Kitob tumani: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: Q.x. → Qishloq xoʻjaligi, K.t. → {{subst:FULLPAGENAME}} (2), t-ra → temperatura, Mayd. → Maydoni, y.da → yilda, va b. → va boshqa (2) using AWB
Qator 62:
}}
 
'''Kitob tumani''' - Qashqadaryo viloyatidagi tuman. Viloyatning shim.sharqida. 1926 y. sent.da tashkil etilgan. 1962 y. 24.dek.da Shahrisabz tumani bilan birlashtirilgan. 1968 y. 25 dek. da qayta toʻzildi. Viloyatning Chiroqchi, Shahrisabz tumanlari, Samarqand viloyati va Tojikiston bilan chegaradosh. Mayd.Maydoni 1,75 ming km². Aholisi 178,9 ming kishi (2000). K.t.daKitob tumanida 1 shahar (Kitob) va 12 ta qishloq fuqarolari yigʻini (Bektemir, Beshterak, Bogʻbon, Makrid, Palandara, Paxtaobod, Sivaz, Toʻpchoq, Qaynarbuloq, Katorbogʻ, Quynoqboy, Jilisuv) bor (2000). Markazi — Kitob sh. Tuman hududidan Katta Oʻzbekiston trakti oʻtgan. Taxtaqoracha dovoni (bal. 1788 m) esa respublika janubini shim. viloyatlar bilan bogʻlaydi.
 
Tabiati. Hududining katta qismini shim. va sharqiy chegaralar boʻylab choʻzilgan baland Hisor va Zarafshon togʻlari (4000 m) egallagan. Baland togʻlar tuman hududini sovuq havo oqimidan toʻsib turgani uchun tuman iqlimi viloyatda eng moʻʼtadil. Oʻrtacha t-ratemperatura yanvar da 0,8°, iyulniki 28°. Yiliga oʻrtacha 545 mm yogʻin toʻshadi. Yogʻinning 85% ba-hor va qish fasllariga toʻgʻri keladi. Tuman hududidan Kashqadaryoning irmoqlari — Kichikjar, Oqsuv, Jinnidaryo, Oqsaryo oqib oʻtadi. Tuprogʻi Shahrisabz-Kitob botigʻida tipik boʻz, daryo boʻyida allyuvial boʻz, togʻlarda qoʻngʻir tuproq. Efemer oʻsimliklar hamma joyda uchraydi. Suv boʻylarida qamish, yulgʻun oʻsadi. Togʻ yon bagʻirlarida archa, bodom, doʻlana, olma, tol, yongʻoq, pista, zarang daraxtlari va xilma-xil butalar oʻrmon hosil qilgan. Togʻ yon bagʻirlari chorva mollari uchun yozgi yaylov. Tulki, boʻri, chiyaboʻri, boʻrsiq, ayiq, qobon, togʻ echkisi, arhar; sudraluvchilar; kaklik, chil, bulbul va b.boshqa yashaydi.
 
Aholisi, asosan, oʻzbeklar; tojik, rus, tatar va b.boshqa ham yashaydi. Axrlining oʻrtacha zichligi 1 km² ga 102 kishi. Shaharliklar 34,9 ming kishi, qishloq aholisi 144 ming kishi (2000).
 
Xoʻjaligi. K.t.Kitob tumani qadimdan muhim savdo yoʻllarining ustida joylashganligi va Samarqand, Buxoro hamda Shahrisabzga yaqinligi uchun dehqonchilik va hunarmandchilik rivojlangan hududlaridan biri boʻlgan. Tuman xoʻjaligining asosini dehqonchilik va chorvachilik tashkil qiladi. Q.x.daQishloq xoʻjaligida sugʻoriladigan yerlar 18,7 ming ga, shu jumladan, 3,3 ming ga yerga paxta, 10,1 ming ga yerga don ekinlari, qolgan yerlarga sabzavot-poliz, kartoshka, yemxashak ekinlari ekiladi. 5,0 ming ga yaqin maydon bogʻ va tokzor. Chorvachilikda qoramol, qoʻy va echki boqiladi. Paxta tozalash va vino zavodlari faoliyat koʻrsatmoqda. Tumanda 90 umumiy taʼlim maktabi, 2 litsey-internat, 2 kasbxunar kolleji, 53 kutubxona, 15 qishloq klubi, Shon-shuhrat muzeyi, stadion va tennis kortlari bor. Tuman markaziy kasalxonasi, 79 qishloq feldsher-akusherlik shohobchasi, 15 qishloq vrachlik amboʻlatoriyasi, 75 qishloq vrachi punkti, dorixonalar mavjud boʻlib, 2300 ga yaqin oliy va oʻrta maʼlumotli tibbiy xodim ishlaydi (2000). 1935 y.danyildan "Kitob tongi" tuman gaz. chiqadi (adadi 1000). Tumanda Kitob balandtogʻ rasadxonalar majmuasi faoliyat koʻrsatadi.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==