Hamid Olimjon: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: sh.da → shahrida, y.lar → yillar (3), va b.) → va boshqalar) (2), va b. → va boshqa using AWB
Qator 7:
H.O.ning soʻz sanʼatiga qiziqishi onasi Komila ayaning ertaklari hamda bobosi Mulla Azim xonadoniga kelib turuvchi Fozil Yoʻldosh oʻgʻlining doston va termalari asosida shakllangan. Dastlabki asarlari — "Koʻklam" (sheʼrlar, 1929), "Tong shabadasi" (hikoyalar, 1930). "Olov sochlar" (1931), "Poyga", "Oʻlim yovga" (1932), "Daryo kechasi" (1936), "Sheʼrlar" (1937), "Oʻlka", "Oygul va Baxtiyor" (1939), "Baxt" (1940), "Qoʻlingga qurol ol!", "Ona va oʻgʻil" (1942), "Ishonch" (1943) sheʼriy toʻplamlari muallifi.
 
H.O. ijodining 1-davrida hikoyalar yozgan boʻlsa-da, uning isteʼdodi koʻproq lirik sheʼriyat tabiati bilan uygʻun boʻlgan. Dastlabki sheʼrlarida yangi adabiyot va yangi adabiy shakllar yaratish gʻoyasi hukmronlik qilgan. 30-y.larningyillarning oʻrtalariga kelib, hayotiy va ijodiy tajribasi oshishi bilan H.O. ona-yurt tabiatidan, jamiyat va xalq hayotidan olgan boy taassurotlarini lirik sheʼr doirasida yorqin badiiy ifodalash sanʼatini egallay boshlagan ("Kuychining xayoli", "Ofeliyaning oʻlimi", "Holbuki, tun...", "Ishim bordir oʻsha ohuda" va b.boshqalar). 2-jahon urushigacha boʻlgan ijodida 20 asr oʻzbek lirikasining yaxshi namunalari hisoblangan "Oʻrik gullaganda", "Sevgi desam...", "Tinim-sizdir yolgʻiz shabboda...", "Shodlikni kuylaganimning sababi", "Oʻzbekiston" singari lirik sheʼrlarini yozgan. Bu sheʼrlar gʻoyaviy mundarijasi, shakli, goʻzal tili va uslubi bilan eʼtibor qozongan.
 
1916 y. Jizzax qoʻzgʻolonining shafqatsizlik bilan bostirilganini koʻrgan shoir 30-y.lardayillarda sovet mamlakatida olib borilgan qurilishlar, roʻy bergan iqtisodiy va madaniy oʻzgarishlarni koʻrib, kelajakka katta umid bilan qaragan. H.O. qalbi va shuurini egallagan shunday nekbin tuygʻu va xayollar uning ijodida romantik tasvir metodining shakllanishiga sababchi boʻlgan. Shoir faqat lirik sheʼrlaridagina emas, balki shu davrda yaratgan "Ikki qizning hikoyasi" (1937), ayniqsa, "Zaynab va Omon" (1938) dostonlarida ham voqelikni shu metod yordamida tasvir etishga intilgan.
 
H.O. "Oygul bilan Baxtiyor" (1937) hamda "Semurgʻ yoki Parizod va Bunyod" (1939) dostonlarini xalq ertaklari motivlari asosida yaratgan. Bu asarlar erksevarlik gʻoyalari, oʻz taqdirini xalq va mamlakat taqdiri bilan bogʻlagan qahramonlari hamda badiiy jozibasi bilan kitobxonlar eʼtiborini qozongan. 2-jahon urushining dastlabki yillarida H.O. oʻzbek folklori uchun xarakterli boʻlgan ona va oʻgʻil obrazlaridan, shuningdek, xalq ogʻzaki ijodiga xos tasvir usuli va vositalaridan yana ham keng foydalanib xalqni kurashga, mardlik va jasoratga ilhomlantiruvchi sheʼrlar yozgan ("Qoʻlingga qurol ol!", "Sharqdan Gʻarbga ketayotgan doʻstga", "Qamal qilingan shahar tepasidagi oy" va b.boshqalar). Ayni paytda u romantik tasvir usulidan foydalangan holda "Sevgi", "Sen tugʻilgan kun", "Jangchi Tursun", "Roksananing koʻz yoshlari" singari sheʼr va balladalarini yaratgan. Pogodin, Uygʻun va Sobir Abdulla bilan hamkorlikda "Oʻzbekiston qilichi" (1942) dramasini yozgan, front safari (1943 y., fevral) taassurotlari asosida esa publitsistik maqola va ocherklarini eʼlon qilgan.
 
H.O.ning "Muqanna" (1943) trage-diyasi ham urush davrining ijti-moiy buyurtmasi asosida maydonga kelgan. H.O. ushbu asarning markaziy qahramonlari — Muqanna, uning sevgilisi Guloyin va b.boshqa qahramonlar obrazlari orqali har bir mamlakatning mustaqilligi masalasi xalq taqdiri, shu xalqning ozodligi, farovonligi va kelajagi bilan bogʻliq gʻoyat muhim ijtimoiy va siyosiy masala ekanligini koʻrsatib bergan.
 
H.O. adabiy ijod bilan birga i.t. ishlari bilan ham mashgʻul boʻlgan. Ammo u shu davrda yozgan maqolalarida vulgar sotsiologizm taʼsiridan chiqib keta olmay, ayrim millatparvar yozuvchilar ijodini qoralagan. 30-y.larningyillarning 2-yarmida esa H.O. "Alpomish" xalq eposini nashrga tayyorlash va Navoiyning 500 yillik yubileyi munosabati bilan uning adabiy merosini oʻrganish jarayonida mumtoz oʻzbek adabiyoti va xalq ogʻzaki ijodiga katta mehr bilan yondashgan va madaniy merosimizning bu oltin sahifalarini toʻgʻri ilmiy pozitsiyadan turib talqin etgan. U Navoiy komitetining masʼul kotibi sifatida ulugʻ shoir merosini oʻrganish va asarlarini rus tiliga tarjima qilish ishiga katta hissa qoʻshgan. H.O. tomonidan nashrga tayyorlangan "Alpomish" dostoni (Fozil Yoʻldosh oʻgʻli) esa uzoq yillar davomida xalq ogʻzaki ijodi asarlarini oʻrganish va ilmiy nashrini tayyorlash ishida asos boʻlib xizmat qilgan.
 
H.O. adabiy ijodining muhim qis-mini badiiy tarjima tashkil etgan. U A.S.Pushkinning "Kavkaz asiri" va "Suv parisi" dostonlari, M.Yu.Lermontovning "Zamonamiz qahramoni" qissasidagi "Bela" va M.Gorkiyning "Chelkash" hikoyalari, N.Ostrovskiyning "Poʻlat qanday toblandi" romani, A.Korneychukning "Platon Krechet" pyesasi, shuningdek, Bayron, Pushkin, Shevchenko, P.Tichina, M.Bezimenskiy, M.Svetlov, K.Simonov, V.Inber kabi shoirlarning ayrim sheʼrlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan.
 
H.O. 35 yoshida avtomobil halokati natijasida vafot etgan. Toshkent metropoliteni bekatlaridan biri, Yozuvchilar uyushmasining Adabiyotchilar uyi, Samarqanddagi viloyat teatriga H.O. nomi berilgan. Toshkent sh.dashahrida shoir nomi bilan atalgan maydonda unga haykal oʻrnatilgan (1990).
 
«[[Holbuki, tun]]», «[[Ofeliyaning oʻlimi]]», «[[Qamal qilingan shahar tepasidagi oy]]», «[[Ishim bordir oʻshal ohuda]]» singari goʻzal sheʼrlari mashhur. «[[Oygul bilan Baxtiyor]]» (1937), «[[Semurg‘ yoki Parizod va Bunyod]]» (1939), «[[Zaynab va Omon]]» (1938) kabi dostonlar va «[[Muqanna]]» (1942), «[[Jinoyat]]» (1944) singari dramalar yozgan. Rus shoir va yozuvchilarining ayrim asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan.
Qator 46:
* Mukammal asarlar toʻplami [Yuj.li], 1 — 10-j.lar, T., 1979-84.
 
{{stub}}
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
[[Turkum:Oʻzbekiston: Shoir va Yozuvchilar]]
[[Turkum:Shoirlar]]
 
 
{{stub}}