Harakat: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa) Yangi maqola yaratildi |
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: va b. → va boshqa (2) using AWB |
||
Qator 1:
'''Harakat''' — borliqnint ajralmas xususiyati boʻlgan oʻzgaruvchanlikni (q. [[Barqarorlik va oʻzgaruvchanlik]]) ifodalovchi falsafiy kategoriya. H. tushunchasi imkoniyatlarning voqelikka aylanishini, roʻy berayotgan hodisalarni, olamning betoʻxtov yangilanib borishini aks ettiradi. Olamdagi har qanday jarayon H. tufayli sodir boʻladi. Har qanday oʻzgarish — H.dir. Oʻzgarishlar faqat moddiy obʼyektlarga emas, balki maʼnaviy, gʻoyaviy obʼyektlarga ham xosdir. Har qanday (moddiy yoki gʻoyaviy) obʼyektning mavjudligi undagi H. va oʻzgarishlar tufayli namoyon boʻladi. Shu sababli H. borliqning asosiy mavjudlik shaklidir. Falsafiy adabiyotlarda moddiy borliqning quyidagi H. shakllari ajratib koʻrsatiladi: 1) mexanik H. — jismlarning fazodagi oʻrni vaqt oʻtishi bilan boshqa jismlarga nisbatan oʻzgarishi. Barcha jismlarning H. i nisbiydir, chunki H. Yerga nisbatan (keng maʼnoda) va atrofdagi jismlarga (mas, yoʻl chetidagi daraxtga) nisbatan qaraladi. Kuzatilayotgan jismning H. i qaysi jismga nis-batan oʻrganilayotgan boʻlsa, oʻsha jism sanoq jism deb ataladi, agar H. Yerga nisbatan boʻlsa, u holda Yer — sanoq jism, agar Yerning Quyosh atrofidagi H.i haqida gapirilsa, Quyosh sanoq jism boʻladi. H.ning aylanma, ilga-rilama, ilgarilama-qaytma (mas, porshenning H.i), toʻgʻri chiziqli, egri chiziqli, uyurma, toʻlqinsimon va
Sharq falsafasida esa Forobiyning falsafiy risolalarida bu muammo mukammal asoslab berilgan. Yangi davr falsafasida Gegel H.ning mohiyatini formal mantiq vositasida ifodalash mumkin emasligi, uni faqatgina dialektik mantiq doirasidagina izohlash mumkinligini taʼkidlagan. H.ni tushuntirishda H.ning moddiy tashuvchisi, manbai haqidagi gʻoyalar muhim ahamiyatga ega. Ingliz olimi J. Toland (1670—1722) H.ni materiya bilan bogʻlab tushuntiradi. Uning fikricha, H.siz materiya boʻlmaganidek, materiya ham H.siz boʻlishi mumkin emas. Bu fikr materialistik falsafaning asosiy tamoyiliga aylandi.
Qator 8:
* Avesto. Tarixiy-adabiy yodgorlik, T., 2001; Ibn Sina, Izbrannme filosofs-kiye proizvedeniya, M., 1980; Fayzullayev A.F., Prinsip ustoychivosti i izmenchi-vosti v prirode, T., 2000.
Baxtiyor Toʻrayev.
{{stub}}▼
{{no iwiki}}
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
▲{{stub}}
|