Koʻmik: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Olaf Studt (munozara | hissa)
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: va b.da → va boshqalarda using AWB
Qator 1:
'''Koʻmik''' — odam va koʻpgina umurtqali hayvonlarning suyak boʻshligʻini toʻldirib turadigan toʻqima. Qizil (qizgʻish) va sariq tusli (yogʻsimon) K. farq qilinadi. Qizil K. miyeloid toʻqimadan hosil boʻlib, asosan, tarkibida qon yaratuvchi (poyasimon hujayralar) va yetiltiruvchi hujayralarni tutgan retikulyar tuqimadan (biriktiruvchi toʻqimaning bir xili) iborat. Odam va sut emizuvchi hayvonlarda asosiy qon yaratiladigan aʼzo. Eritrotsitlar, do-vador leykotsitlar, trombotsitlar va limfotsitlar K. da hosil boʻladi. Koʻpgina sut emizuvchilar, xususan, odamda ham bola hayotining 1-yilida hamma suyaklar K. bilan toʻla boʻladi, yosh kattalashgan sari yogʻ hujayralari koʻpayishi natijasida K. ning qizil rangi keta boshlaydi va yirik suyaklar boʻshligʻidagi K. yogʻ toʻqimasi bilan almashinib, ilikka aylanadi. Qizil K. faqat gʻovak suyak moddalarida (qovurgʻalarda, toʻsh, kalla suyagining asosi, chanoq, umurtqalar va b.daboshqalarda), shuningdek, baʼzi umurtqalilarning (kemiruvchilar, qushlarda) barcha suyak boʻshliqlarida bir umr saqlanib qoladi. Sariq K. (ilik), asosan, yogʻ toʻqimasidan iborat boʻlib, naysimon suyaklarning diafiz qismini toʻldirib turadi. Organizm koʻp qon yoʻqotganda ilik K.ga aylanib, qon hujayralari ishlab chiqara boshlaydi.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==
{{manbalar}}
 
{{stub}}
{{no iwiki}}
 
Qator 10 ⟶ 9:
 
[[Turkum:Anatomiya]]
 
 
{{stub}}