Kimyo: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Sociologist (munozara | hissa) noensiklopedik matn oʻchirildi |
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: q.x. → qishloq xoʻjaligi (9), t-ra → temperatura (2), hoz. → hozirgi (5), inti → instituti (2), y.da → yilda (13), va b.ni → va boshqalarni (2), va b. → va boshqa (9) using AWB |
||
Qator 1:
'''Kimyo''', ximiya — moddalarning tuzilishi va oʻzgarishini oʻrganadigan fan. Kimyo boshqa fanlar qatori inson faoliyatining mahsuli sifatida vujudga kelib, tabiiy ehtiyojlarni qondirish, zaruriy mahsulotlar i.ch., biridan ikkinchisini xrsil qilish va, nihoyat, turli hodisalar sirlarini bilish maqsadida roʻyobga chiqdi. Odamlar qadimda rudalardan metallarni ajratib olish, turli xil qotishmalar tayyorlash va qoʻllash, jumladan, shisha tayyorlash va undan turli maqsadlarda foydalanishni bilganlar. Mil. av. Misrda kimyoviy jarayonlarga asoslangan hunarmandchilik rivojlanganligi maʼlum. Pishiq charm tayyorlash, uni boʻyash, rangli shisha olish, oʻsimliklardan dori-darmon va xushboʻy hidli moddalar tayyorlash, sopol buyumlar i.ch. yoʻlga qoʻyilgan. Oʻsha davrlarda kimyoviy mahsulotlar Hindiston, Xitoy va Oʻrta Osiyoda ham ishlab chiqarilgan. "Kimyoi hunar" sohibi boʻlgan kimyogar bir moddadan ikkinchi mahsulotni tayyorlash ishi bilan shugʻullangan. Oʻzbekistondan oʻtgan Buyuk ipak yoʻli orqali mil. av. 1-ming yillikning 2-yarmidan boshlab, mamlakatga savdo-sotiq bilan birga hunarmandchilik ham kirib keldi. Topilgan juda koʻp tarixiy buyum va yodgorliklar Oʻzbekiston hududida yashagan aholining kimyo hunaridan qadimdan boxabar ekanligidan darak beradi. Buxoro yaqinidagi Poykend manzilgohidan 8-a.ga taalluqli kimyo lab. topilgan. Lab. jihozlari ichida turli idishlar, shisha asboblar, bolalar sumagi uchraydi.
Kimyoning fan sifatida shakllanishini tadqiqotchilar Misr bilan bogʻlashadi. Savdo-sotiq, xunarmandchilik va maaaniy alokalar juda rivojlangan bu mamlakatda ilm, falsafiy qarashlar, sanoat va
"Alkimyo" asoschisi Jobir ibn Xayyom metallarning paydo boʻlishidagi oltingugurt-simob nazariyasini olgʻa surgan, yaʼni yer qaʼrida quruq bogʻlanishdan oltingugurt ("metallar otasi"), nam bugʻlanishdan esa simob ("metallar onasi") paydo boʻladi degan fikrni aytadi. Ularning turli xil nisbatlarda birikishidan oltin, kumush, mis, temir, qalay, qoʻrgʻoshin, shisha hosil boʻladi. Shu asnoda oddiy metallarni nodir metallarga oʻtkazish haqida maʼlumotlar beriladi. "Element" tushunchasiga koʻra, oltingugurt — yonuvchanlik, simob — uchuvchanlik, tuz esa eruvchanlikni bildiradi. Shoʻnga koʻra, bu moddalar turining kashf qilinishi asosiy fikr boʻldi. Olimning izdoshlaridan boʻlgan Abu Nasr Forobiy oʻzining "Us todi Soniy" asarida alkimyo ilmining yoʻnalishini maʼqullaydi. Sharq allomalaridan Abu Bakr ap-Roziy "Sirlar kitobi"da alkimyo maʼlum boʻlgan moddalarni oʻrganish, asbob-uskunalarni yigʻish va foydalanish hamda tajribalar oʻtkazishni keltiradi. Roziy oʻz asarida oʻngacha maʼlum boʻlgan moddalarni tasniflab, asbob va tajribalarni maʼlum bir tizimga solgan. Abu Abdullo al-Xorazmiyning "Bilimlar kaliti" kitobida Kimyoga alohida boʻlim ajratilib, unda turli moddalar, asboblar, tajribalar toʻgʻrisida mukammal maʼlumotlar keltirilgan. Abul Hakim al-Xorazmiy esa alkimyo fani tajribalarida qoʻllanilgan taroziga ahamiyat beradi. Al-Haziniy tomonidan 1125
8-a.dan 17-a. oʻrtalarigacha davom etgan alkimyo bir tomondan fanni rivojlantirgan boʻlsa, ikkinchi tomondan uning tez qadamlar bilan oʻsishiga toʻsqinlik qildi. Ingliz kimyogari R. Boyl Kimyoni oʻrganishda yangicha yondoshish va faqat tajribalar yordamida olingan maʼlumotlarga ishonishga undadi. Uning fikricha, Kimyoning maqsadi jismlar tuzilishini aniqlash, shundan soʻng uni elementlarga ajratib, tahlilga oʻtishdan iborat boʻlishi kerak. Bunday ilgor ilmiy fikrlar paydo boʻlishiga qaramay Kimyoning haqiqiy yoʻlga tushishiga yana bir asr kerak boʻldi. Nemis kimyogari G.E. Shtal (1659—1734)ning flogiston nazariyasiga qarshi oʻlaroq, M. V. Lomonosov 1756
19-a. Kimyo fani tarixida nazariy asoslarni ishlab chiqish davri boʻldi. Natijada ato m - molekulyar taʼlimot maydonga keldi. Ingliz olimi Jon Dalton 1803 i. moddaning atom tuzilishi haqidagi tasavvurlarga suyangan holda tajribalar oʻtkazdi. Elementlarning muayyan bir mikdorda reaksiyaga kirishuvini ularning ayrim zarrachalardan, yaʼni boshqacha aytganda atomlardan tashkil topganligidan deb bildi. Karrali nisbatlar qonuni deb atalmish fikri asosida kimyoviy elementlarning bir-biri bilan maʼ-lum ogʻirlik nisbatlarida birikishini koʻrsatib, atom ogʻirliklariga alohida ahamiyat berdi. Nisbiy atom ogʻirlik tushunchasini fanga kiritib, eng yengil element sifatida vodorod atomi ogʻirligini birga teng deb qabul qildi va uni birlik sifatida taklif etdi. Dalton elementning atom ogʻirligi sifatida mazkur element atom ogʻirligining vodorod atomiga boʻlgan nisbatini oldi. Italiyalik olim A. Avogadro atom va molekula tushunchasining bir-biridan farq qilishini aniqlab berdi. U moddaning kichik zarrachasi molekula, elementlarning eng kichik zarrachasi esa atom deb taʼrifladi. Pekin uning bu fikri faqat oradan ancha vaqt oʻtgach, tan olindi. Gep-Lyussakning hajmiy nisbatlar qonuni (q. [[Gey-Lyussak qonunlari]]) eʼtirof etilgach, Avogadroning bir xil
1852
19-a.da fandagi tarixiy kashfiyotlardan biri 1869 y. D. I. Mendeleyev tomonidan ochilgan kimyoviy elementlar davriy qonuni va sistemasi boʻldi. Mendeleyev elementlarni ilmiy asosda sinflarga ajratdi, ular orasidagi ichki bogʻlanish qonuniyatlarini topdi, hali nomaʼlum boʻlgan elementlar mavjudligini oldindan bashorat qildi. Uch nomaʼlum elementning xossalarini oldindan aytib berib, ularga "ekabor", "ekaalyuminiy" va "ekasilitsiy" degan shartli nomlar berdi. Oradan 15 yil oʻtar-oʻtmas uning ba-shorati amalda tasdikdandi. Bu elementlar fransiyalik Lekok de Buabodran, shvetsiyalik Nilson va germaniyalik Vinklerlar tomonidan kashf etildi. Ekaalyuminiyga Fransiyaning eski nomi Galliyadan olinib "galliy" nomi, ekaborga "skandiy" (Skandinaviya nomidan) va ekasilitsiyga "germaniy" degan nomlar berildi. Mendeleyevning maʼlumotlari boshqa olimlar maʼlumotlariga juda yaqinligi bilan ilmiy tasdigʻini topdi. Uning yana 11 elementning tez orada ochilishini nazarda tutib boʻsh kataklar qoʻyganligi qonun va uning grafik ifodasi boʻlgan davriy sistemaning katta ilmiy gʻalabasi boʻldi. Sistemada davrlar va guruhdar shunday joylashtirildiki, bunda valentlik, atom massalari, atom radiuslarining oʻzgarishi va sh.k. xossalar oʻz ifodasini topdi. Natijada ilgari tasdikdanmagan kimyoviy elementlar sistemalaridagi xatolik va kamchiliklarga barham berildi, atom massalariga tuzatishlar kiritildi, nodir elementlar va asl gazlar xossalari toʻgʻri talqin qilindi. Davriy qonun nafaqat Kimyo uchun, balki boshqa tabiiy fanlar, falsafadagi mikdorning sifatga oʻtish qonuniyatlarini aks ettiruvchi tabiatning fundamental qonuni boʻlib qoldi. Buning isboti sifatida davriy qonun va sistema asosida kimyo qonunlari va tabiatning yuzlab boshqa qonunlari, jumladan, radioaktiv elementlarning kashf qilinishi, ingliz fizigi E. Rezerfordning atom tuzilishi modelini taklif qilishi, Daniya fizigi N.Borningatomlarda elektron qobiqlari va qobiqchalari ketma-ket joylashuvini topishi, atom energiyasining nihoyatda ulkan kuchidan foydalanish qabilarni koʻrsatish mumkin. Ayni vaqtda Kimyo fani Mendeleyev davriy qonuni va sistemasi asosida oʻqitiladi.
19-a. ning 70-
19-a. oxiri va 20-a. boshlari fizikada atom tuzilishining oʻrganilishi, radioaktivlik hodisasining ochilishi, elektronning amaliyotdagi ahamiyati oʻrganilishi va kvant kimyosinit chuqur nazariy yutuqlaridan foydalanish Kimyo fanining olamshumul yutuqlaridan boʻldi. Mac, tabiiy hodisa — Adriatika dengizining fosforessensiyalanishini 1835
Kimyoning tez suratlar bilan rivojlanishi natijasida elektron va u haqsagi tushunchalar aniqlanib, kvant kimyosi hamda sunʼiy sintez qilingan transuran elementlar kimyosi shakllandi. Oqsillar kimyosida misli koʻrilmagan yangiliklar ochildi. Million atmosfera bosimda olib boriladigan kimyoviy jarayonlar oʻrganildi, sunʼiy olmos olishning nazariy yoʻllari koʻrsatildi, xilma-xil polimerlar sintez qilindi.
Qator 23:
1918 y. Toshkentda Turkiston untining tashkil etilishi va uning tarkibida kimyo f-tining ochilishi Oʻzbekistonda Kimyo fanining rivojida yangi bosqich boʻldi.
Kimyo va uning sanoatiga yondosh boʻlgan qurilish, oziq-ovqat, neft, suv va
1920 y. Turkiston Respublikasi Markaziy xalq xoʻjaligi kengashida sanoat bilan bogʻlangan Kimyo boʻlimi tashkil qilinib, unda lab. ochiladi. Lab. Respublika xalq xoʻjaligining turli tarmoklari uchun zarur boʻlgan ilmiy muammolar bilan shugʻullana boshlaydi. 1921 y. esa i.t. institutlari Kengashi tashkil etilib, oʻnga prof. S.N. Naumov rais qilib tayinlanadi. Dorivor preparatlar tayyorlab, analitik tahlillar olib boriladi. Ishlar natijasi Xilkovo (
30-
30-y. larda un-tning kimyo f-tida S. Yunusov, O. Sodiqov, K. Axmedov, Sh. Tolipov, H. Usmonov, A. Sultonov, H. Rustamov, Y. Toshpoʻlatov, A. Abdu-rasulova, F. Tojiyev, A. Murtazoyev, H. Rahimov kabi isteʼdodli yoshlar yetishib chikdi. 2-jahon urushi yillarida sharoit ogʻir boʻlishiga qaramay fan rivojiga ahamiyat berildi, tadqiqotlar kamroq boʻlsada davom ettirildi. 40-
Umumiy va anorganiq Kimyoda tuzlar kimyosi, gidrolizi va eruvchanligi sohasidagi muammolar hal qilinib, yerga solinadigan oʻgʻitlar hamda ularning kimyosi chuqur oʻrganildi. Ekinga solinadigan mikroelementlar kimyosi M. Azizov tomonidan rivojlantirildi, ularning anchagina kompleks birikmalari sintez qilindi, bulardan dori-darmon tayyorlashda foydalanish ham oʻrganildi. Prof. H. Rahimov nodir va rangli metallarning kompleks birikmalari kimyosi ustida ish olib bordi. Polimetalli xom ashyolar kimyosi rivojlantirildi, ogʻir metallarning geterotsiklik birikmalari, ularning N-oksidlari, kompleksonlari aniqlandi. Suv-tuz sistemasi chuqur tahlil qilindi, ekstraksiya jarayonlari yaxshilandi. Kompleks birikmalar va kompleksonlar kimyosi chuqur oʻrganildi hamda xalq xoʻjaligining turli jabhalaridan keng oʻrin oldi.
Akad. N. Parpiyevning nodir va oʻtkinchi metallar kompleks birikmalari xossalarini oʻrganish, yangilarini sintez qilish va amaliyotda qoʻllash boʻyicha ishlari diqqatga sazovordir. Kremniy, germaniy, titan, sirkoniy, gafniy, molibden va vanadiy ftoridlarning vodorod ftorid kislo-tasi bilan taʼsiri oʻrganildi. Yuqori molekulali ftorli kompleks birikmalarning barqarorlik konstantalari topildi, anion almashishining mexanizmi tahlil qilindi. Qator komplekslarning IQ-spektrlari, termografiyasi, elektr oʻtkazuvchanligi, rentgen-fazaviy tahlili amalga oshirildi. Volfram ajratib olish ishi yoʻlga qoʻyildi. Yangi kompleks birikmalardan
Analitik Kimyodagi dastlabki ishlar akad. Sh. Tolipov rahbarligida olib borildi. U shogirdlari bilan birga ftorli birikmalar kimyosini chuqur oʻrgandi, natijada qator elementlarni aniqlashning ogʻirlik, hajmiy va amperometrik usullari ishlab chiqildi. Bu ishlar "boʻysunmagan element" boʻlgan ftorning sanoat miqyosida ishlab chiqarilishini yoʻlga qoʻyishda muhim omillardan boʻldi. Anorganiq moddalarning lyuminessent tahlili boʻyicha R. Jiyanboyeva olib borgan ishlar oʻz vaqtida butifosning zararli xossalarini aniqlashda rol oʻynadi.
Kimyo fanining shon-shuhratini jahon miqyosiga olib chiqishda akad. S. Yunusovning alkaloidlar kimyosini rivojlantirishga oid ishlari muhim hissa boʻlib qoʻshildi. 4000 dan ortiq oʻsimlik alkaloidlari tadqiq qilinib, ulardan 600 dan ziyod muhim alkaloidlar ajratib olindi, ularning tarkibiy qismlari, tuzilishi va xossalari chuqur oʻrganildi. 50 dan ortigʻi tibbiyotga joriy etildi, olingan oqsillar
Organiq kataliz neftni kayta ishlash in-ti (
Akad. O. Sodiqov tomonidan bioorganiq kimyo faniga asos solindi. Olim tashkil etgan Bioorganiq kimyo in-tida (1973 y.) oʻsimliklarning ikkilamchi metaboliti, tibbiyot va
Fizik Kimyo 20-y. lar oxirlarida D. Alekseyevning portlash jarayonlari kinetikasini oʻrganish bilan boshlandi. Keyinroq N. A. Kolosovskiy. M. I. Usanovich va V. V. Udovenkolarning termodinamika hamda fizik-kimyoviy tahlil masalalarini bajarish bilan davom ettirildi. Polimerlarning fizik-kimyoviy xossalarini tekshirish (H. Usmonov), kimyoviy reaksiyalar kinetika-sini oʻrganish (H. Rustamov), elektr kimyoviy jarayonlarni tadqiq qilish (A. Murtazoyev) ustidagi ishlar kengaytirildi. Olimlar suyuq eritmalarning elektr oʻtkazuvchanligini oʻlchash, rangli va nodir elementlar hamda ular qotishmalarini elektr kimyoviy usulda choʻktirib ajratish, elektr kapillyar hodisalari oʻlchamini bilish bilan shugʻullandilar. Kislota-asos katalizatorlari ishtirokida oʻtadigan qator reaksiyalarning kinetik qonuniyatlari va mexanizmi oʻrganildi, ionitlardan foydalanish ishlari olib borildi. Koʻp atomli spirtlardan erituvchi sifatida foydalangan holda koʻpgina reaksiyalar kinetikasi va mexanizmi ravonlantirildi.
Fizik Kimyo bilan chambarmas bogʻliq boʻlgan kolloid Kimyo ustidagi tadqiqotlar B. G. Zapromyotov (30-
Yuqori molekula(polimer)li birikmalar kimyosi urushdan keyingi yillarda rivojlandi. 1946
H. Usmonov boshchiligida vinil monomerlari u-nurlari taʼsirida qator polimerlarga payvandlandi, ularning xossalari tadqiq qilindi, olingan birikmalarda fiziologik faollik borligi aniqlandi. Bu ishlarning natijalari olingan polimerlardan tibbiyotda foydalanishga yoʻl ochdi. Vinilftorid va sh.k. boshqa ftorid monomerlarini polimerlab olingan yangi xossalarga ega boʻlgan yuqori molekulali birikmalar sintez qilindi. Olingan sunʼiy tolalardan kord, polinoz tolalar, fortizanlar, sunʼiy ipak, yonmaydigan, chirimaydigan, oson boʻyaladigan hamda elektr tokini yaxshi oʻtkazadigan polimerlar olindi. Itakon kislotasi, uning qator hosilalari, ionitlar, polielektrolitlar va sh.k. moddalar akad. M. Asqarov tomonidan oʻrganildi. Polimerlarning stabillashuv jarayonlari chuqur tadqiq qilindi, sopolimerlar sintezining yangi usullari, ionlanuvchi polimerlar va sopolimerlar xususiyatlari tadqiqotlari nihoyasiga yetkazildi. Natijada qator stabilizatorlar, toʻldirgichlar, qotiruvchi moddalar va plyonkalar sanoatga tadbiq etildi. Armirlangan plyonkalardan ipak qurti boqishda foydalanish katta samara berdi.
Qator 53:
Paxta va yogʻoch sellyulozasi kimyosi akad. T. Mirkomilov tomonidan rivojlantirildi. Sellyulozani modifikatsiyalab, olingan mahsulotlarning nurga chidamliligini oshirish, oʻtga chidamli qilish, ezilib mijgilanmaydigan boʻlishini taʼminlash, mexaniq jihatdan pishiq, chirimaydigan, kirishmaydigan va sh. k. boshka ijobiy xossalarni oʻzida mujassamlashtirgan mahsulotlar olish ustida tadqiqotlar olib borildi.
Respublikamizda kompozitsion materiallar kimyosi akad. S. Neʼmatov rahbardigida rivojlantirildi. Yangi xossalarga ega boʻlgan qoplama materiallar, sirlar, kremniy organiq suyuqliklar keramik materiallar i.ch.ga tatbiq etildi. Bu materiallardan yoʻl qurilishlarida, avtomobil,
Silikatlar Kimyosi va texnologiyasi sohasida I. S. Kansepolskiy tomonidan tabiiy kuygan tuproq (gliyej)larni portladsementga qoʻshimcha sifatida qoʻllash, sement korrozitsiyasi va oʻnga qarshi kurash choralarini izlashga doir tadqiqotlar olib borildi. Fosfogipsning kalsiy alyuminatlari bilan reaksiyalari oʻrganildi, mahalliy xom ashyolar asosida sulfoalyuminatbelitli sement olindi, kam energiya sarflab sement olish texnologiyasi ishlab chiqildi (T. A. Otaqoʻziyev). Ishqoriy-yer metallari silikatlari va alyumosilikatlari hamda ularning galliy va germaniyli analoglarining yuqori
Akad. S. Rashidova va uning shogirdlari tomonidan erkin radikallarni yutib, stabillash xususiyatiga ega boʻlgan funksional guruqchalarni oʻz ichiga olgan monomerlarning polimerlanish reaksiyalari oʻrganildi. Chigitning unib chiqishini boshqaradigan ishda qoʻl keladigan polimer qoplamalar kashf qilinib,
Kimyo texnologiyasining jarayon va uskunalari fani akad. 3. Salimoye va uning shogirdlari tomonidan oʻrganildi. Chigitni quritish, undan yogʻ olishni intensifikatsiyalash, ekstraksiya, gazlar adsorbsiyasi va sh.k. muhim jarayonlarni tadqiq qilishda yangi maʼlumotlar olindi. Bu maʼlumotlar asosida bir qancha korxonalar (Yangiyoʻl, Uchqoʻrgʻon yogʻ z-di) ishlari yaxshilandi.
Respublikamizda Kimyo fanining rivojlanishida Oʻzbekiston FA tarkibida hamda turli vazirliklar tarmoq intlari sifatida faoliyat koʻrsatib kelayotgan i.t. va loyiha in-tlari xizmati ham salmoqlidir. Kimyo in-ti (
== Adabiyot ==
|