Fuqarolik: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga matn qoʻshildi
k →‎Manbalar: qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: vakt → vaqt using AWB
Qator 5:
'''Fuqarolik''' — shaxsning muayyan davlat bilan doimiy siyosiyhuqukiy aloqasi; bu aloqa shaxs va davlatning oʻzaro huquq va majburiyatlarida ifodalanadi. Shaxs F.ka ega boʻlgach, davlat uning hamma huquq va erkinliklarini eʼtirof etadi, ularning amalga oshishini taʼminlash choralarini koʻradi. Fuqarolarning manfaatlarini davlat, fuqarolar boshqa mamlakatlar hududida turgan vaqtda ham himoya qiladi, ularga homiylik koʻrsatadi. Oʻz navbatida, fuqarolar davlat qonunlari va qoidalarga soʻzsiz rioya kiladilar, oʻzlari uchun belgilangan majburiyatlarni bajaradilar. Bu huquq va majburiyatlar yigʻindisi fuqaroning siyosiyhuquqiy maqomini tashkil etadi, fuqarolar ana shu maqom bilan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslardsh ajralib turadilar. F. asosan 2 yoʻl bilan qabul qilinadi; tugʻilganlik dalili asosida ("filiatsiya") va naturalizatsiya yoʻli bn. Tugʻilish asosida F.ka qabul qilishda 2 xil qoida: "qon huquqi" va "tuproq huquqi" qoidasi qoʻllaniladi. "Qon huquqi" deb nomlangan qoida shu davlatning fuqarolaridan tugʻilgan shaxsni fuqaro deb tan oladi (ayrim davlatlarda otaonasining biri tegishli F.ka egaligi yetarli). Kaysi davlat hududida bu shaxsning tugʻilganligi ahamiyatga ega emas. "Tuproq huquqi" qoidasi, fuqaroligidan qatʼi nazar, agarda shaxs mazkur davlat hududida tugʻilgan boʻlsa, unda oʻsha shaxs fuqaro deb tan olinadi. Naturalizatsiya yoʻli bilan F.ni qabul kilish mamlakatda yashab kelayotgan shaxsning F.ni olish toʻgʻrisidagi iltimosi bilan bogʻliqdir.
 
Oʻzbekistonda F.ning huquqiy holati OʻzR Konstitutsiyasining 6bobida hamda "Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida"gi qonun (1992 y. 2 iyul)da koʻrsatib oʻtilgan. Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida yagona F. oʻrnatilgan. Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi, unga qanday asoslarda ega boʻlganlikdan qatʼi nazar, hamma uchun tengdir. Qoraqalpogʻiston Respublikasining fuqarosi ayni vaktdavaqtda Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi hisoblanadi. F.ka ega boʻlish va uni yoʻqotish asoslari hamda tartibi qonun bilan belgilanadi.
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
{{reflist}}
 
{{stub}}
{{OʻzME}}
 
[[Turkum:Huquqshunoslik]]
 
 
{{OʻzME}}
{{stub}}