Konflikt: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: va b. → va boshqa using AWB
Qator 1:
'''Konflikt''' (lot. contlictue — ixtilof, toʻqnashish) — 1) qarshi tomonlar, fikrlar, kuchlar toʻqnashuvi; 2) adabiyot va sanʼatda — badiiy asar mohiyatida yotgan ziddiyat, personajlarning oʻzaro toʻqnashishi, ixtilofi. K. epik asarlarga nisbatan qoʻllanadi, lirik asarlarda esa u kolliziya, kechinma, fikr oqimi tarzida namoyon boʻladi. K.ning 3 xil koʻrinishi mavjud: asar qahramonlarining birbirlari bilan toʻqnashuvi, kurashi; shartsharoit, muhit bilan toʻqnashuv; oʻz-oʻzi bilan ichki kurash. Dramaaa K. hara-katni rivojlantiruvchi, keskinlashtiruvchi xususiyatga ega. K.da yozuvchining dunyoqarashi, voqelikni, hayotni, dunyoni va insonni qanday idrok etishi va tushunishi namoyon boʻladi. Dramaturgiyada "tashqi" K.ga keng oʻrin beriladi, bunda qahramonlar oʻzaro bir-biri bilan ixtilofda, kurashda boʻladi, "ichki" K.da esa qahramonning oʻz burchini his etishi bilan ojiz ruhiy tomoni, hissiy iztiroblari, holati oʻrtasidagi ziddiyat tarzida koʻrinadi. Mazmuni, yoʻnalishi nuqtai nazaridan K.ning maishiy, axloqiy, ijtimoiy, siyosiy, falsafiy va b.boshqa turlari mavjud. Voqealar rivoji davomida ijtimoiy K. siyosiy K.ga, siyosiy K. falsafiy K.ga aylanishi mumkin. Katta, oʻtkir gʻoyalar uchun keskin kurashga asoslangan toʻqnashuvda fojiaviy ruh ustun boʻlib, fojiaviy K.ni tugʻdiradi yoki kulgili, oʻtkir hajviy yoʻnalishdagi vaziyat, holat, voqealar kulgili ruhni hosil qiladi. K.ning mohiyati zamon, makon bilan jips bogʻliq. Shunday K.lar boʻladiki, davr oʻtishi bilan ular barham topadi. Mac, qad. dunyoda yaratilgan asarlar K.ti zaminida taqdir taqozosi turgan boʻlsa, oʻrta asrlardagi asarlarda ilohiy kuch bilan insondagi shaytoniy hirs K.ning asosini tashqil etadi. Romantizm davrida voqelik, muhit, shart-sharoit bilan ideal oʻrtasida, yaxshilik bilan yomonlik, ruhiy erkinlik bilan turmush tashvishlari oʻrtasidagi ziddiyat hukmronlik qilgan, realizm tantana qilgan davrda inson mohiyati, uning istagi, imkoniyati bilan ijtimoiy-tarixiy shart-sharoit zaminida K. yuzaga kelgan. Shunday boqiy mavzular borki (mas, saxiylik va xasislik, vafodorlik va bevafolik, tiriklik va oʻlim), boʻlarda K. har bir davrning maʼnaviy, ruhiy talab va ehtiyojlaridan kelib chiqib talqin qilinadi. Shoʻrolar davrida — sotsialistik realizm metodi hukmronlik qilgan davrda K. zaminiga ijtimoiy-sinfiy antagonizm qoʻyilgan va bu ziddiyatning inqilobiy yoʻl bilan yechilishi talab qilingan, individual axloq bilan jamoa ongi oʻrtasidagi, xususiy mulkchilik ruhiyati bilan jamoat, xalq manfaati oʻrtasidagi kurash tarzida qoʻyilgan. Shoʻro tuzumini tanqid qilish man etilgan va shu tufayli adabiyotda, ayniqsa dramaturgiyada K.sizlik "nazariya"si kelib chiqqan. Hayotdagi keskin ziddiyatlarni chetlab oʻtish, voqelikni, hayotni boʻyab koʻrsatish, insonni shunchaki bir qoʻgʻirchoq, robot tarzida koʻrsatish bu davr adabiyotining bosh belgisi boʻlgan. Milliy mustaqillik tufayli oʻzbek adabiyoti va sanʼatining ijodiy usuli realistik metod boʻlib qoldi, hayot va insonni haqqoniy tasvirlash, voqelikdagi ziddiyatlar kulami va mohiyatini teran ochish, inson va jamiyatning kamol topishidagi qiyinchiliklarni, murakkab jarayonlarni oqilona tasvirlash yagona mezonga aylandi. Ammo yozuvchi, sanʼatkor voqelikdagi ziddiyatlarni qanday boʻlsa, shundayligicha badiiy asarga koʻchirmaydi, aksincha, ularni tanlab oladi, umumlashtiradi, yanada keskinlashtiradi, ular maʼnosi, mohiyatini ochadi, tushuntiradi.
 
Sadohiddin Mamajonov.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
Qator 6:
{{manbalar}}
 
{{stub}}
{{no iwiki}}
 
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
 
{{stub}}