Gʻarbiy Sahroi Kabir: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k imlo, replaced: km2 → km{{sup|2}} (3) using AWB
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: t-ra → temperatura, Mayd. → Maydoni, y.da → yilda (10) using AWB
Qator 1:
'''Gʻarbiy sahroi kabir''' - Afrikaning shim.-gʻarbiy qismidagi hudud. Sahroi Kabir choʻlining gʻarbiy qismida, Atlantika okeani sohilida joylashgan. Shim.da Marokash, shim.-sharqdan Jazoir, jan. va sharqdan Mavritaniya bilan chegaradosh. Mayd.Maydoni 266 ming km{{sup|2}}. Gʻ.S.K. ikki qism: Sagiyet al-Hamra (shim., 82 ming km{{sup|2}}) va Rio-de-Oro (jan., 184 ming km{{sup|2}}) dan ibo-rat. Aholisi 200 ming kishi (1992), asosan, mavrlar. Asosiy tili — arab tili, dini — islom.
 
Relyefi tekislik boʻlib, qad. Afrika platformasining Al-Ayyun bukilmasida joylashgan. Eng baland joyi shim.-sharqida, Atlas togʻi etaklarida. Gʻ.S.K. tabiat resurslariga boy. Foydali qazilmalardan fosforit, temir, mis rudalari, neft, kaliy tuzi, simob, marganets, uran konlari bor. Iqlimi katta qismida tro-pik choʻl, sohil qismida birmuncha yumshoq dengizboʻyi iqlimi. Oʻrtacha oylik t-ratemperatura 17—20°dan 25—30° gacha. Yillik yogʻin 50–200 mm. Daryolari mavsumiy. Oʻsimliklari buta va oʻtlardan iborat. Vohalarda akatsiya, palma, fikus oʻsadi. Hayvonlardan tuyoqlilar, sudraluvchi va mayda kemiruvchi koʻp. Yirtqichlardan gepard, chiyaboʻri, sirtlon yashaydi. Qirgʻoqqa yaqin suvlari baliqqa boy. Aholi, asosan, chorvachilik bilan shugʻullanadi. Tuya, qoʻy va echki boqiladi. Arpa, bugʻdoy, sabzavot ekinlari ekiladi.
 
Qadimda Gʻ.S.K.da Afrika shim.dan kelgan barbar qabilalari yashagan. 7-a.da hududni arablar egallagan. 9—11-a.larda Gʻ.S.K. Gana imperiyasi, 11 —12a.larda Al-Moraviylar davlati tarkibida boʻlgan. Yevropaliklar hududga ilk bor 15-a. oxirlarida kelib oʻrnasha boshlaganlar. 1887 y.dayilda Ispaniya Riode-Oroni oʻz taʼsir doirasidagi hudud deb eʼlon qildi. 1904 va 1912 y.lardagiyillardagi Fransiya—Ispaniya bitimlariga koʻra, Sagiyet al-Hamrani ham oʻz mulkiga qoʻshib oldi. 1959 y.dayilda Gʻ.S.K. Ispaniyaning "dengiz orti provinsiyasi" deb eʼlon qilindi. Mahalliy xalq ozodlik uchun faol kurash olib bordi. 1970 y.dayilda Al-Ayyunda mustamla-kachilarga qarshi katta ommaviy chiqishlar boʻldi. 1973 y.dayilda Sagiyet al-Hamra va Rio-de-Oroni ozod qilish fronti — POLISARIO tashkil topdi (Bosh kotibi Muhammad Abdulaziz). Gʻ.S.K.da mustamlakachilik tuzumini bekor qilish toʻgʻrisidagi masala BMTda 1966 y.danyildan boshlab bir necha bor muhokama qilindi. 1975 y. 14 noyabrda Madridda imzolangan Shart-nomaga muvofiq Ispaniya 1976 y. fevr. oyida oʻz mustamlakasini Marokash va Mavritaniya ixtiyoriga oʻtkazishini eʼlon qildi. 1976 y. boshida Ispaniya qoʻshinlari Gʻ.S.K.dan chiqib ketdi. 1976 y. 27 fevralda POLISARIO fronti Gʻ.S.K.da Sahroi Kabir Arab Demokratik Respublikasi (SKADR) tuzilganligini eʼlon qildi. 1976 y. 26—30 avg .da SKADR Konstitutsiyasi qabul qilindi. 1984 y.dayilda SKADR Afrika Birligi tashkilotiga aʼzo boʻldi, uni 70 davlat tan oldi. 1979 y.dayilda Mavritaniya Gʻ.S.K.ga nisbatan hududiy daʼvosidan voz kechdi. marokash Mavritaniya nazorati ostidagi hududni ham egallab oldi. BMT Bosh Assambleyasi va Afrika Birligi tashkiloti Gʻ.S.K. muammosini hal etish maqsadida Marokash va POLISARIO fronti oʻrtasida qurolli toʻqnashuvlarni toʻxtatish boʻyicha bitimlar tuzish va Gʻ.S.K.da oʻz taqdirini oʻzi belgilash masalasi boʻyicha referen-dum oʻtkazishni tashkil etishni yoqlab chiqdi. Biroq Marokash hukumati POLISARIO fronti bilan bevosita kelishib olishga qarshi. 1991 y.dayilda BMTning Xavfsizlik kengashi Gʻ.S.K.da referendum oʻtkazish boʻyicha BMT Missiyasi tuzish toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Missiya xalqni oʻz taqdirini oʻzi belgilash masalasi boʻyicha referendumga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishni nazorat qilishi lozim. Biroq tomonlarning kelish-movchiligi tufayli referendum oʻtka-zish ortga surilmoqda. 1996 y.dayilda marokash bilan POLISARIO oʻrtasida oʻzaro aloqalarning yangilanishi munosabati bilan BMT Missiya mandatini choʻzishga qaror qildi.
 
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->