Hadis: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Shrikarsan (munozara | hissa)
Removing Link FA template as it is now available in wikidata
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: y.da → yilda using AWB
Qator 12:
Davr oʻtishi bilan H.lar tanlanib, muhim deb hisoblanganlari bir tizimga solina boshladi. 9— 10-a. boshlarida dindorlar orasida eng ishonchli deb tanilgan H.ning 6 ta toʻplami vujudga kelgan. Bular: "Sahihi Buxoriy", "Sahihi Muslim" (q. [[Muslim ibn Hajjoj]]), "Sahihi Termiziy", "Sunani Abi Dovud", "Su-nani Ibn Moja", "Sunani Nasoiy". "Sahihi Buxoriy" koʻproq eʼzozlanadi. Bu 6 ta H. toʻplamini tuzgan muhaddislardan 2 tasi movarounnahrlik, 4 tasi esa xurosonlik boʻlgan. H.lar toʻplami sunna deb nom olgan. H.larni yigʻuvchi, sharhlovchi, targʻib etuvchi shaxslar muhaddis deb atalgan.
 
Islomni qabul qilgan xalqlar madaniy va gʻoyaviy merosining koʻp unsurlari islomga H. shaklida oʻtgan. H. yigʻish oʻrta asr musulmon madaniyatining muhim xususiyati boʻlib, bilim izlashning asosiy mazmuni hisoblangan. H. har qanday ilmiy asarni asoslashning muhim qismi boʻlgan; undan hikmatli soʻz va matal sifatida ham foydalanilgan. Imom Buxoriyning "Sahihi Buxoriy" asari islom olami oliy oʻquv yurtlarining shariat f-tlarida asosiy oʻquv qoʻllanmasi sifatida xizmat qilib kelmoqda. Imom Buxoriyning "Sahihi Buxoriy" H.lar toʻplami 4 jildda (1-j. — 1991, 2-j. - 1996, 3-j. - 1994, 4-j. -1992), 2nashri esa 1997 y.dayilda Toshkentda nashr etildi. Abu Iso Muham-mad Termiziyning "Sahihi Termiziy" H.lar toʻplami 1-jildining oʻzbekcha tarjimasi 1999 y. Toshkentdachop etildi. Bulardan tashqari "Ming bir hadis" tarjimasi, "Qudsiy hadislar" tarjimasi ham nashr etildi.
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
Qator 29:
Hadislarni tadviyn etish ularni muayyan bir toʻplamga yigʻish, demakdir. Dastavval hadislarni toʻplam shaklida qayd etishni boshlagan olim Abdulaziz ibn Marvon (vafoti 704 yil) hisoblanadi. U Misrda amirlik vazifasida boʻlgan, lekin oʻz maqsadiga erishmasdan burun vafot etadi. Uning ishini oʻgʻli Umar ibn Abdulaziz (vafoti 720 yil) davom etdiradi. Hadislarni bu tariqa qayd etilishidan koʻzda tutilgan asosiy maqsadlar ularni sahih (toʻgʻri, ishonchli)larini noqis mavzulari bilan aralashib ketishining oldini olish va muayyan hadisni rivoyat qilgan roviy va ulomalarning vafotlari tufayli ularning yoʻq boʻlib ketish xavfidan edi. Shu boisdan ham Umar ibn Abdulaziz hadislarni yozma qayd etishni buyurganda Madina ahliga «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadislarini eshitgan zahotingiz yozib olingizlar, chunki uni bilgan ulamolarning dunyodan oʻtib ketishlaridan xavotirdaman», deb yozgan edi. Umar ibn Abdulaziz bu muhim vazifani topshirgan muhaddislarning boshliqlaridan Abu Bakr ibn Muhammad ibn Amr ibn Hazm, Muhammad ibn Muslim ibn Shihob az-Zuhriylar bor edi.
 
Hijriy ikkinchi (milodiy sakkizinchi) asrning o'rtalaridan e'tiboran hadislarni tasnif etish ham boshlanadi. Eng avvalo ularni boblarga ajratib tasnif etgan olimlardan Ar-Rabiy ibn Subayh as-Sa'diy (vafoti 777 yil), basralik Sa'iyd ibn Abu Aruba (vafoti 773 yil), yamanlik Xolid ibn Jumayl, Muammar ibn Roshid al-Azadiy (vafoti 770 yil), makkalik Abdumalik ibn Abdulaziz ibn Jurayj (vafoti 768 yil), Sufyon ibn Uyayna (vafoti 812 yil), kufalik Sufyon ibn Sa'iyd as-Savriy (vafoti 778 yil), basralik Hammod ibn Salma (vafoti 783 yil), Shomdan Al-Valiyd ibn Muslim (vafoti 810 yil), rayylik Jurayr ibn Abdulhamiyd (vafoti 803 yil), Xurosondan Abdulloh ibn al-Muborak (vafoti 797 yil), Vositdan Xushaym ibn Bashiyr (vafoti 799 yil), kufalik Zakariyo ibn Abu Zoida (vafoti 767 yil), Muhammad ibn Fuzayl ibn G'azvon (vafoti 810 yil), Vakiy' ibn Jarroh (vafoti 813 yil), yamanlik Abdurrazoq ibn Hammom (vafoti 827 yil)larni ko'rsatish mumkin. Shu davrda yaratilgan asarlarni tahlil etib aytish mumkinki, ularning aksariyati muayyan bir mavzuga, masalan, tafsir, axloq-odob, g'azot, shar'iy ahkomlar kabi masalalarga bag'ishlangan edi. Mazkur asarlar Payg'ambar alayhissalomning hadislari, sahoba va tobe'iynlarning so'zlarini o'zida mujassam etgan edi. Ayni vaqtda ushbu asarlar hadislarning to'plami sifatida bo'lib, ularning ishonchli (sahih)ligi masalasiga unchalik e'tibor berilmagandi. Hijriy uchinchi (milodiy to'qqizinchi) asrdan boshlab esa, hadislarni jamlovchi (jomi’), musnad va mu'jam shaklidagi yirik asarlar paydo bo'la boshladiki, tarkibiy jihatdan ularni uch asosiy qismga bo'lish mumkin.
 
1. Boblarga ajratilgan yirik asarlar (Al-Javomi’ al-mubavabba). Bu asarlar turli-tuman mavzularni o'zida qamragan bo'lib, ularga boblarga ajratilgan holda tartib berilgan.
 
Mana shu asarlardan Imom Buxoriyning "Al-Jomi’ as-sahih", Imom Muslim ibn al-Hajjojning "Al-Jomi' as-sahih", Termiziyning "Al-Jomi’ al-Kabir", imom Abu Dovudning "As-Sunan", imom Nasaiyning "As-Sunan", imom Ibn Mojaning "As-Sunan", imom Ad-Dorimiyning "As-Sunan" kabi asarlarini ko'rsatish mumkin.
 
2. Musnadlar (Al-Masoniyd).
 
Bu uslubdagi asarlarda ma'lum bir sahobaning rivoyatlari bir joyda zikr qilinib, undan keyin ikkinchi sahoba davom ettiradi. Bu asarlarda keltirilgan hadislarga mavzularga rioya qilinmaydi. Masalan, imom Ahmad ibn Hanbal o'zining "Al-Musnad" nomli yirik asarida avval to'rt to'g'ri xalifalarning (chahoryorlar) rivoyatlarini keltirib, keyin birin-ketin boshqa sahobalarning rivoyatlarini keltiradi. Hammasi bo'lib uning asarida to'qqiz yuz to'rtta sahoba zikr qilinadi. Muallif o'z asarini boblarga ham bo'lganligini aytish mumkin.
 
3. Mu'jamlar (Al-mao'jim). Bu xildagi to'plamlarda musannif asariga o'z shuyux (ustoz)larining hadislarini kiritib, ularning ismlarini mu'jam (alifbo) tartibida keltiradi.
 
Payg'ambar alayhissalomning hadislari Islom jamiyatining ijtimoiy va ma'naviy hayotida o'z mazmun-mohiyatiga qarab egallagan o'rinlari ham turlicha bo'lgan. Shunday hadislar bo'lganki, ularni jamiyatning barcha a'zolari bilishlari zarur bo'lgan, ya'ni bu xildagi hadislar ommaviy iste'molda bo'lgan. Shu boisdan ham ulamolar, muhaddislar mana shunga asoslanib, ularni targ'ib qilganlar, lekin ba'zi hadislar bo'lganki, ularni ayrim shaxslar bilishining o'zi kifoya bo'lgan. Mana shu xususiyatlarga ko'ra hadislarni ba'zi olimlar, jumladan imom Muhammad ibn Idris ash-Shofi'iy ikki asosiy qismga bo'ladi:
 
1. Uzluksiz hadislar (al-hadis al-mutavotir). Bu xildagi hadislarning roviylari juda ko'p bo'lib, ular bir-birlariga bog'lanmagan va yolg'on (kizb) gapirishlari amalda mumkin bo'lmagan roviylardir. Bu xildagi hadislar ayniqsa jamiyat a'zolarining amaliy hayotiga, masalan, namoz, ro'za, zakot, haj farzlariga doir hadislarda ko'p uchraydi.
 
Shuningdek, uzluksiz hadislar ikki xilda bayon etilishi mumkin: lafziy uzluksizlik - bunda hadisdagi so'zlar (lafzlar) deyarli o'zgartirilmay bir xilda bo'ladi. Mazmuniy (ma'noviy) uzluksizlikda esa rivoyat qilinadigan voqealar qisman o'zgartirilishi (ya'ni, juz'iy farqli bo'lishi) ham mumkin.
 
2. Yakka hadislar (al-ohad). Istiloh sifatida bu hadislarda uzluksiz hadislarning shartlari bo'lmaydi, bu xildagi hadislar roviylarining soni chegaralangan - ko'pincha bitta bo'ladi. Odatda yakka hadislar dalil va isbotlar bilan asoslanadi. Bunda ushbu hadisni naql qiluvchisining to'g'ri so'zligi, rivoyat qilinadigan hadisni xatodan xoli bo'lib, ishonchli bo'lishligi kabi masalalar ilm ad-diroyat orqali chuqur tadqiq qilinadi. Yakka hadislar uch xil bo'ladi:
 
1. G'arib hadislar. Muhaddislar fikricha, bir roviy tomonidan rivoyat qilingan hadislar g'arib hadislar, deb ataladi.
Qator 55:
3. Mashhur hadislar, deb ikkitadan ortiq roviy rivoyat qilgan hadislarga aytiladi. Biroq bu hadislar uzluksiz hadislar darajasiga yetishmaydi va ular sahih (ishonchli, to'g'ri), hasan (yaxshi, ma'qul) va zaif hadislar bo'lishlari mumkin. Oliy isnod (al-isnod al-oliy) va pastlovchi isnod (al-isnod an-nozil). Rasulullohga nisbatan bo'lgan roviylarning ko'pligi yoki ozligi hamda o'tgan vaqtiga qarab isnodning oliyligi yoki quyilashuvi belgilanadi. Imom al-Buxoriy keltirgan hadislarning isnodi, ko'pincha u bilan Payg'ambar o'rtasida uch roviydan tashkil topadi. Boshqa hollarda esa mazkur hadisning rivoyat qilganda uning isnodi to'rt yoki besh roviydan bo'lishligiga ham erishadi. Binobarin hadisshunoslikda uch isnodliklar isnod oliy, to'rt va besh isnodliklar esa isnod nozil (quyilovchi isnod), deb qabul qilingan. Oliy isnod mansub hadislarning sahih (ishonchli) bo'lishlari asosiy shartlardan hisoblanadi.
 
Al-Hadis al-marfu'. Bu xildagi hadislar (isnodi bog'lansa ham yoki bog'lanmasa ham) Payg'ambar alayhissalomga borib bog'lanadi (taqaladi). Bunday hollarda ushbu hadisni sahih yoki zaif, muttasil yo munqati', undan sahoba yoki tobe'iy tushib qolishi ham mumkin, bulardan qat'iy nazar bular marfu' hadislar sirasiga kiradi. Marfu' hadislar ikki xil bo'ladi:
 
1. Al-Marfu' as-sariyh (ochiq-oydin marfu'). Bu xildagi hadislarda Payg'ambarga mansublik bevosita ta'kidlanadi. Masalan, "Payg'ambar degan" (qola), "Payg'ambarni ko'rdim" (raaytu) yoki "Payg'ambar bizga buyurgandi" (amarano) kabi iboralar mavjud bo'ladi.
 
2. Al-Marfu' al-hukmiy (hukm etilgan, buyurilgan). Bu tarzdagi hadislarda to'g'ridan-to'g'ri Payg'ambarga ishorat qilinmay, pinhoniy (dimniy) keltiriladi. Sahoba yoki tobe'iynlardan birontasi Payg'ambarga mansub etmay, shar'iy hukmlardan biror masalani gapiradi, biroq bu fikr uni o'zidan chiqmagan bo'lib, odatda Payg'ambardan olgan bo'ladi.
 
Al-Hadis al-mavquf, deb sahobalarning so'zlari yoki harakatlari mansub etilgan hadislarga aytiladi. Chunonchi, sahobalar Payg'ambar alayhissalomning suhbatida bo'lib, uning rushdu-hidoyatidan va odobidan bahramand bo'lganlar. Ulamolarning ham sahobalarning so'zlari va ishlariga ehtiyojlari katta bo'lgan. Mana shu sabablarga ko'ra, sahobalarning so'zlari (qavllari) va ishlari (af'ol) ham hadis kitoblariga kiritilgan.
 
Al-Hadis al-maqtu', deb tobe'iynlarning so'zlari va ishlari keltirilgan hadislarga aytiladi. Tobe'iynlarning so'zlari va qilgan ishlari ham ulamolarning diqqat markazida bo'lgan, chunonchi, ular sahobalar bilan muloqotda bo'lib, shari'at ahkomlarini ulardan olganlar. Payg'ambar alayhissalom ham yaxshi insonlar, deb bashorat berganlarida ularni ko'zda tutganlar.
 
Sahih hadislar, deb isnodi boshidan oxirigacha adolat bilan hech bir kamchilig-u illatsiz rivoyat qilinadigan hadislarga aytiladi. Sahih hadislarning yana talay shartlari ham bo'lib, ulardan eng muhimlari quyidagilardir:
 
1. Sanadni uzluksiz bog'lanishi (ittisol as-sanad) - bu shundayki, hadisni rivoyat qiluvchi roviylarning silsilasi boshidan oxirigacha hech bir uzluksiz bo'lishi shart.
Qator 153:
Xizmatlaring evaziga ming hissa foyda olasan.)
<<Yashirin ravishda kishilar gapiga quloq solib, uni (yomon niyatda) boshqalarga naql qiluvchi odam jannatga kirmaydi>>.
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Hurmatli domla, suhbat avvalida maʼnaviyat va maʼrifat haqida qisqacha to‘xtalsak.
Qator 170 ⟶ 160:
Inson ikki narsadan — modda va ruhdan tashkil topgan. Inson jismi tuproq moddasidan yaratilgani bois, uning ozuqasi ham moddiy narsalardir. Yaʼni, qorni ochsa, taom yeydi, chanqasa, chanqovbosdi ichimlik ichadi, kasal bo‘lsa, davolanadi, charchasa, dam oladi, moddiy ilmlarni o‘rganadi va jinsiy g‘arizasi g‘alayon qilsa, qondiradi va hokazo. Bularni inson aqli bilan topadi. Chunki Alloh taolo insonga ong, fahm-farosat, aqlu zakovat berganki, ular yordamida badaniga nima kerak ekanini biladi va shu bilimi o‘nga jismining ozuqasini topib beradi. Masalan, nimani yeyish va nimani yemaslik kerak, qanday isteʼmol qilish lozim, davolanishda qaysi dardga nima davo bo‘ladi va uni qaysi uslubda kabul qilish kerak. Agar bilmasa, do‘xtir-tabiblarga yo bilag‘onlarga murojaat qiladi. Chunki inson har bir ishning o‘z mutaxassisi borligini biladi. Lekin ruhiy ozuqa yer yuzidan topilmaydigan narsadir. Ruh modda emas. Ruhiy ozuqani bilishdai oldin ruh o‘zi nima ekanini bilib olishimiz kerak. O‘tgan payg‘ambarlarga qavmlari ruh nima degan savolni qo‘yishgan. Insoniyatni ilk zamonlaridanoq eng qiziqtirgan narsalardan biri ruh masalasi edi, lekin hech qachon odamzot bu masalada biron-bir aniq bilimga ega bo‘lmagan. Xossatan Payg‘ambarimizning, sollallohu alayhi va sallam, oldilariga ham yahudiylar kelib: «Ey Muhammad, sen rostdan ham payg‘ambar bo‘lsang, bizga javob ber, ruh nima?» deb so‘rashgan. Bo‘nga javoban Isro surasining 85-: «Ey Muhammad, sizdan ruh haqida so‘raydilar. Ayting: „Ruh faqat Rabbimning ishidandir“. Sizlarga esa oz ilm berilgandir» oyati nozil bo‘ladi. Yahudiylar buni eshitib; "Ha, sen to‘g‘ri gapni aytding, avvalgi payg‘ambarlar ham qavmlariga shu javobni aytishgan. Lekin baribir biz senga imon keltirmaymiz, deb chiqib ketishgan. Demak, hatto payg‘ambarlar ham bu masalani bilishga ojiz ekanlar. Endi shu ruh o‘zi qaerdan keldi, degan savolga Qur’on shunday javob beradi: «U (Alloh) insonni (yaʼni, Odamni) dastavval loydan yaratdi… So‘ngra uni (inson qilib) rostlab, ichiga O‘z (dargohidagi, yaʼni, O‘zi yaratgan) ruhidan kiritdi…» (Sajda surasi 7—9-oyatlaridan). Maʼlum bo‘ldiki, ruh Alloh tarafidandir. Uning aslini Allohdan o‘zga hech kim bilmaydi. Modomiki ruh Alloh tarafidan ekan, uning ozuqasi ham Alloh tarafidan bo‘lishi tabiiydir. Shu ozuqani U Zot payg‘ambarlari vositasida, ilohiy kitoblar orqali yuborgan.
 
{{Islam-stubOʻzME}}
 
[[Turkum:Islom]]
 
 
{{Islam-stub}}
 
{{OʻzME}}