Kartoshka: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k imlo, replaced: taxm. → taxminan using AWB
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: mayd. → maydoni (2), y.lar → yillar (6), va b. → va boshqa (2) using AWB
Qator 1:
'''Kartoshka''' (Solanum tuberosum L.) — tomatdoshlar oilasiga mansub tuganak mevali koʻp yillik oʻtsimon oʻsimlik; asosiy oziq-ovqat mahsulotlaridan biri boʻlgan bir yillik oziq-ovqat, texnika va xashaki ekin. Vatani — Jan. Amerika. 150 ga yaqin yovvoyi va madaniy turlari aksariyat Jan. va Markaziy Amerikada oʻsadi. Dehqonchilikda 2 turi and K.si (S.andigenum) va chili K. yoki yevropa K.si (S.tuberosum) bir yillik ekin sifatida ekiladi. K.ni Amerikaning tubjoy aholisi bundan taxminan 14 ming yil ilgari ekib kelgan. Yevropaga 1565 y. keltirilgan. Rossiyada 18-a. boshlarida ekila boshlagan. Oʻzbekistonga esa 19-a.ning 70-y.laridanyillaridan bu yerga koʻchib kelgan ruslar va tatarlar olib kelishgan. Jahon boʻyicha K. ekilgan umumiy mayd.maydoni 17,9 mln. ga, hosildorlik 16,3 t/ga, yalpi hosil 294,3 mln. t (1999). Oʻzbekistonda ekin mayd.maydoni 52 ming ga, hosildorlik 12,7 t/ga, yalpi hosil 729,8 ming t (2000). Xitoy (3 mln.ga), Polsha (1,2 mln.ga)da koʻp ekiladi.
 
K. oziq-ovqat va yem-xashak sifatida, shuningdek, kraxmal, spirt, glyukoza, dekstrin va b.boshqa mahsulotlar olishda xom ashyo sifatida ishlatiladi. K. tuganagi tarkibida 75—80% suv, 23,7% quruq modda, shu jumladan, 17,5% kraxmal, 1—2% oqsil, 0,5% qand moddasi, 1% mineral tuzlar, shuningdek V,, V2, V6, S, RR, D vitaminlari va provitamin A (karotin), poʻstida esa zaharli modda — solonin bor. K. kishilarning oziq-ovqat ratsionida muhim oʻrinda turadi. Fiziologik tavsiya normalariga koʻra, bir kishi uchun yillik K. isteʼmoli mikdori 45 kg ni tashkil etadi.
 
K. namsevar (ayniqsa, gullash va tuganak tugish davrida), yorugʻsevar, bir qadar sovuqqa chidamli oʻsimlik. Tuproqda tuganakdagi kurtaklari 5—8° da una boshlaydi. Tuganaklari va urugʻidan koʻpayadi. Meristema usuli bilan virussiz urugʻlik olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
Qator 11:
Oʻzbekiston sharoitida faqat oziqovqat maqsadlarida yetishtiriladi. Ertagi K. fevral oxiri — martda, janubiy r-nlarda hatto kech kuzda (okt,-noyabrda), kechkisi may oxiri — iyunda ekiladi. K. qator oralari oʻsuv davri davomida bir necha marta yumshatiladi, 500—800 m2/ga normada ertagisi har 7—10 kunda (7—8 marta), kechkisi har 8—10 kunda (10—15 marta) sugʻoriladi, oziqlantiriladi.
 
Oʻzbekistonda ekiladigan asosiy navlar:Aqrab — Oʻzbekiston sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik i.t. institutida chiqarilgan va respublikada 1996 y.danyildan r-nlashtirilgan. Oʻrtacha kechpishar, poʻsti kizil, eti oq, koʻzchalari chuqurroq, yumaloq, oʻrtacha vazni 100— 130g;3arafshon — Samarqand qishloq xoʻjaligi institutida yaratilgan va respublikada 1985 y.danyildan r-nlashtirilgan, tezpishar, serhosil, kam kraxmalli nav. Choʻziq-oval shaklda, poʻsti och-sargʻish, silliq, serkoʻz; Toʻyimli — Oʻzbekiston sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik i.t. institutida yaratilgan, respublikada 1995 y.danyildan r-nlashtirilgan. oʻrtacha kechpishar, issiqqa chidamli nav. Tugunaklari oq, yumaloq, eti oq, koʻzchalari chuqurroq, ogʻirligi oʻrtacha 110—130 g; Um id — Oʻzbekiston sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik i.t. institutida yaratilgan, 2001 y.danyildan r-nlashtirilgan, oʻrtacha tezpishar, ertagi va kechki muddatlarda yetishtirishga yarokli, tuganagi shakli choʻziq-oval, eti sariq.
 
Rossiyada chiqarilgan navlardan Sedov (ertapishar, serhosil, yumaloq, yirik, oq, yaxshi saqlanadi, aynimaydi); Lorx (oʻrtapishar, serhosil, tuganaklari yirik, dumaloq-oval, rangi oq, serkraxmal); Falenskiy (oʻrtapishar, eti sargʻish-oq, kam koʻzli, tuganaklari oq, choʻziq oval shaklda); Gollandiyada chiqarilgan navlardan 1998 y.danyildan boshlab Diamant (oʻrtacha kechpishar, tuganaklari tekis, sargʻish, mazali); Kondor (tezpishar, rangi qizil, poʻsti silliq, serkoʻz); Kardinal (oʻrtacha kechpishar, rangi qizil, poʻsti silliq, serkuz) va b.boshqa ekiladi.
 
Kas al l i kl ari : soʻlish kasalligi — kasallangan oʻsimlik soʻliydi, keyinroq qurib qoladi. Oʻsimlik poyasi kesib qaralganda zararlangan nay toʻqimalari qoʻngʻir tusda boʻladi. Kasallik issiq kunlarda koʻproq tarqaladi; makrosporioz — barglarida qoʻngʻir toʻgarak dogʻlar paydo boʻladi. Keyinchalik kattalashib, bargni butunlay qoplab oladi, bunday barglar quriydi. Kasallik oʻsimlik poyasiga ham oʻtib, ulardan choʻziq qoʻngʻir dogʻlar hosil qiladi; qora ch i r i sh — poya hamda pastki barglar sargʻayadi, yuqoridagilari qayiqcha shaklida buraladi. Keyinchalik poyaning ostki qismi qorayadi, ingichkalashadi, kartoshka hosil boʻlmaydi; halqasimon chirish —kasallikning boshlanishida K. palagi soʻliydi, tuganagi chiriydi (kesilganda qoʻngʻir halqasimon chirish koʻrinadi). K.ning aynishi, gotika, mayda barglilik, barglarning buralishi kabi kasalliklar ham K.ning normal oʻsishi, rivojlanishi va hosiliga jiddiy zarar yetkazadi.