Kunjut: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: va b. → va boshqa using AWB
Qator 1:
'''Kunjut''' (Sesamum) — kunjutdoshlar oilasiga mansub bir va koʻp yillik utsimon oʻsimliklar turkumi, moyli ekin. 19 turi maʼlum. Vatani — Afrika. Oʻrta Osiyoga Hindistondan olib kelingan. Dehqonchilikda bahori ekin boʻlgan bir yillik madaniy turi — Hindiston kunjuti (S.indicum L.) Hindiston, Xitoy, Jan-Sharqiy Osiyo, Afrika, Eron, Oʻrta Osiyoda va b.boshqa mamlakatlarda ekiladi. Yer yuzida K. ekiladigan maydonlar 6,1 mln. ga, oʻrtacha hosildorlik 3,9 s/ga, yalpi hosil 2,9 mln. t (1999). Oʻzbekistonda 1998 y. 2,85 ming ga yerga ekilgan, sugʻoriladigan yerdarda hosildorlik 8—10 s/ga.
 
K.ning oʻq ildizi tuproqqa 1 m chuqurlikka kirib boradi. Poyasi tik oʻsadi, bal. 50—150 sm, 4—6 ta uzun yon shoxlar chikaradi. Bargi oddiy, bandli, yakka-yakka yoki qarama-qarshi joylashgan, tukli. Guli barg qoʻltigʻida 1 — 3 ta boʻlib joylashgan, 5 bargli, gul-tojibarglari bir-biriga qoʻshilgan, rangi pushti, binafsha, oq, oʻzidan changlanadi. Mevasi koʻsakcha, choʻziq, yassi, tukli. Bir tupda 20—300 koʻsakcha boʻladi. Koʻsakchasi 2 yoki 4 chanoqli. Oʻz. 3—5 sm. Koʻsakchasi pishganda qirralaridan chatnab, urugʻi sochiladi. Bitta koʻsakchada 80 tagacha urugʻ boʻladi. 1000 dona urugʻi vazni 2—5 g . Urugʻining rangi och yoki toʻq jigarrang , goho oq va qora.
Qator 7:
Afrikada bargi ovqatga solib isteʼmol qilinadi. Tozalangan va maydalangan urugʻiyuqori navli holvalar (taxin holvalar) tayyorlashda, non yopishda ishlatiladi. K. kunjarasida 40% oqsil, 8% moy boʻladi, mollarga ozuqa sifatida beriladi.
 
K. sur tuproqli, unumdor, dondukkakli ekinlardan boʻshagan yerdarda moʻl hosil beradi. K. ekiladigan yerga ekishdan oldin gektariga 10—15 t toʻng , 60—60– 80  kg fosfor, 20—30 20–30 kg azot solinadi, yer chuqur (25—30 sm) haydaladi, kech koʻklamda (may oyida) keng qatorlab ekiladi, qator orasi 60—70 sm, ekish chuq. 3— 5 sm, ekish meʼyori 1 ga yerga 5—6 5–6 kg urugʻ (1,5—2,0 mln. dona) ekiladi. Oʻsuv davrida 2—3 marta kultivatsiya qilinadi, ikki marta har gektarga 40—50 40–50 kg dan azot berib qoʻshimcha oziklantiriladi. Gullashiga qadar 1 —2 marta, gullash davrida 2 marta suv beriladi. K. pishganda sargʻayib barglari toʻkiladi, pastki koʻsakchalari oldin yetiladi. Vaqtida hosil yigʻilmasa koʻsakchalar chatnab urugʻi toʻkilib ketadi. Oʻroq mashinasida oʻrib-yigʻib olinadi, oʻrilgan K. bogʻlari xirmonda quritiladi, qoʻlda yanchiladi.
 
Navlari: Oʻzbekistonning hamma viloyatlaridagi tomorqa, dehqon va fermer xoʻjaliklarida K.ning Toshkent 122, Seraxs 470, Kubanets 55 navlari ekiladi.
Qator 17:
== Manbalar ==
{{manbalar}}
 
{{stub}}
 
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
 
{{stub}}