Homiladorlik: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
+img
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: b-n → bilan, va b.) → va boshqalar), va b. → va boshqa using AWB
Qator 8:
H. davrida ayol organizmida har xil funksional oʻzgarishlar roʻy berib, homilaning yaxshi rivojlanib borishi uchun qulay sharoitlar yuzaga keladi. Bu davrda markaziy nerv sistemasi funksiyasi bir qadar oʻzga-rib, natijada orqa miyaning qoʻzgʻa-luvchanligi pasayadi, bu — bachadon muskullarining boʻshashishi va uning tinch holatda boʻlishiga olib keladi.
 
H. paytida hosil boʻladigan sariq tana va platsenta homilaning oy-kuni yetib tugilishi uchun zarur gormonlar ishlab chiqaradi; platsentadan ishlanib chiqadigan va b.boshqa gormonlar taʼsirida sut bezlari kattalashib, H. oxiriga borganda, undan ogʻiz suti, chilla davrida esa sut kela boshlaydi. Bachadonda ham talaygina oʻzgarishlar roʻy beradi: u ham boʻyiga, ham eniga qarab oʻsib, platsentaga qon olib keladigan yirik va mayda qon tomirlari nihoyatda koʻpayadi. Ayol chuqurroq nafas oladigan boʻlib qoladi, bu — qonning kislorod bilan koʻproq toʻyinishini taʼminlaydi. Yurakning qis-qarish xususiyati sezilarli darajada kuchayadi, natijada kislorod bilan toʻyingan qon ayolning hayot uchun muhim aʼzolariga, jumladan bachadoniga tezroq yetkazib beriladi. Buyraklar ham zoʻr berib ishlab, ona organizmidagina emas, balki homilada ham paydo boʻlgan almashinuv mahsulotlarini ajratib chiqarib turadi. Koʻmikda eritrotsitlar hosil boʻlishi tezlashadi, yaʼni qon miqdori koʻpayadi, qon tomirlari kengayib, gaz alma-shinuvi kuchayadi. Shu bois homilador organizmidagi aʼzo va sistemalarning normal ishlab turishini taʼminlash hamda homila rivojlanadigan qulay sharoit vujudga keltirish uchun oziq moddalar va kislorod koʻp boʻlishi kerak. Homiladorning ahvoli va oʻzini qanday tutishi koʻp jihatdan H.ning normal kechishi, ho-milaning keyin qanday rivojlanib borishi va boʻlgʻusi bolaning sogʻli-gʻini belgilab beradi. Homilador ayolning biror kasallik (gripp, sil, rev-matizm, angina, qandli diabet, kam-qonlik, jigar, buyrak, yurak kasalliklari va b.boshqalar) bilan ogʻrishi, notoʻgʻri ovqatlanish, kun tartibini buzishi, vrach buyurmagan dorilarni ichishi homila taraqqiyotiga yomon taʼsir qilishi mumkin.
 
H. chogʻida turli asoratlar boʻlmasligi uchun mumkin qadar barvaqt (hayz toʻxtashi b-nbilan) ayollar maslahatxonasiga borib, tekshiruvdan oʻtish va kerakli maslahatlar, zarur boʻlsa, tegishli davo olish lozim. H. davrida ayol oʻz badani va kiyim-kechaklari tozaligiga alohida eʼtibor berishi kerak.
 
H. normal oʻtayotgan boʻlsa, ayol odatdagi turmush tarzini oʻzgartirishi shart emas, u oʻz yumushlarini dam olibdam olib bajaraverishi mumkin. Faqat ogʻir narsa koʻtarmaslik, qal-tis, keskin harakatlar qilmaslik maq-sadga muvofiq.
Qator 20:
Sogʻliq oʻzgargan baʼzi hollarda, mas, badanga shish kelganida vrach odatda tuzsiz parhez buyuradi. Homi-lador ayol yengil badan tarbiya mashqlarini qilib turishi lozim. H. davrlariga qarab maxsus gimnastika mashqlari kompleksi tavsiya etiladi (buni faqat vrach buyuradi). Muntazam badan tarbiya mashqlarini qilib turuvchi ayollarning tez va esonomon koʻzi yoriydi.
 
{{stub}}
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
 
{{stub}}