyatining taraqqiyoti haqidagi purmaʼno gʻoyalar mavjud. Uning talqinida akliy bilish koinot akli yordamida haqiqiy ilmga aylanadi. F. bilishning ratsional usulini asoslagan buyuk mutafakkirdir. U falsafiy taraqqiyotda, kuzatuv, bahsmunozara, bilish usullari, hissiy mushohada toʻgʻrisida oʻz davri uchun eʼtiborga molik fikrlarni ilgari surdi.
Olim mantiq ilmiga bagʻishlangan bir necha risolalarning muallifidir. "Mantiq ilmiga kirish", "Mantiq toʻgʻrisidagi risolaga muqaddima", "Sheʼriyat sanʼati qonunlari haqida risola", "Kataguriyas" kitobi yoki "Kategoriyalar", "Eysagoge" kitobi yoki "Kirish" va
F. mantiq ilmining shakllari: tushuncha, muhokama, xulosa, isbot va
F. dunyoqarashida ijtimoiysiyosiy va axloqiy fikrlar ham muhim oʻrinni egallaydi. Allomaning "Baxtsaodatga erishuv haqida", "Fozil shahar aholisining fikrlari", "Baxtsaodatga erishuv yoʻllari haqida risola", "Buyuk kishilarning naqllari", "Musiqa haqida katta kitob", "Fuqarolik siyosati" va
F. Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlari faylasuflari orasida birinchi boʻlib, jamiyatning kelib chiqishi, uning maqsad va vazifalari haqidagi taʼlimotni ishlab chikdi. Oʻrta asr sharoitida jamiyat tabiiy ravishda kelib chiqqanligini, inson faqat boshqalar yordamida hayot qiyinchiliklariga qarshi kurasha olishi mumkinligini asoslab berdi. "Har bir inson, — deydi F., — oʻz tabiati bilan shunday tuzilganki, u yashash va oliy darajadagi yetuklikka erishmoq uchun koʻp narsalarga muhtoj boʻladi, u bir oʻzi bunday narsalarni qoʻlga kirita olmaydi, ularga ega boʻlish uchun insonlar jamoasiga ehtiyoj tugʻiladi... Bunday jamoa aʼzolarining faoliyati bir butun holda ularning har biriga yashash va yetuklikka erishuv uchun zarur boʻlgan narsalarni yetkazib beradi. Shuning uchun insonlar koʻpaydilar va yerning aholi yashaydigan qismiga oʻrnashdilar, natijada inson jamoasi vujudga keldi". Shaharlar, uning fikricha, insonlarning jamoa boʻlib uyushishining oliy shakli boʻlib, unda insoniy barkamol boʻlib yetishishi uchun zaruriy sharoitlar boʻladi. F. insonlar tabiiy ehtiyoj natijasida oʻzaro birlashib, jamoani tashkil qilganligini alohida taʼkidlaydi.
Qator 57:
F. musiqani inson tarbiyasiga taʼsir qiluvchi omillardan biri deb billi. U musiqani insonga nafosat, estetik zavq bagʻishlovchi, histuygʻulari va axloqini tarbiyalovchi muhim vosita, deb hisoblaydi. Mutafakkir "Musiqa haqida katta kitob" nomli koʻp jildli asarida musiqa nazariyasi va tarixi, turli musiqa asboblari, kuylar va ularning ichki tuzilishi, tovushlar, ritmlar, ohanglar haqida maʼlumot berdi; ilmi iyqo, ilmi taʼlif fanlariga asos soldi. Yuqoridagi asarida oʻtmishdagi musiqashunos va tadqiqotchilar musiqa taraqqiyotiga katta hissa qoʻshganligini alohida qayd qiladi. Shuningdek, kuylar uygʻunligi, kuy ijro etish usullari haqida soʻz yuritadi. Rivoyatlarda keltirilishicha, F. yangi musiqa asbobi yaratgan, kuy bastalagan, mohir sozanda sifatida nom chiqargan. F.ning aytishicha, musiqiy tasavvurlar inson ruhining eng nozik joyidan qaynab chiqib, ohang holida sezgi quvvatlariga taʼsir qiladi.
F.ning dunyoqarashi, uning jamiyat va axloq toʻgʻrisida yaratgan yaxlit taʼlimoti ilk oʻrta asrlar va keyingi davrlarda ijtimoiyfalsafiy, siyosiy va axloqiy fikr rivojida muhim ahamiyatga ega boʻldi. Uning qarashlari Sharq mamlakatlariga keng yoyildi. Oʻrta asr mutafakkirlari Ibn Xallikon, Ibn alKiftiy, Ibn Abi Usabiʼa, Bayhaqiy, Ibn Sino, Ibn Boja, Umar Xayyom, Beruniy, Ibn Rushd, Ibn Xaldun va
F. ilgari surgan fikrlar 16—20a. larda ham musulmon mamlakatlari olimlari tomonidan katta qiziqish bilan oʻrganildi. Mutafakkir qoldirgan meros faqat Sharq mamlakatlarida emas, balki Yevropada ham tarqaldi va ijtimoiyfalsafiy fikr taraqqiyotida sezilarli taʼsir koʻrsatdi.
F.ning ilmiy merosini oʻrganish 20-a.ning 1yarmida boshlangan. Yevropa olimlari Karra de Vo, R. Xorten, M. Alonsa, D. M. Donlap, A. Shtekl, T. U. Buur, B. M. Shtrenshneyder, G. Ley, R. Xammond, R. de Erlanjer, I. Goldsiyer, F. Deteritsi, G. Farmer, N. Rishar va
Respublikamiz mustaqillikka erishgach, qomusiy olimning asarlari oʻzbek tilida chop etila boshladi, uning boy merosi xolisona, tarixiylik va mantiqiylik tamoyillari asosida yoritila boshlandi Oliy oʻquv yurtlari, maktab va kutubxonalar, koʻchalar uning nomi bilan ataladi.
|