Fotografiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Shrikarsan (munozara | hissa)
Removing Link FA template as it is now available in wikidata
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: y.da → yilda (3), va b. → va boshqa using AWB
Qator 3:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Fotografiya''' (foto... va ...grafin) — maxsus optik asbob fotoapparat yordamida yoruglik sezgir fotografik materiallar (maxsus modda qoplangan qogʻoz, shisha, plyonka)da obʼyektning oqqora yoki rangli tasvirini hosil qilish usuli; shunday usulda olingan surat. Fan, texnika va sanoatning muhim sohasi. Yorugʻlikning fotoapparatga joylangan fotomaterial (mas, fotoplyonka)ning yorugʻlik sezgir qatlamida yashirin fotografik tasvir hosil qilish xossasiga asoslangan. Kimyoviy fotografik ishlov berilgani (kimyoviy modda — ochiltirgich taʼsir ettirib ochiltirilgani)dan soʻng koʻrinadigan tasvir (oddin negativ, keyin pozitiv) hosil boʻladi. Bu tasvir fotonusxa (fotosurat) deb ataladi. Ochiltirgich tarkibiga metol, gidroxinon, paraminofenol, amidol, glitsin, dietilparafenildiamin (rangli tasvirlar uchun) va b.boshqa kimyoviy moddalar kiradi. Ochiltirilgan tasvirga mustahkamlagich modda (fiksaj) taʼsir ettirib, fotosurat mustahkamlanadi. Mustahkamlagich sifatida natriy tiasulfat (giposulfit) asosidagi eritmalar (odatda, suvdagi 25% li eritmasi) qoʻllanadi. Baʼzi fotografik jarayonlarda "kaytar" fotomateriallardan foydalaniladi. Maxsus kimyoviy ishlov berilganidan soʻng ularda bevosita pozitiv hosil boʻladi.
 
Bir pogonali diffuzion fotografik jarayon, yaʼni fotoapparatning oʻzida bir vaqtda negativ va pozitiv tasvirni juda tez hosil qilish usuli ham yaratilgan. F. oqqora (monoxrom) va rangli, statik va dinamik (kinematografiya), yassi (oddiy) va hajmiy (stereoskopik) turlarga boʻlinadi. Yoruglik sezgir materiallardan foydalanib hajmiy (fazoviy) tasvirlar olishning alohida usuli golografiya deb ataladi. U 15-a.da obʼyektlar tasvirini proyeksiyalab, soʻngra qogʻozga rasmini chizishdan boshlangan. Bu usulni Leonardo da Vinchi qoʻllagan. Lekin F. yorugʻlik sezgir moddalar maʼlum boʻla boshlagach paydo boʻlgan. 18-a.da dastlabki yorugʻlik sezgir modda sifatida kumush tuzi topilgan va tadqiq qilingan. Buyuk Britaniyada 1802 y.dayilda T. Uejvud AgNO3 qatlamida tasvir olishga erishdi, lekin uni mustahkamlash usulini bila olmadi. F. ixtiro qilingan vaqt 1839 y. deb hisoblanadi, chunki shu yili fransuz rassomi L.J.M.Dager (fransuz olimi J.N.Nyeps bilan hamkorlikda) Parij akademiyasiga F. usuli haqida axborot beradi. Bunda yorugʻlik sezgir qatlam sifatida kumush ioditdan foydalanilgan. Keyinroq obʼyektiv ixtiro kilindi (muallifi vengriyalik optik I.Petsval, 1840), ingliz ixtirochisi F. SkottArcher 1857 y.dayilda hoʻl yorugʻlik sezgir material (kolloidli emulsiya) ga asoslangan fotojarayonni ishlab chiqdi, 1871 y.dayilda uning vatandoshi R.Meddoks quruq yorugʻlik sezgir materialdan foydalanishni taklif etdi. 20-a.da F. asosiy axborot va hujjatlashtirish vositasi boʻlib qoldi.
 
Optik sensibilyatsiya hodisasi kashf qilinganidan, plyonkali fotomateriallar, kumush birikmalari boʻlmagan fotomateriallar, yangi modeldagi fotoapparatlar yaratilganidan soʻng F.ni qoʻllanish sohalari ancha kengaydi. Hozir fototasvirlarni bir zumda chiqarib beradigan fotoapparatlar mavjud. F. astronomiya sohasidagi tadqiqotlarda (q. [[Astrofotografiya]]); astrofizikada (q. [[Astrofotometriya]]), biologiya, kimyo, kinematografiya, televideniye, kosmonavtika, tibbiyot, fizika, matbaa, matnli va grafikli asl nusxalardan fotografik usulda nusxalar koʻpaytirishda, kundalik turmushda keng qoʻllanadi.
Qator 12:
== Etimologiyasi ==
Fotografiya atamasi [[yunoncha]] φως — ''fos'' („yorugʻlik“) hamda γραφίς — ''grafis'' („chizuv“) soʻzlaridan kelib chiqqan. Fotografiya mahsuloti ''fotosurat'' yoki ''foto'' deyiladi.
 
{{stub}}
{{OʻzME}}
 
[[Turkum:Fotografiya]]
 
 
{{stub}}
 
 
{{OʻzME}}