Instinkt: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: q.x. → qishloq xoʻjaligi, va b.) → va boshqalar) (4), va b. → va boshqa (2) using AWB
Qator 1:
'''Instinkt''' (lot. instinctus — uygʻonish, qoʻzgʻalish) — muayyan sharoitda hayvonlarning bitta turi uchun xos boʻlgan murakkab irsiy xattiharakatlari majmui. I. tashqi va ichki qoʻzgʻalishlarga javob tariqasida paydo boʻladi. I.ni ilmiy tadqiq qilishni Ch. Darvin boshlab bergan. U birinchi boʻlib I.ning rivojlanishi turning tarixiy shakllanishi va nerv sistema-sining tuzilishi bilan bogʻliqligini koʻrsatib berdi. I.ni rus olimlaridan I. M. Sechenov, I. P. Pavlov va b.boshqa ham oʻrganishgan. I. — murakkab shartsiz reflekslardan (q. [[Shartsiz reflekslar]]) iborat boʻlib, ular asosida shartli reflekslar vujudga keladi. Biologik mohiyatiga koʻra, I. quyidagi guruhlarga ajratiladi: oziqlanish (oziqni to-pish, oziq gʻamlash va b.boshqalar); turni saqlab qolishga qaratilgan passiv (tegilganda qimirlamasdan qotib turish, qochib qolish va b.boshqalar) va aktiv (jismlar, shox-shabbalar va b.boshqa yordamida himoya) hi m o -yalanish; jinsiy bezlar funksiyasi bilan bogʻliq boʻlgan jinsiy I. (jinsiy mayl, otalanish, baliqlarning uvildiriq tashlash joyiga migratsiyasi va b.boshqalar); avlod toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik bilan bogʻliq boʻlgan ota-onalik I.i (uya va in qurish, bola boqish, bolani himoyalanishga, ov qilishga oʻrgatish va b.boshqalar); poda, gala, oila aʼzolarining oʻzaro munosabatlarini tashkil qiluvchi guruhli I. Hasharotlar xattiharakatlarining deyarli hammasi I.dan iborat. Baliklar, qushlar va ayniqsa sut emizuvchilar xattiharakatlarining asosiy qismini I. emas, balki shartli reflekslar tashkil etadi. Odamda I. uning tarbiya jarayonida shakllanadigan ongli faoliyatiga boʻysungan boʻladi. I.ni oʻrganish va undan foydalanish chorvachilik, ovchilik xoʻjaliklarida, q.x.qishloq xoʻjaligi zararkunandalari va infeksion kasalliklarning qoʻzgʻatuvchilariga qarshi kurashda katta ahamiyatga ega (yana q. [[Reflekslar]]). <ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==
{{manbalar}}
 
{{stub}}
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
 
{{stub}}