Koʻz: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Olaf Studt (munozara | hissa)
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: va b. → va boshqa using AWB
Qator 1:
'''Koʻz''' — koʻrish aʼzosi; umurtqasiz baʼzi hayvonlar (jumladan, hasharotlar, boshoyoqli mollyuskalar), umurtqali barcha hayvonlar va odam yorugʻlik taʼsirlarini K. bilan sezadi. Umurtqasiz hayvonlarning aksarisida bir qadar murakkab koʻrish aʼzolari (mas, fasetkali koʻzlar) K. vazifasini oʻtaydi. Umurtqali hayvonlar va odamning juft K.lari kallaning koʻz kosalarida (orbitalarda) joylashgan boʻlib, K. soqqasi (koʻrish analizatorining periferik qismi — asli koʻz) va yordamchi qismlar (K. qovoklari, K. yoshi apparatlari va koʻzni harakatlantiruvchi muskullar)dan iborat. K. soqqasi (diametri 22—24 22–24 mm cha) koʻrish yoʻli orqali bosh miya bilan bogʻlangan.
 
K. soqqasining oldingi qismida mugoʻz parda — dioptrik (yorugʻlikni singdiradigan) apparat, koʻz gavhari, suvsimon suyuqlik va shishasimon tana, shuningdek, akkomodatsiya uchun xizmat qiladigan kipriksimon tana va rangdor parda bor (bu parda tasvirni yorugʻ sezgir toʻr parda — retinaga oʻtkazadi). K. soqqasining devori bir-biriga zich takalib turgan 3 ta pardadan iborat. K.ning tashqi — fibroz pardasi ikkiga boʻlinadi: orqada sklera yoki oqsil parda — eng qalin parda, u ta-yanch va himoya vazifasini oʻtaydi; oldinda mugoʻz parda — yaltiroq, gumbazcha shaklidagi parda oqsil parda doirasiga soat shishasidek joylashgan. Oq fibroz parda tagida qon tomirlarga boy tomirli parda joylashadi. U 3 qismdan iborat: rangdor parda — doira shaklida boʻlib, turli odamlarda koʻk, yashil, zangori, sariq, toʻq sariq va hatto qora rangda boʻladi, bu rangdor parda toʻqimasida joylashgan boʻyovchi modda (melanin)ga bogʻliq. Rangdor parda koʻzga jilo beradi. Agar melanin pigmenti boʻlmasa, K. qizgʻish rangli boʻladi. Rangdor parda markazida dumaloq tyoshik bor, uni koʻz qorachigʻi deyiladi. Rangdor parda tarkibida qon tomirlar, nozik muskul tolalari boʻlib, ularning qisqaribyozilishi tufayli qorachiq kengayibtorayadi. U yorugʻda torayib, qorongʻida kengayib, koʻzga tushadigan nurlarni chegaralaydi.
Qator 7:
Koʻz yoshi koʻz soqqasi va qovoqlarning shilliq pardasini namlab turadi. Qovoqlar 2 ta teri burmasidan iborat boʻlib, ichida zich biriktiruvchi toʻqima va K. ni yumuvchi doira muskullar bor. Qovoqlarning chetida kipriklar (yuqori qovokda 100—150 va pastki qovoqda 50—70) oʻsadi va yogʻ bezchalarining yoʻllari ochiladi, ularning yalligʻlanishi govmijja deb ataladi. Kipriklar K.ni yot jismlar (chang zarralari) tushishidan sakdaydi. Kipriklar notoʻgʻri oʻsganda shox parda shikastlanishi va kasallanishi mumkin (q. [[Trixiaz]], [[Koʻz kasalliklari]], [[Koʻz shikastlanishi]]).
 
Koʻrish jarayoni tashqi dunyodagi narsalardan qaytadigan yoki sochiladigan yorugʻlik nurlarining K.ga taʼsir etishiga asoslanadi. Mohiyati shundan iboratki, tashqi dunyodagi narsalardan koʻzga keluvchi yorugʻlik nurlari koʻzning tiniq muhitlari (mugoʻz parda, suyuqlik, gavhar va shishasimon tana) orqali oʻtib va ularda sinib, toʻr pardaga toʻshadi va uning hujayralari (tayoqchalar va kolbachalar)da fotokimyoviy reaksiyani vujudga keltiradi (oʻsha hujayralarda yorugʻ sezgir moddalar parchalanadi), natijada yorugʻlik energiyasi nerv impulsi (qoʻzgʻalish)ga aylanadi, bu impuls toʻr pardadan bosh miyadagi koʻrish yoʻli orqali bosh miya poʻstlogʻining ensa qismlaridagi koʻrish markazlariga boradi, yorugʻlik taʼsirlari ana shu markazlarda muayyan obrazlar sifatida idrok etiladi. Kolbachalar kundoʻzi, tayoqchalar esa qosh qorayganda yoki tunda koʻradigan hujayralardir. Shunday koʻrish tufayli odam uzoqdagi miltillagan sham alangasidan tortib oftobga qadar turli miqdordagi yorugʻlikni idrok eta oladi. K.ning turli ravshanlikdagi yorugʻlikni idrok eta olishi K. adaptatsiyasi deyiladi; K. qorongʻida va yorugʻda koʻrishga moslasha oladi. K.ning koʻrish quvvati (oʻtkirligi) turli kishilarda turlicha; bu sariq dogʻ elementlarining xossalariga va b.boshqa sabablarga bogʻliq. U maxsus jadvallar yordamida tekshiriladi. K.ning qizil rangni ajrata olmasligi daltonizm deb ataladi (yana q. [[Uzoqdan koʻrish]], [[Yaqindan koʻrish]]).
 
== Adabiyot ==
Qator 15:
{{manbalar}}
 
{{stub}}
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
[[Turkum:Anatomiya]]
 
 
{{stub}}